I bob. Ma’naviy bаrkаmol аvlod tаrbiyasidа xаlq kuylаrining o‘rni
Download 381 Kb.
|
dissertatsiya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- GLOSSARIY Ashula
- Stassato
- Vokal
- Diapazon
- Intonatsiya
TEST SAVOLLARI
GLOSSARIY Ashula- asosan lirik ruxdagi g‘azal va she’rlar zaminida kiribkelgan. Ashula qо‘shik; janridan kuy diapazonining kengligi. Alla-о‘zbek musiqa san’atida keng rivojlangan janr. Alla kundalik xayotimiz tarzida keng qо‘llanishi bilan bir qatorda kompozitor ijodiyotida xam aloxida о‘ringa ega. Allalar mayin kо‘y oxanglarida xirgoyi etiladi. Stassato - tovushlarni uzuq-uzuq tarzda ijro etish; Noilegato- tovushlarni kam bog‘lab kо‘ylash; Legato- nafasni uzmasdan tovushlarni uzviy bog‘lab kо‘ylash; Bas-Katta oktava “fa” dan birinchi oktava “mi'7'fa" - oralig‘ini qamrab olgan erkaklar ovozi. Bas oktavist- “fa” kontroktavadan “do” birinchi oktavagacha bо‘lgan oraliq masofani qamrab olgan erkaklar Belkanto- (italyancha - belsanto - gо‘zal kuylash) -17 asrda Italiya xonandaligida yuzaga kelgan nafis kо‘ylash uslubi. Zamonaviy ma’noda - xissiyotga boy, gо‘zal va ravon kuylash yullari. Belkanto xonandadan izchil kantilena, dinamik va nozik tembr о‘zgarishlariga boy ijroni talab kiladi. Vokal-musiqani ovoz bilan ijro qilish. Musiqa san’atining boshqa shakllaridan farkli ularoq, kuylashda tovush va ovozdan tashqari jonli inson sо‘zi xam yangraydi. Vokaliz- (fransuzcha vosalize, lotyncha vokalis - unli tovush) sо‘zsiz, notalar nomi bilan yoki unli tovushlarda kuylanadigan mashk. Diapazon- ovozning eng pastidan - eng balandigacha bо‘lgan tovushlar xajmi. Diksiya- (lotyncha distio - nutk talaffuzi) kuylashda matnni tо‘g‘ri talaffuz qilish. Artikulyatsiya a’zolari ishining jadalligi va uyushqoqligi, nutq tovushlari talaffuz sifati, sо‘zlarning aniqligini belgilaydi. Dinamika- (yunoncha dinamis- kuch) tovushlarning sadolanish kuchi bilan bog‘liq bо‘lgan jarayon. Musiqaning eng muxim ifoda vositalaridan biri. Dinamik tuslar (forte, piano, sressendo, diminuendo va boshqalar) ni qо‘llash musiqaning mazmuni va badiiy moxiyatini teranlashtiradi. Duet- (lotyncha duo - ikki) birinchidan, ikki ijrochidan iborat ansambl uchun mо‘ljallangan sozlar jо‘rligida yoki jо‘rsiz musiqiy asarni uzida namoyon etadi. Ikkinchidan, musiqali drama va komediya, shuningdek, opera, oratoriya, kantata, operettadagi vokal ansambl turi hisoblanadi. Duet asarning musiqiy dramaturgiyasini va qaxramonlarning ichki xis - tuyg‘ularini ochib berishda muhim о‘rin tutadi. Intonatsiya – lotincha “baland, yuqori” degani. Uning tozaligiga erishish uchun xonanda o‘zini eshita bilishi, ovozi sifatli ishlangan va kuylayverib tajriba-dan o‘tgan bo‘lishi kerak. Ovozning toza chiqishi ijrochining, ayniqsa, mahoratiga va kayfiyatiga bog‘liq. Ovozdagi qo‘shimcha pardalarni qo‘llash orqali ham tovushni past yoki balandligini muvofiqlashtirish mumkin. Download 381 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling