I bob. Ma’naviy bаrkаmol аvlod tаrbiyasidа xаlq kuylаrining o‘rni


Dissertatsiya ishining maqsad va vazifasi


Download 381 Kb.
bet2/19
Sana11.05.2023
Hajmi381 Kb.
#1455183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
dissertatsiya ishi

Dissertatsiya ishining maqsad va vazifasi:
Yoshlarni sharqona axloqiy an‘analar ruhida tarbiyalashda an‘anaviy qo‘shiqlarni axamiyati ashulalar tahlili bo‘yicha nazariy – uslubiy bilim hamda ko‘nikma berishdan iborat. Uning asosiy vazifalarini quyidagilar tashkil qiladi:

  • ijodiy layoqatni o‘stirish;

  • ilmiy – tadqiqod ishlariga yo‘naltirish;

  • maqom asoslari bilan qurollantirish;

  • an’anaviy ijrochilik usullari va uslublari bilan tanishtirish;

Shashmaqom ashulalari tahlili natijalari asosida ijro mahoratini oshirish yo‘llarini o‘rgatish.
Mavzuning ilmiyligi:
Ta’limning barcha bo‘g’inlarida va fanlar yo‘nalishlarida bo‘lgani kabi o‘quvchi – yoshlarni axloqiy, estetik, ma’naviy jihatdan yetuk va milliy g’oyalarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda ularning badiiy tafakkurini o‘stirishda umumta’lim maktablarida o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarlik darajasi muhim o‘rin egallaydi.
O‘rganilayotgan mavzuning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • an’anaviy xonandalik uslubiyoti asoslari, nazariyasi va metodikasi bo‘yicha bilim berish;

  • an’anaviy xonandalik uslubiyotiyo‘nalishi fanlarining bosh mavzularini belgilash;

  • an’anaviy xonandalik uslubiyoti ko‘nikmasi, malakasi va mahorati bilan qurollantirish.

Dissertatsiya ishining ob’ekti:
Musiqa san’ati namunalarining talqini ovoz vositasi, cholg‘u talqini, raqs harakatlari, imo-ishora kabi bir qator ijrochilik turlaridan iboratdir. Bevosita talqin jarayoni ham ijrochi namoyandalar tomonidan yakka, juft, guruhiy yoki ommaviy shakllarda amalga oshiriladi. Ovoz vositasi asosida talqin etuvchi namoyandalarni xalqimiz orasida ijro dasturlariga binoan qо‘shiqchi, laparchi, termachi, navokash, navoog‘oz, mutrib, mug‘anniy, xonanda, ashulachi, dostonchi, baxshi, xalfa, shoir, g‘azalxon, qissaxon, maddoh, zokir, talqinchi, masnaviyxon, savtxon, nasrchi va hofiz kabi nomlar bilan atab kelishgan.

Download 381 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling