I bob. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank sektori va moliya tizimi


II BOB. MAMLAKAT IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA BANK


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana20.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1636089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank sektori va moliya tizimining barqarorligini ta`minlash yo`llari

II BOB. MAMLAKAT IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA BANK 
SEKTORI VA MOLIYA TIZIMINING BARQARORLIGINI TA`MINLASH 
ISTIQBOLLARI 
2.1. Moliya tizimining xolati tahlili 
2022 yilgi byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari asosan ijtimoiy xarajatlarni 
oshirish, byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqi miqdorlarini inflyatsiya darajasidan 
kam bo’lmagan miqdorlarda oshirish taklif etilmoqda. Buning uchun davlat byudjetida 
1 659,0 mlrd. so’m mablag‘ ko’zda tutilgan.
7
 
Bundan tashqari aholi farovonligini oshirish yo’nalishida, byudjet 
tashkilotlarida ishlovchi alohida sohalar xodimlarini ish haqi miqdorlarini 
tabaqalashtirilgan tarzda oshirish ko’zda tutilmoqda: 
 maktabgacha ta’lim, umumta’lim muassasalari pedagoglari, rahbar 
xodimlari, psixologlari va kutubxonachilari; 
 sog‘liqni saqlash muassasalari tibbiyot xodimlari; oliy ta’lim muassasalari 
professor-o’qituvchilari; 
 fan sohasida Davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda ishtirok 
etuvchi ilmiy xodimlar. 
1) 
Maktabgacha ta’lim tizimiga nodavlat sektorini jalb qilish hamda sohada 
davlat-xususiy sherikchiligi uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida davlat-
xususiy sherikchiligi shartlari asosida tashkil qilingan nodavlat muassasalarga
Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish uchun 2023 yilda 239,7 mlrd.so’m 
mablag‘ rejalashtirilmoqda. 
2) 
Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va 
Farg‘ona viloyatlarining alohida tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim 
muassasalarida bolalar saqlangani uchun amaldagi ota-onalar to’lovi miqdori ikki 
barobarga pasaytirish hisobiga 2022 yildan boshlab ushbu xarajatlarni qoplash 
uchun davlat byudjetidan mablag‘lar ajratib boriladi. 
Ushbu maqsadlar uchun 2023 yilda 23,6 mlrd.so’m mablag‘ rejalashtirilgan. 
3) 
2023 yildan boshlab ish haqi va kommunal xizmat tariflari oshishi munosabati 
7
Abdullayeva Sh.Z. Bank ishi: o’quv qo’llanma. – T.: Moliya, 2022 yil. – 312 b. 


17 
bilan yuzaga keladigan qo’shimcha xarajatlar uchun byudjet parametrlarida alohida 
qatorda mablag‘lar shakllantirilishi taklif etilmoqda. Ushbu mablag‘larni (2022 yilda 3 
583,9 mlrd.so’m) ish haqi va kommunal xizmat tariflari oshishi natijasida byudjet 
tashkilotlarning qo’shimcha xarajatlari hamda davlat boshqaruv organlarining tarkibiy 
o’zgarishi bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga yo’naltirish ko’zda tutilgan. 
Byudjetlararo 
munosabatlarni 
takomillashtirish, 
mahalliy 
byudjetlarning 
mustaqilligini oshirish va quyi byudjetlarning yuqori byudjetga qaramliligini 
pasaytirish maqsadida quyidagilar ko’zda tutilmoqda: 
1) 
viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi hududiy moliya 
boshqarmalari bazasida byudjet departamentlarini tashkil etish yo’li bilan mahalliy 
davlat hokimiyati organlariga tumanlar (shaharlar) byudjetlarini mustaqil ravishda 
tasdiqlash va ijro etish vakolatini berish, bunda vazirlik va idoralar hududiy 
bo’linmalarining tegishli vazirlik va idoralar byudjetlari bilan chambarchas 
bog‘liqligini nazarda tutish (gorizontal va vertikal rejalashtirish); 
2) 
yuqori byudjetdan quyi byudjetga bosqichma-bosqich mahalliy ahamiyatga 
molik xarajatlarni moliyalashtirish vakolatini berish; 
3) 
2022 yilning oxirigacha maqsadli transfertlar ajratilishi qoidalari va 
metodikasini takomillashtirish; 
4) 
2023 yildan boshlab mahalliy byudjetga qoldiriladigan soliqlar bo’yicha 
ajratmalar 
normativlarini 
birxillashtirish 
va 
o’rnatilgan 
normativlarni 
daromadlarning baza yilidagi ijrosi natijasidan qat’iy nazar 3 yilga biriktirish 
(pasaytirish huquqisiz); 
5) 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byudjet ma’lumotlarining 
ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-
tadbirlari to’g‘risida”gi 2022 yil 22 avgustdagi PQ-3917-sonli qaroriga asosan 2022 
yildan boshlab mahalliy byudjet qo’shimcha manbalarining kamida o’n foizini 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo’qorg‘i KenGESi, viloyatlar va Toshkent shahri
tumanlar va shaharlarning xalq deputatlari Kengashi bilan kelishilgan holda, shuningdek 
“Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni 
moliyalashtirishga yo’naltirish. 


18 
2022 yil uchun taqdim etilgan Byudjetnomada O’zbekiston Respublikasining 
konsolidatsiyalashgan byudjeti xarajatlari 129 625,7 mlrd.so’mni yoki YaIMga nisbatan 
29,8 foizni (2021 yilda 32,2 foiz) tashkil etadi. 
Davlat byudjeti xarajatlari 107 118,4 mlrd.so’m, davlat maqsadli 
jamg‘armalarining xarajatlari 27 507,3 mlrd.so’mni tashkil etadi. 
Bunda, Davlat byudjetidan maqsadli jamg‘armalarga o’tkazib beriladigan 
transfertlar (byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi – 4 700 mlrd. so’m, Bandlikka 
ko’maklashish jamg‘armasi – 300 mlrd. so’m) konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibida 
bir marta hisoblangan. 
Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida joriy xarajatlar 91 237,6 
mlrd.so’m (85%)ni va kapital xarajatlar 15 881,0 mlrd.so’m (15%)ni tashkil etadi. 
Byudjet kodeksining 83-moddasiga asosan byudjetnomani ishlab chiqish - byudjet 
so’rovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozlarini tayyorlash va 
taqdim etish, byudjet so’rovlarini ko’rib chiqish va jamlash asosida shakllantiriladi. 
2022 yil uchun Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 
xarajatlarini shakllantirish hisob-kitoblari tahlil qilinganda, byudjet loyihasi quyidagi 
usulda: 
 2020 yil va undan oldingi yillarda tasdiqlangan hamda 2021 yilda yakuniga 
yetkazilgan dasturlarni xarajatlar tarkibidan chiqarish; 
 2022 yil davomida xarajatlar strukturasida bo’lgan o’zgarishlar (sohalar 
o’zgarishi, yangi tashkil etilgan tashkilotlar)ni hisobga olish; 
 ish haqi, kommunal to’lovlar, yoqilg‘i va boshqa mahsulotlarni narxlarining 
oshish indekslarini 2022 yil uchun tasdiqlangan xarajatlarga ta’sir qildirish orqali 
shakllantirilganligi ma’lum bo’ldi. 
Davlat byudjetining 2022 yil uchun xarajatlari loyihasida byudjet mablag‘lari 
taqsimlovchilari byudjet so’rovlari asosida qo’shimcha tadbirlar qisman hisobga 
olingan. 2023 yil uchun Davlat byudjeti xarajatlarini joriy yilda kutilayotgan Davlat 
byudjeti xarajatlariga nisbatan 36,4 foizga oshgan holda rejalashtirilgan. Davlat 
byudjeti xarajatlari tarkibida eng yuqori ulush “Ijtimoiy soha” xarajatlariga to’g‘ri 
kelmoqda (54 foiz). 


19 
2022 yilda rejalashtirilgan “Ijtimoiy soha” xarajatlari joriy yildagi ushbu 
maqsadlar uchun kutilayotgan xarajatlarga nisbatan 34,4 foizga oshgan. Xususan, 
davlat tomonidan olib borilayotgan aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tadbirlarini 
amalga oshirish doirasida ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam hamda kompensatsiya 
to’lovi uchun joriy yilda ajratilgan mablag‘larga nisbatan 58,5 foizga ko’p mablag‘ 
rejalashtirilgan.
8
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 dekabrdagi “O’zbekiston 
Respublikasining 
rivojlanish 
davlat 
dasturlarini 
shakllantirish 
va 
moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to’g‘risida”gi PQ-3437-sonli qaroriga 
muvofiq, rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun 
mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, davlat maqsadli va 
byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini jamlash, taqsimlash va 
moliyalashtirish faqat O’zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini 
moliyalashtirish jamg‘armasi orqali amalga oshirilishi belgilangan. 
Shuningdek, 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston 
Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to’g‘risida”gi 2022
yil 29 iyundagi PF-5468-sonli Farmoniga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan davlat 
maqsadli jamg‘armalariga yuridik shaxslarning oboroti (tushumi) dan undiriladigan 
majburiy ajratmalar bekor qilindi. 
Ushbu holat Davlat byudjetidan maqsadli jamg‘armalarga ajratiladigan 
mablag‘larni ikki bosqichda (maqsadli jamg‘armalar va O’zbekiston 
Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi) 
jamlanishiga, ya’ni moliyalashtirish bo’yicha ortiqcha bo’g‘in vujudga kelishiga 
sabab bo’lishi mumkin edi. 
Shunga asosan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Respublika yo’l jamg‘armasi, Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot 
muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi, Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash 
8
Abdullayev Yo. A. Bank ishi.-T.: Moliya 2022 yil 


20 
jamg‘armasi hamda Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish 
jamg‘armasi hisobidan rivojlanish davlat dasturlari bilan bog‘liq bo’lmagan boshqa 
xarajatlarni moliyalashtirish funksiyalarini Moliya vazirligi hamda tegishli vazirlik 
va idoralarga yuklagan holda ushbu jamg‘armalarni tugatish taklif etilmoqda. 
Bundan tashqari, respublikamizda narx shakllantirilishini tartibga solishning 
bozor mexanizmlariga to’liq o’tilayotganligi va iqtisodiyotning sohalarida 
raqobatbardosh muhit shakllanayotganligi munosabati bilan iqtisodiyotni 
erkinlashtirishning dastlabki bosqichida tovar va xizmatlar narxi keskin o’sishini 
oldini olish maqsadida tashkil etilgan Ichki iste’mol bozorida narx-navoni 
barqarorlashtirishga ko’maklashish jamg‘armasini ham tugatish taklif etilmoqda. 
Tugatiladigan jamg‘armalarning 2022 yil yakunidagi qoldiq mablag‘larini 
respublika byudjeti daromadlariga yo’naltiriladi. 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo’l jamg‘armasi, Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash 
jamg‘armasi, Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish 
jamg‘armasi hamda Moliya vazirligi huzuridagi “Toza ichimlik suv” jamg‘armasi 
hisobidan rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish (3 734,6 mlrd.so’m) 
2022 yilda Davlat byudjetining “Iqtisodiyot” sohasi xarajatlari tarkibida ko’zda 
tutilmoqda. 
Natijada “Iqtisodiyot” sohasi bo’yicha xarajatlar 2022 yilga nisbatan 78,1 
foizga ko’paygan. 
Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-
texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan rivojlanish davlat
dasturiga kiritiladigan ob’ektlar uchun mablag‘lar (4 363,2 mlrd.so’m) “Ijtimoiy 
soha” xarajatlari tarkibiga kiritilgan. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling