I bob. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank sektori va moliya tizimi


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana20.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1636089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank sektori va moliya tizimining barqarorligini ta`minlash yo`llari

JAMI 
36 482,0 
100,0 
5 135,3 
14,1 
31 346,8 
85,9 
shundan 
 
 
 
 
 
 
1. Ijtimoiy soha 
19 918,8 
54,6 
5 135,3 
14,1 
14 783,5 
40,5 
shu jumladan 
 
 
 
 
 
 
1.1. Ijtimoiy soha va 
aholini ijtimoiy jihatdan 
qo’llab- quvvatlash 
 
17 310,7 
 
47,4 
 
5 135,3 
 
14,1 
 
12 175,4 
 
33,4 
shundan 
 
 
 
 
 
 
1.1.1 Maorif 
7 486,2 
20,5 3 496,1 
9,6 
3 990,1 
10,9 
1.1.2 Sog‘liqni saqlash 2 061,5 
5,7 
 
 
2 061,5 
5,7 
1.1.3 Madaniyat va sport 
1 776,5 
4,9 1 377,7 
3,8 
398,8 
1,1 
1.1.4 Fan 
32,1 
0,1 
 
 
32,1 
0,1 
1.1.5 Ijtimoiy nafaqalar, 
moddiy yordam hamda 
kompensatsiya to’lovi 
382,5 
1,0 
89,3 
0,2 
293,2 
0,8 
1.1.6 Aholi bandligi 
darajasini oshirish 
383,3 
1,1 
172,2 
0,5 
211,1 
0,6 
1.1.7 “Obod qishloq” 
va “Obod mahalla” 
dasturlari 
1,0 
0,003 
 
 
1,0 
0,003 
1.1.8 “Yoshlar kelajagimiz” 
dasturi 
1 538,1 
4,2 
 
 
1 538,1 
4,2 
1.2. Byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasiga 
subsidiya 
4 700,0 
12,9 
 
 
4 700,0 
12,9 
1.3. Uy-joy qurilishi 
Dasturlarini moliyalashtirishda 
ishtirok etayotgan banklarga 
ajratiladigan kredit liniyalari 
 
2 608,1 
 
7,1 
 
 
 
2 608,1 
 
7,1 
2. Iqtisodiyot 
6 160,9 
16,9 
0,0 
 
6 160,9 
16,9 
3. Markazlashgan investitsiyalar 
394,5 
1,1 
 
 
394,5 
1,1 
4. Davlat hokimiyati markaziy 
organlari 
10,4 
0,03 
 
 
10,4 
0,03 
5. Davlat boshqaruvi organlari 
408,7 
1,1 
 
 
408,7 
1,1 
6. Prokuratura va adliya 
organlari 
352,8 
1,0 
 
 
352,8 
1,0 
7. Sud organlari 
66,1 
0,2 
 
 
66,1 
0,2 
8. Fuqarolarni o’z-o’zini 
boshqarish organlari, nodavlat 
notijorat tashkilotlar va 
fuqarolik jamiyatining boshqa 
 
 
19,4 
 
0,05 
 
 
19,4 
0,05 


23 
institutlari 
9. O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining Zaxira 
jamg‘armasi, mahalliy 
hokimiyat organlari 
byudjetlarining zahira 
jamg‘armalari 
xarajatlari 
 
 
300,0 
 
 
0,8 
 
 
 
 
300,0 
 
 
0,8 
10. Ish haqi va kommunal 
xizmat tariflari oshishi bilan 
bog‘liq xarajatlar 
 
1 913,1 
 
5,2 
 
 
 
1 913,1 
 
5,2 
11. Davlat qarziga xizmat 
ko’rsatish va uni qaytarish 
xarajatlari 
 
1 507,0 
 
4,1 
 
0,0 
 
 
1 507,0 
 
4,1 
12. Boshqa xarajatlar 
5 430,3 
14,9 
 
 
5 430,3 
14,9 
Qo’shimcha xarajatlarning eng yuqori ulushi (54,6 foiz) “Ijtimoiy soha” 
hissasiga to’g‘ri kelayotgan bo’lib, 19 918,8 mlrd.so’mni tashkil etmoqda. 
Shundan, 5 135,3 mlrd.so’mni ijtimoiy sohadagi maorif, sog‘liqni saqlash, 
madaniyat, sport va fan tizimida faoliyat ko’rsatadigan xodimlarning ish haqi 
miqdorlarini tabaqalashtirilgan tarzda oshirishga yo’naltirilishi ko’zda tutilmoqda. 
Davlat byudjeti loyihasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va 
Farmonlari hamda hududlarga tashriflarida belgilangan vazifalarning aks 
ettirilganligi 2023 yilgi Davlat byudjeti loyihasida O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining topshiriqlari asosida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
dastur va chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 25 027,2 mlrd.so’m 
(2022 yilda 22 084,3 mlrd.so’m) mablag‘lar nazarda tutilgan.
9
Xususan: 
1) 
aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash uchun jami 1 167,4 mlrd.so’m, 
jumladan: 

kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam va 14 yoshgacha 
bolali oilalarga beriladigan nafaqa oluvchilar sonini oshirishga 643,5 
9
Qoraliyev T.M., Omonov A.A. Pul, kredit va banklar.- T.: Moliya 2022 yil 


24 
mlrd.so’m; 

un va non mahsulotlari narxini oshirilishi munosabati bilan aholini ijtimoiy 
himoyaga muhtoj qatlamiga kompensatsiya to’lovlarini amalga oshirish uchun 523,9 
mlrd.so’m; 
2) 
2022-2027 yillarda maktabgacha ta’lim muassasalari moddiy-texnika 
bazasini mustahkamlash Dasturi doirasida 1 654,8 mlrd.so’m; 
3) 
ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va 
modernizatsiya qilish Dasturi doirasida 1 100,5 mlrd.so’m; 
4) 
shahar, tuman va poselkalarni obodonlashtirish (liftlarni yangilash, tashqi 
yoritish va issiqlik ta’minoti tizimlari, ichki yo’llarni ta’mirlash) ishlarini amalga 
oshirish uchun 695,2 mlrd.so’m; 
5) 
qishloq va shahar hududlarini obodonlashtirish, mavjud infratuzilmani 
kompleks rivojlantirish asosida aholining turmush sharoitini yuksaltirishga 
yo’naltirilgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Dasturlari doirasida 500,0 
mlrd.so’m; 
6) 
sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish Dasturlari (onalik va 
bolalik tizimi, yuqumli kasalliklar profilaktikasi, skrining, onkologik kasalliklar, 
VICh infeksiya, nevrologik va gemodializ xizmatlari, birinchi sanitar, tez tibbiy va 
ixtisoslashgan yordam xizmatlari) doirasida 468,8 mlrd.so’m; 
7) 
aholini haq to’lanadigan jamoatchilik ishlariga jalb etish uchun jamoat 
ishlari jamg‘armasi orqali 414,0 mlrd.so’m; 
8) 
aholi bandligini ta’minlash Dasturi doirasida Bandlikka ko’maklashish 
jamg‘armasi orqali 300,0 mlrd.so’m; 
9) 
keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, shu 
jumladan protez-ortopediya buyumlari bilan ta’minlash kompleks chora- tadbirlari 
doirasida 192,7 mlrd.so’m; 
10) 
2022-2027 yillarda qattiq maishiy chiqindilarni to’plash, saqlash, yo’q 
qilish va qayta ishlash tizimini takomillashtirish Dasturi doirasida yangi tashkil 
qilingan “Toza hudud” davlat unitar korxonalariga texnikalar xarid qilishga 163,4 
mlrd.so’m; 


25 
11) 
davlat teatrlari, muzeylari va madaniyat uylari moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash, shuningdek madaniy meros ob’ektlarini restavratsiya qilish va 
qayta tiklash dasturlari doirasida 236,8 mlrd.so’m; 
12) 
innovatsion faoliyat, ilmiy-tadqiqot muassasalarining zamonaviy faoliyati 
va infratuzilmasini kompleks rivojlantirish Dasturini amalga oshirishga 27,3 
mlrd.so’m mablag‘lar yo’naltirilishi ko’zda tutilmoqda. 
Byudjet kodeksining 73-moddasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar 
viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va 
shaharlar byudjetining zaxira jamg‘armalarini shakllantirish maqsadlari va ulardan 
foydalanishdagi vakolatlar belgilangan. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Zaxira jamg‘armasi, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat 
byudjetlari va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar 
byudjetlarining zahira jamg‘armalari xarajatlari 908,6 mlrd.so’mni tashkil qiladi 
yoki joriy yil ko’rsatkichlariga nisbatan 1,3 barobarga ortiq mablag‘lar ajratilmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, hududlarga tashriflari va 
yig‘ilish bayonlaridan iborat jami 127 ta hujjatdagi 363 ta topshiriqlar uchun 2023 
yil Davlat byudjeti parametrlarida mablag‘lar ajratilishi belgilangan. 
O’rganish natijalariga ko’ra taqdim etilgan Davlat byudjeti loyihasida mazkur 
topshiriq va tadbirlarlar uchun 13,7 trln.so’m rejalashtirilgan. 
2022 yilgi Davlat byudjeti loyihasini ko’rib chiqish jarayonida Hisob palatasi 
tomonidan Moliya vazirligi bilan o’tkazilgan o’rganishlar natijasida byudjet 
siyosatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha ko’zda tutilmagan 3,0 trln.so’m 
mablag‘larni byudjet hisobidan qo’shimcha rejalashtirilishi ta’minlandi. 
Jumladan, aholini arzon uy-joylar bilan ta’minlashga imtiyozli kredit liniyalari 
uchun davlat byudjetidan ajratiladigan maqsadli mablag‘lar miqdori 2 170,0 
mlrd.so’mdan 2 978,1 mlrd.so’mga oshirildi. 
Soliq islohoti natijasida Pensiya jamg‘armasi tushumlarini kamayishi hisobiga 
aholini pensiya to’lovlarini to’liq qoplashga davlat byudjetidan subsidiya miqdori


26 
qayta hisob-kitob qilinib 2 600,0 mlrd.so’mdan 4 700,0 mlrd.so’mga 
(qo’shimcha 2 100,0 mlrd.so’m) yetkazildi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 iyundagi PF-5466-sonli 
Farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Yoshlar – 
kelajagimiz” davlat dasturini amalga oshirish uchun 2022 yilda Davlat byudjetidan 
200,0 mlrd.so’m mablag‘ ko’zda tutildi. 
Toshkent shahrida yo’lovchi avtobuslar parkini yangilash maqsadida 
“Toshshahartransxizmat” AJ uchun 350 ta “MAN” rusumli avtobuslarni xarid qilish 
uchun jalb qilingan kreditlarni qaytarishga kelgusi yil byudjet parametrlarida 45,0 
mlrd.so’m mablag‘lar rejalashtirildi.
10
Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar 
strukturasi tarmoqlar va yo’nalishlar bo’yicha tahlil qilinib, Hisob palatasining 
takliflariga ko’ra 868,1 mlrd.so’m mablag‘lar vazifa jihatidan (funksional) tasnifga 
asosan tarmoqlar bo’yicha qayta taqsimlandi. 
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’naviy-
axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim- tarbiya berish tizimini 
sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish chora- tadbirlari to’g‘risida”gi 2022 yil 14 
avgustdagi PQ-3907-sonli qarorida belgilangan umumiy o’rta ta’lim muassasalari 
xodimlarining bazaviy tarif stavkalarini oshirish, hududiy, respublika va xalqaro fan 
olimpiadalarida sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritgan o’quvchilarni tayyorlagan 
pedagog kadrlarga eng kam ish haqining 50 barobarigacha miqdorda bir martalik 
pul mukofoti berish uchun talab etiladigan qo’shimcha mablag‘lar vazirlik 
tomonidan taqdim etilgan byudjet so’rovida ko’zda tutilmagan. Ushbu maqsadlarga 
byudjet loyihasida 2 781,1 mlrd.so’m mablag‘lar ajratilgan. 
O’rganishlar vazirlikda sohaning rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun 
xarajat majburiyatlarini to’liq hisobini yuritish hamda mablag‘larga talabni 
shakllantirish yetarli darajada yo’lga qo’yilmaganligini ko’rsatmoqda. Xuddi 
shunday holatlar boshqa vazirlik va idoralarda ham kuzatildi. 
10
Rashidov O. va boshqalar. Pul, kredit va banklar.- T.: Cho’lpon 2021 


27 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling