I bob. Ma’naviy bаrkаmol аvlod tаrbiyasidа xаlq kuylаrining o‘rni
Download 381 Kb.
|
dissertatsiya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Botiniy(ichki) eshitish qobiliyati
- Musiqiy xotira
Absolyut eshitish qobiliyati (mutlaq) – bunday qobiliyatli xonanda tovush balandligini to‘g‘ridan – to‘g‘ri, boshqalari bilan taqqoslamasdan aniq ayta oladi.
Zohiriy eshitish qobiliyati(tashqi) – bir yakkaxon sozanda, hofiz, ansambl yoxud orkestr tomonidan ijro qilingan asarni barcha jihatlarini: balandligi, tembri, usuli, musiqiy matnini tez anglab oladi. Bunday ustozoda uslub sharq xalqlarida ham juda keng tarqalgan. Musiqiy meros namunalari qadimdan otadan bolaga, ustozdan shogirdga bizgacha og‘zaki, eshitish-tinglash orqali amalga oshirilgan. Botiniy(ichki) eshitish qobiliyati – ichki tuyg‘u, qayerdadir kimdandir eshitgan, qulog‘iga tanish, hayoldagi asar. U 5 ta jihatda namoyon bo‘ladi: 1). kimnidir ijrosida eshitgan, xotirasiga o‘rnashib qolgan musiqiy obraz; 2). o‘zi qachonlardir ijro qilgan asar (kuy)ni xotirlash; 3). asarni cholg‘u asbobisiz notadan o‘qib sadolanishini tasavvur qilish; 4). kuyni tushuntirish uchun asar kompozitsiyasini hayolda shakllantirish; 5). ijro jarayonida to‘satdan, tayyorgarliksiz (ekspromt): badiha (improviza-tsiya), namud (ko‘rinish), avj, (gul partav) va shu kabi yangi qismlar ijod qilish. Yillar o‘tishi bilan bilim, tajriba, malaka oshgani sayin botiniy va zohiriy eshitish qobiliyati sayqallanib boradi. Shu bois ta’limning birinchi bosqichidanoq musiqiy eshitishni va eshitish nazoratini rivojlantirish o‘ta muhim. Musiqiy xotira – yod olish va xotirada saqlash; esda saqlab qolish va zarur paytda xotiradagini biror yo‘l bilan yuzaga chiqarish, namoyon qilish qobiliyati. Xotira turlari: 1) tovush balandligi, kuchi, tembri, lad tizimi, usuli, ohangdoshligi, kuy va qo‘shiq shaklini esda saqlash bilan bog‘liq eshitish xotira turi; 2) inson qiyofasi, tabiat manzarasi, buyum namunasi, nota va boshqalarning qog‘oz yoki ekrandagi obrazi ko‘zda muhrlanadi va bu ko‘rish xotira turiga kiradi; 3) turli harakatlarni eslab qolish, uni qaytarish (dirijerlik, raqs, pantomi-mima), cholg‘u asbobini tana sezgi organlari (lab, qo‘l, barmoqlar, nafas) orqali sezib, eslab qolinishi sezgi xotira turiga kiradi; 4) esnash, kulish, yig‘lash, lazzatlanish, ta’sirlanish, emotsiya tuyg‘ularini esga olib, o‘zida aks ettirish his-hayajon xotirasi; 5) hikoya, she’r, maqol, topishmoqni esda saqlash so‘z-mantiq xotira turi. Xotirani mustahkamlash uchun quyidagicha yo‘l tutiladi(A.A. Nekliyev): 1) asarni nota bilan cholg‘u asbobida chalib va kuylab esda saqlash; 2) asarni notasiz cholg‘uda yoddan chalish; 3) asarni cholg‘u asbobisiz notaga qarab, ko‘z xotirasida mustahkamlash; 4) asarni notasiz va cholg‘u asbobsiz xayoldan o‘tkazish bilan esda saqlash. Ko‘p ustozlar musiqiy xotira mustahkam bo‘lishi uchun nafaqat aqliy xotira (quvvaiy hofiza), balki “qalb xotirasi” ham zarurligini ta’kidlashadi. Download 381 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling