I bob. Ma’naviy bаrkаmol аvlod tаrbiyasidа xаlq kuylаrining o‘rni


Download 381 Kb.
bet15/19
Sana11.05.2023
Hajmi381 Kb.
#1455183
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
dissertatsiya ishi

Tovush tembri – fransuzcha “tovush bo‘yog‘i, tusi, xarakteri”; tovush sifatining muhim omillaridan va har bir inson ovoziga xos xususiyat.
Vibrato – “to‘lqinlatish” (nola); tovush sifatini boyituvchi muhim omil. Nola go‘yo tovushni qizdirib jonlantiradi va unga o‘ziga xos joziba baxsh etadi.
Tovush kuchi – fizikada tebranish harakatinnig kengligi va kuchiga bog‘liq. Ya’ni tovush hosil qiluvchi membrananing tebranish miqyosi (amplitudasi) qancha keng va kuchli bo‘lsa, tovush ham shuncha kuchayadi. U 3 turga taqsimlanadi:
1) turg‘un (o‘zgarmaydigan);
2) asta, pog‘onama-pog‘ona kuchayib yoki pasayib o‘zgaruvchi: kuchsizdan (past): pp-p-mp-mf-f-ff kuchliga va aksi kuchlidan ff-f-mf-mp-p-pp susayuvchiga;
3) ruschada “kontrastnoy”, ya`ni qarama-qarshi, tafovutli; p-f, pp-ff va unga
aloqador urg‘ular tovush kuchini oshiradi yoki pasaytiradi va asar mohiyatini yana-da ochishga xizmat qiladi.
Ijrochilik holati – tana, bosh, qo‘l, oyoqlarni sahnada tuta bilish (ispolnitel-skaya postanovka), o‘zini ijroga hozirlashi, kuylash uchun tayyor bo‘lish.
Ovoz ko‘lami – xonanda ovoz diapazoni yoki asar tovushqatorining hajmi.
Shtrix – nemischa “chizgi, chiziqcha” degani. Masalan, rassomlarda ingich-ka, yo‘g‘on, qalin, to‘q chiziqchalar portret obrazini ochib berganidek, musiqada ham obraz yaratish uchun shtrixlar mavjud. Shtrixlar dastlab torli-kamonli cholg‘u-larda, skripkachilarda kamonni yurgizishda turli uslublar qo‘llanila boshlagan. Keyinchalik xonandalikda ham o‘ziga xos ovoz shtrixlari kelib chiqa boshlagan.
Detache – detacer; fransuzcha so‘z, “alohida” degani. Kekirdakning zarblari vositasida har bir tovush yetarli darajada cho‘zib, alohida ijro qilinadi.
Marcato – markato, marcare; italyancha “ajratish, urg‘u berish”. Tovushlar kekirdak vositasida keskin zarb berib, kuch bilan urg‘u berib kuylanadi.
Staccato – stakkato; italyancha so‘z, “qisqa-qisqa”. Tovush kekirdakda kes-kin, ammo yengil urilgan zarblar vositasida yarmigacha qisqa-qisqa kuylanadi.

Download 381 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling