I bob. Ma’naviy bаrkаmol аvlod tаrbiyasidа xаlq kuylаrining o‘rni
Download 381 Kb.
|
dissertatsiya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovush kuchi
- Ijrochilik holati
- Detache
Tovush tembri – fransuzcha “tovush bo‘yog‘i, tusi, xarakteri”; tovush sifatining muhim omillaridan va har bir inson ovoziga xos xususiyat.
Vibrato – “to‘lqinlatish” (nola); tovush sifatini boyituvchi muhim omil. Nola go‘yo tovushni qizdirib jonlantiradi va unga o‘ziga xos joziba baxsh etadi. Tovush kuchi – fizikada tebranish harakatinnig kengligi va kuchiga bog‘liq. Ya’ni tovush hosil qiluvchi membrananing tebranish miqyosi (amplitudasi) qancha keng va kuchli bo‘lsa, tovush ham shuncha kuchayadi. U 3 turga taqsimlanadi: 1) turg‘un (o‘zgarmaydigan); 2) asta, pog‘onama-pog‘ona kuchayib yoki pasayib o‘zgaruvchi: kuchsizdan (past): pp-p-mp-mf-f-ff kuchliga va aksi kuchlidan ff-f-mf-mp-p-pp susayuvchiga; 3) ruschada “kontrastnoy”, ya`ni qarama-qarshi, tafovutli; p-f, pp-ff va unga aloqador urg‘ular tovush kuchini oshiradi yoki pasaytiradi va asar mohiyatini yana-da ochishga xizmat qiladi. Ijrochilik holati – tana, bosh, qo‘l, oyoqlarni sahnada tuta bilish (ispolnitel-skaya postanovka), o‘zini ijroga hozirlashi, kuylash uchun tayyor bo‘lish. Ovoz ko‘lami – xonanda ovoz diapazoni yoki asar tovushqatorining hajmi. Shtrix – nemischa “chizgi, chiziqcha” degani. Masalan, rassomlarda ingich-ka, yo‘g‘on, qalin, to‘q chiziqchalar portret obrazini ochib berganidek, musiqada ham obraz yaratish uchun shtrixlar mavjud. Shtrixlar dastlab torli-kamonli cholg‘u-larda, skripkachilarda kamonni yurgizishda turli uslublar qo‘llanila boshlagan. Keyinchalik xonandalikda ham o‘ziga xos ovoz shtrixlari kelib chiqa boshlagan. Detache – detacer; fransuzcha so‘z, “alohida” degani. Kekirdakning zarblari vositasida har bir tovush yetarli darajada cho‘zib, alohida ijro qilinadi. Marcato – markato, marcare; italyancha “ajratish, urg‘u berish”. Tovushlar kekirdak vositasida keskin zarb berib, kuch bilan urg‘u berib kuylanadi. Staccato – stakkato; italyancha so‘z, “qisqa-qisqa”. Tovush kekirdakda kes-kin, ammo yengil urilgan zarblar vositasida yarmigacha qisqa-qisqa kuylanadi. Download 381 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling