I bob. Ma’naviy bаrkаmol аvlod tаrbiyasidа xаlq kuylаrining o‘rni
O‘zbek xalq qo‘shiqlari vositasida o‘quvchilarni ma’naviy –axloqiy
Download 381 Kb.
|
dissertatsiya ishi
2.4. O‘zbek xalq qo‘shiqlari vositasida o‘quvchilarni ma’naviy –axloqiy shakllantirish modeli.
Musiqa san’ati insonning yoshligidan unga bevosita va kuchli ta’sir o‘tkazib, uning umumiy madaniy rivojida katta o‘rin tutadi. Jamiyat madaniy hayotida yanada kengroq o‘rin tutayotgan musiqa kishiga butun hayot davomida uning doimiy hamrohi hisoblanadi. Musiqa yagona san’at bo‘lib, inson yuragiga juda chuqur kirib borib, ana shu qalb tug‘yonini yorqin ifodalash qudratiga ega. SHuningdek, ajdodlarimizga munosib avlodni tarbiyalashda musiqaning ham munosib o‘rni borligi ayni haqiqat. Demak, musiqa san’ati va ta’lim-tarbiyasi kishidagi insoniy fazilatlarni rivojlantirib, ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, insonning ichki olamini boyitadigan, iymon-e’tiqodini, irodasini mustahkamlaydigan, ijodini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuch – ma’naviyatning yuksalishini ta’minlaydi. Musiqa yordamida uning badiiy idroki o‘sib, hissiyotini yanada boyitib boradi. Bolalarda musiqaviy idrokni o‘stirmay, ularning musiqaga mehr-muhabbatini yetarli darajada qiziqtirmay turib, har tomonlama jismoniy boy, ma’naviy va axloqiy sifatlarni tarbiyalab bo‘lmaydi. Yunon faylasufi Platonning fikricha, davlatning kuch-qudrati unda qanday musiqa, qaysi ohang yangrayotganligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Davlat uchun insonni yuksaklikka ko‘tarishga yordam beruvchi musiqa kerak deb hisoblagan. SHarq mutafakkiri Forobiy musiqani, insonda yuksak axloq namunalarini shakllantiruvchi, unda estetik did va go‘zallik tuyg‘ularini uyg‘otuvchi va hatto inson sihat-salomatligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi vosita deb ta’riflaganligi bizga ma’lum. SHuningdek, Forobiy «Baxt-saodatga erishuv haqida»gi risolasida ta’kidlashicha san’at insonda go‘zal estetik fazilatlarni tarbiyalashga qodir kuchga egadir. SHu bois mutafakkir inson oldiga alohida talablar qo‘yadi. U mazkur risolasida ta’lim tarbiya masalalariga alohida to`xtalib, yoshlarning axloqiy fazilati nizomlarini hamda ularning san’atni egallashi uchun amaliy malakalarini tarbiyalash tarbiyachilarning muqaddas vazifasi ekanligini ko‘rsatib beradi. Ibn Sino ham musiqaning hissiy ta’sir kuchini e’tirof etgan holda uni o‘zining meditsina kitoblarida aks ettirgan hamda ruhiy kasalliklarni davolashda shifo dasturi sifatida tavsiya qilgan. “Tib qonuni” asarida bir o‘rinda musiqaning ruhiy ta’sir kuchiga baho berib, go‘dakning tarbiyasidagi ahamiyatini shunday ta’riflagan: “Go‘dakning tanasi chiniqishi uchun ikki narsa zarur: biri uni asta qimirlatib tebratish, ikkinchisi onasining qo‘shig‘i (allasi). Birinchisi tanasiga, ikkinchisi – ruhiga tegishlidir”. Alloma «Al-muddohil ila san’atal musiqiy» asarida shunday yozadi: «Musiqa hayotbaxsh, oliyjanob, axloqiy xususiyatlarni rivojlantiradi, u insonga xizmat qiladi. Uning ruhiy va axloqiy qiyofasini shakllantiradi». Olimning musiqaning tarbiyaviy ahamiyati haqidagi qarashlari Arastu fikrlari bilan hamohangdir. Abdurahmon Jomiyning tarbiya to‘grisidagi qarashlarida ham musiqiy tarbiya alohida o‘rin egallagan,uning g‘oyalarida barkamol inson kamolotida musiqa tarbiya vositasi sifatida e’tirof etilgan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, barcha sohalar kabi milliy musiqa san’atiga e’tibor ham jiddiy tus oldi. Ayniqsa, o‘quvchilarni ma’naviy tarbiyalash jarayonida milliy qadriyatlardan oqilona foydalanib, milliy ohanglarni his eta bilishni shakllantirish lozim. Insonning qaysi millatga mansubligi faqat g‘oyagina emas, balki tuyg‘u hamdir. Yigit-qizlarni aqliy-axloqiy, madaniy-ma’naviy jihatdan tayyorlamasdan, fanga iste’dodli yoshlarning kirib kelishini ta’minlamasdan, yoshlarni zamonaviy fan-texnikaning yutuqlaridan bahramand qilmasdan, qo‘llab-quvvatlamasdan ularning qadriga yetmasdan, ularga ishonib-ishonmasdan turib, mamlakatimiz ma’naviyatini rivojlantira olmaymiz. SHunday ekan, ularni ma’naviy barkamolikka erishishlarida milliy musiqamizning kuch-qudratiga tayangan xolda ibratli pand-nasihatga boy, xalqona yo‘lda yaratilgan kuy va qo‘shiqlardan foydalanishimiz zarur. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va ma’naviy dunyoqarashini shakllantiradi.Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, o‘quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va musiqiy estetik tarbiyasining muhim vositasi hisoblanadi. Qo‘shiqchilik san’ati o‘sib ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodnining musiqiy-estetik tarbiyasidagi eng kuchli vositalaridan biridir. Kuy, musiqa , ashula matni, ijrochi maxoroti uyg‘unlikda insonga har tomonlama ta’sir qilishni ta’minlaydi. Kuy va uning musiqiy ifodasi insonning hissiyotiga, matn esa uning sezgilari va ongiga ta’sir etadi.Qo‘shiqchilik san’ati o‘zbek xalqining barcha qatlamlariga singib ketgan Qo`shiq- sehrli sadolardan uyushgan mo‘jizalar dunyosi. U insonning eng birinchi san’ati,o‘zini o‘ragan dunyoga ilk munosabati.Inson dunyoga kelib,ko‘z ocharkan,onaning ilk allasi bilan shu dunyo ohanglari olamiga kirib boradi va umrbod u bilan nafas oladi.Hoh alladir ,hoh yalladir ,lapardir,o‘landir,yor-yordir—agar u chinakam san’at asari bo`lsa ,unda inson degan buyuk zot ,uning boy ma`naviy olami Vatanga muhabbati ,sadoqati ,kayfiyati ,taraqqiyot darajasi o‘ziga xos tarzda nafosat bilan aks etadi . YOshlarni tarbiyalashda milliy qis tuyqular, o‘zaro xurmat istiqbollarini tarannum etuvchi xalq yo‘lida yaratilgan qo‘shiqlar yoshlar ongini ezgulikka to‘ldiradi. Bundayin tarbiya uslubi orqali yoshlar xarakterlanib boradi. CHunki, musiqa orqali yana takroran aytamizki, inson tarbiya topadi, xalqona yo‘lda yaratilgan qo‘shiqlar orqali kishilar tin oladilar. Biroz bo‘lsada madaniy xordiq chiqaradilar, g‘am-tashvishlarini unutadilar. Umuman olganda, milliy qo‘shiq yoki musiqa inson qalbiga yaqin bo‘ladi. Musiqa kelajak avlodlarining ongini yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi. Musiqa madaniyati darsi nafaqat madaniy, balki siyosiy ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, uning naqadar ma’suliyatli ekanini his etmoq kerak. YUksak ijodiy na’munalardan tortib, milliy folklorga qadar e’tibor berar ekanmiz, musiqa xalq va uni manfaati uchun xizmat qilishini anglab yetamiz. Kuy va qo‘shiqlarda xalqning orzu-umidlari va armonlari yoritiladi. Xalq musiqasining chin asl mohiyatini anglab etish uchun avvalo har bir shaxsning ma’naviy olami keng bo‘lishi kerak. Xalq qo‘shiqlari hammavaqttarbiyaga ta’sir tish vositasi,ya’ni quroli hisoblangan. Uning yordamida xalq udum va an’analari,axloqiy normalari,milliy - yosh avlodga singdirib kelingan. SHuningdek,yosh avlod,turmushtarzi,o‘zaromunosabatlar to‘g‘risi badiiy estetik tasavvurlar shakllana borgan.. Bu esa, qo‘shiq folklor vositasi yordamida amalga oshirilgan. Xalqimiz madaniyatini va ma’naviyatini yuksaltirish, xususan, o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga e’tibor hamda ularning dunyoqarashlarini kengaytirishda, erkin fikrlash qobiliyatlarini kuchaytirishdamilliy musiqaning, ayniqsa, o‘zbek xalq qo‘shiqchiligining o‘rni beqiyosdir. Milliy musiqamiz durdonalari va an’anaviy qo‘shiqlarimizninga avvaldan xalqimizorasidaardoqlanib, og‘izdan-og‘izga o‘tib, kuylanib, sozlar orqali chalingan. O‘zbek xalq musiqasi qadimiyligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.unda mehnatkash xalqimizning hayoti va yashash tarzi aks etishi bilan birga rivoj topib borishi ham keng ko‘rinadi. Xalq musiqasi davr oynasidir.CHunki yaratilgan davrning mohiyatini, xalqning erkinlik uchun kurashlarini, baxt saodat yo‘lidagi orzu-istaklarini so‘z va musiqiy ohanglar orqali namoyon qiladi. Bu esa xalq musiqasining o‘ziga xos xususiyati ekanligidan dalolat beradi. Hozirgi zamonaviy kushiklarimiz esa ukuvchilarni bepayon vatanimizga cheksiz muxabbat, xalkimizga xamjixatlik, dustlik va insonparvarlik tuygularni tarbiyalaydi. Xalkimiz kaxramonlaritugrisida kuylanadigan xar bir kushik esa ukuvchilar kalbida urushganisbatan nafrat uygotadi. Muxnatni uluglovchi kushiklar kator ijobiy fazillatlarni tarbiyalay, ulan ijrosi uchun mos bulgan klassik musikamizning eng sara namunalari esa guzallikni xis etish kobiliyatini ustiradi, ijrochilik maxoratini rivojlantiradi xamda ma’naviy olamini ustirib borishga xizmat kiladi.SHuni ta’kidlash joizki, boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar musiqa janrlari va uning xususiyatlari to‘g‘risida juda oz ma’lumotga ega. Yuqori sinfga o‘tganlarida ularga musiqa san’atining xususiyatlari,undagi oddiy va ommaviy janr turlari to‘g‘risida ma’lumot berib, xalq musiqasi bilan kompozitorlar va bastakorlar yaratgan professional musiqaning bir-biridan farqini aytib, xalq musiqasi uzoq taraqqiyot tarixiga ega bo‘lib, yorqin, ravon, sodda ohangda mungli va xushchaqchaqusullarda jaranglashini tushuntirib berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. SHu bilan bir qatorda o‘quvchilarga xalq qo‘shiqlarini o‘rgatish orqaliqo‘shiqlar mazmunidagi axloq-odob, pand-nasihat, vatanga, xalqqamuhabbat, millatimizga xos bo‘lgan hayo, ibo, andishalik, muomalamadaniyatiga oid insoniylik fazilatlarini singdirib borishni taqozoetadi. SHu bilan bir qatorda o‘quvchilarning xalq musiqa ijodiga bo‘lgan qiziqishini, muhabbatini vamehrini yanada orttirish uchun o‘qituvchiquyidagi fikr va tavsiyalarga e’tibor bersa, jumladan: - o‘zbek xalq musiqa ijodi turli ifoda vositalariga boy bo‘lib,xalqimizning milliy g‘urur va iftixori ekanligi to‘g‘risida; - asrlar davomida xalqimizning yashashida, mehnatida tuy-tomoshalarida, sayllarda va quvonchli kunlarida, xamda ijodida asosiyomil bo‘lib xizmat qilganligi; - xalq qo‘shiqlarida xalqning boshidan kechirgan tarixiy voqealarito‘g‘risida ma’lumotlar berilgandagina, dars samaradorligi ancha yuqori saviyada bo‘ladi. O‘zbek xalq milliy qo‘shiqchilik san’atini yuksalishida mustaqillikdan so‘ng yaratilgan qo‘shiqlarning tarbiyaviy ahamiyati juda kattadir. Mamlakatimiz mustaqilikka erishgach yuqori malakali, zamonaviy tafakkur tarziga ega bo‘lgan bilimli mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida namunali ishlar amalga oshirildi. Agar inson o‘z milliy zamini hamda ildizlarini chuqur bilmas ekan va undan g`ururlana olmas ekan, undan tom ma’nodagi vatanparvar chihishi qiyin. Mustaqillik yillarida musiqa san’ati uning inson uchun tarbiyaviy ahamiyati rivojlandi, uning qirralari jilolandi. Go‘zal milliy ohanglar, ular borasida milliy an’analar tiklandi. Ulug‘ musiqashunos olimlarning ishlari qaytadan ko‘rib chiqildi. O‘zbek xalq kuy va qo‘shiqlari shunchalar xilma-xilki, ular orqali bolalarni ma’naviy va axloqiy dunyosini har tomonlama o‘stirish, oliyjanob fazilatlarini kamol toptirish mumkin. Bunday asarlarga misol qilib, “Alla”, lapar,lirik termalar, bolalar qo‘shiqlari, “YOmg‘ir yog‘oloq”, “Lolacha”, “Boychechak”, “Laylak keldi”, “Sust xotin”, “Lola ”, mehnat qo‘shiqlari, katta ashula, lirik, epic qo‘shiqlar, mumtoz asarlarni aytib o‘tish mumkin. Umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati darsliklariga kiritilgan ushbu qo`shiqlar o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy qurur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy maqorat, nafosat va badiiy didni o‘stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Musiqa madaniyati darslarida xalq qo‘shiqlarimizdan foydalanishning muhim ahamiyati shundaki, avvalo asrlar bo‘yi yaratilgan milliy qo‘shiqlarining insonlarga kuchli ta’siri yuksakligidadir. O‘zbek folklorida o‘rganiladigan har bir qo‘shiqning yoki qatti-qarakatning ma’nosida xalqimizning azaliy tarixi yotadi. Aynan qo‘shiqlar orqali kishilarning hayoti kuylangan, yashash tarzi turli qarakatlar orqali aks ettirilgan. Musiqa madaniyati darslarida folklor namunalaridan foydalanishning qulay jihatlari shuki, oddiy xalq tili bilan kuylangan qo‘shiqlar va qarakatlar o‘quvchi yoshlar ongida tez shakllantiriladi. Musiqa san’ati insonni tarbiyalaydi, uni ezgulikka, kishilarni yaxshilik qilishga undaydi. Birinchidan, har bir qo‘shiq musiqa orqali insonda yashirinayotgan qobiliyat va iiqtidorlarni topish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Ikkinchidan, san’at odamlardagi yomon sifatlarni bartaraf etishga yordam beradi. Milliy-madaniy merosni o`rganish va o`zlashtirish orqali o`zbek millatiga mansubligi bilan faxrlanish hissini uyg`otadi. Uchinchidan esa san’at kishilarni jamiyatdagi mavjud kamchilik va muammolarni hal etishga safarbar etadi. Musiqa orqali yana takroran aytamizki, inson tarbiya topadi, xalqona yo‘lda yaratilgan qo‘shiqlar orqali kishilar tin oladilar. Biroz bo‘lsada madaniy xordiq chiqaradilar, qam-tashvishlarini unutadilar. Umuman olganda milliy qo‘shiq yoki musiqa inson qalbiga yaqin bo‘ladi. Bunday ko‘rinishlar ko‘proq folklor yo‘nalishidagi kuy-qo‘shiqlarda namoyon bo‘ladi. Dars jarayonida o‘quvchilardan qanday folklor qo‘shiqlarini bilasizlar deb savol bersak 4 -5 ta qo`shiqlarni sanab berishyapti xolos. SHuning uchun ko‘proq folklor qo‘shiqlarini dars jarayoniga olib kirish o‘rinlidir. O‘zbek xalqining boshqa xalqlarda uchramaydigan andishalik, hayo, ibo, bir-birini qadrlashi, odob-axloq me’yorlarini ham musiqa tarbiyalay oladi. Ba’zi bir oramizda uchrab turadigan nobakor farzandlar o‘z ota-onalarini xafa qilgan paytlarida, radio orqali pand-nasihatga oid qo‘shiq tinglaganlarida o‘z vaqtida uzr so‘ragan paytlari ham bo‘lgan. CHunki, milliy musiqa orqali insonda olijanoblik, ulug‘vorlik yuzaga keladi. Musiqaning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni beqiyosdir. Biroq bugungi kunda yoshlarning musiqaga qiziqishlari biroz muammolar keltirib chiqarmoqda. . Ko‘plab yoshlar xorijiy musiqalarga taqlid qilgani holda o‘zlarining ko‘rinishlariga ham g‘arbona tus bermoqdalar.. An’analarga sodiqlik tushunchalarini yoshlar ongiga sindirib borishda ularni g‘arbliklarga taqlid qilib kuylashni emas, balki milliy kuy va qo‘shiqlarini tinglashni, o‘zlariga tarbiyaviy saboq chiqarish lozimligini o‘rgatish zarur. Ayniqsa, o‘quvchilarni ma’naviy tarbiyalash jarayonida milliy qadriyatlardan oqilona foydalanib, milliy ohanglarni his eta bilishni shakllantirish lozim. Insonning qaysi millatga mansubligi faqat g‘oyagina emas, balki tuyg‘u hamdir. Yigit-qizlarni aqliy-axloqiy, madaniy-ma’naviy jihatdan tayyorlamasdan, fanga iste’dodli yoshlarning kirib kelishini ta’minlamasdan, yoshlarni zamonaviy fan-texnikaning yutuqlaridan bahramand qilmasdan, ularning qadriga etmasdan,, ularga ishonib-ishonmasdan turib, mamlakatimiz ma’naviyatini rivojlantira olmaymiz. SHunday ekan, ularni ma’naviy barkamolikka erishishlarida milliy musiqamizning kuch-qudratiga tayangan xolda ibratli pand-nasihatga boy, xalqona yaratilgan kuy va qo‘shiqlaridan foydalanishimiz zarur. Mamlakatimizda yosh avlodni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi nafosat tarbiyasi masalalarini hal qilishda jamiyat va davlat tomonidan qo‘yilgan katta ma’suliyatni musiqa o‘qituvchisining oldiga vazifa qilib qo‘ymoqda. Musiqa san’atining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalashda, ularni barkamol bo‘lib etishishlarida o‘ziga xos va takrorlanmas manba bo‘lib xizmat qiladi.YOsh avlodni hayot va san’atdagi go‘zalliklarni teran idrok etishlari, ularning estetik tuyg‘u va badiiy didlarini o‘stirishda adabiyot, madaniyat va san’at katta ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun ham pedagogika fani, ta’lim amaliyotida o‘ziga xos maktab yaratgan mashhur olimlar va tarbiyachilar yosh avlodga beriladigan bilimlar tizimida pedagogik mazmun va mohiyat kasb etuvchi bilimlarga alohida ahamiyat berganlar. Ular tarbiyaga daxldor har bir mashg‘ulot shaxsning barkamol rivojlanishiga samarali ta’sir o‘tkazishini ta’kidlaganlar. Xalqning tarixiy taraqqiyoti mobaynida yaratilib kelinayotgan san’atning, uning sarchashmalaridan bo‘lgan xalq og‘zaki ijodi namunalari, qo‘shiqlar va musiqaning yoshlarning estetik didi va tuyg‘usini, dunyoqarashini o‘stirishdagi ahamiyati beqiyosdir. Hayotning betakror qirralari va ijod ahlining lirik kechinmalarini o‘zida aks ettirgan folklor qo‘shiqlari o‘quvchilarning ongida ham nozik kechinmalarni uyg‘otib, ularni go‘zallik olamiga olib kirishi, axloqiy sifatlari uyg‘onishi, o‘qishda va mehnatda faollikka ruhlantirishi shubhasizdir. Har bir inson bolaligidan boshlab san’at og‘ushida yashaydi. Uning qulog‘iga kiradigan birinchi san’at namunasi ona allasidir. Ona allasi esa dunyodagi barcha xalqlarning eng ajoyib va mumtoz asari, asrlar osha qadri oshadigan, insoniyat yashar ekan, har bir davrda ham aziz bo‘lib qoladigan bebaho qo‘shiqdirki, buning sehrini bilmagan odamning o‘zi yo‘q. Insonni go‘dakligidayoq san’atning sehrli olamiga ilk mehrini uyg‘otadigan va umrbod unga oshno qilib qo‘yadigan ham ana shu ona allasidir. SHunday ekan, bolada go‘dakligidayoq nish ura boshlagan bu ezgulikni ulg‘aygan sari kuchaytira borish kerak bo‘ladi. Demak, axloqiy tarbiyaning xalq qo‘shig‘i shaklidagi birinchi omili-bu ona allasidir. Ayniqsa, o‘zbek onalarining allasi ma’naviy-ruhiy jihatidan o‘ta ta’sirchan vositadir. Inson ulg‘aya borgan sari uning g‘oyaviy, axloqiy va madaniy saviyasi shakllanishiga imkon oshib boradi. Estetik saviyani shakllanishi va rivojlanishi ham ana shu jarayon bilan birga kechadi. Bu o‘z navbatida tarbiyaning barcha jihatlari bilan birga chambarchas bog‘liq bo‘lib, yuksak insoniy dunyoqarashning shakllanishi bilan uyg‘unlashib ketadi. SHuning uchun ham o‘quvchilarga estetik tarbiya berish bilan shug‘ullanuvchi pedagog- tarbiyachilar bu ishni umumlashgan holda olib borilishi zarurligini unutmasliklari kerak. Bu ayniqsa, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarbiya bilan shug‘ullanadigan pedagog o‘qituvchilarga taalluqlidir. Ayni paytda e’tirof etish joizki, folklor qo‘shiqlarining barchasi ham estetik tarbiya vositasi sifatida qo‘llanilishi maqsadga muvofiq bo‘lmasligi mumkin. SHuning uchun ham muayyan guruhning qiziqishlari, ehtiyojlari, estetik saviyalari, mahalliy muhit va an’analarni qat’iy tarzda, e’tiborga olgan holda estetik tarbiya vositasi sifatida qo‘llaniladigan folklor qo‘shiqlarini mazmuni, ko‘lamini muayyan pedagogik talablar asosida tanlab olish talab etiladi. O‘zbek xalqining turli mavzulardagi qo‘shiqlari vositasida o‘quvchi-yoshlarni estetik tarbiyalashda qo‘llaniladigan namunalarini saralash mezonlari nimalarga, qanday talablarga asoslangan holda ishlab chiqiladi? Xalqimizning badiiy-musiqiy merosida yaxshi qo‘shiqlar ko‘p. Ular ko‘p asrlardan beri yillar sinovidan o‘tib, turli avlod vakillariga munosib xizmat qilib kelayapti. Bunday qo‘shiqlar ko‘plab avlod tomonidan kuylanib, bugungi kunda ham xalqimizga zavq-shavq bag‘ishlamoqda. Qo‘shiq san’ati haqida fikr yuritilganda uning tarkibiy tuzilishini yaxshi o‘rganish juda muhimdir. Qo‘shiqning estetik ta’sir kuchi va xarakteri shu qismlarning har birida, ayni vaqtda ularning o‘zaro bog‘liqligi va yaxlit holdagi ta’siri bilan belgilanadi. SHu ma’noda qo‘shiqning musiqiy ohangi uning eng muhim jihati hisoblanadi. Ohangda qo‘shiqning g‘oyaviy-badiiy mazmuni o‘ziga xos usulda, musiqiy tovushlar shaklida ifodalanadi. Ohang qo‘shiq mazmuniga mos bo‘lishi lozim. Ohang betakror, unda rang-barang nozik tovushlar, usullar, ifodalash vositalari uyg‘unlashgan bo‘ladi. Ohang faqat lirik, zavqli tuyg‘ular uyg‘otmaydi, u g‘amgin, achchiq, iztirobli, mungli kayfiyat uyg‘otishi ham mumkin. Sevgi haqidagi ko‘plab qo‘shiqlarda sevgisiga etisholmagan oshiq-moshiqlarning ohu-nolalari, orzu-armonlari, go‘zal ihtiroslari aks etishi fikrmizning dalili bo‘la oladi. Demak, ohang hayotning shodligi-yu, g‘am-alami, ayrilig‘ini ifodalovchi qo‘shiq mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. SHundan kelib chiqib qo‘shiq matni bilan uning ohangini munosib, muvofiqligini bosh mezon sifatida e’tirof etish mumkin. Kuyni musiqa bilan ta’minlash ham estetik ahamiyat kasb etib, u qo‘shiq san’ati qudratida katta o‘rin tutadi. Qo‘shiq kuyini qaysi musiqa asboblari bilan ijro etilishi ham yuqoridagi jihatlardan biridir. Qo‘shiqni yuqori badiiy saviyada ijro etilishi uning estetik ta’sirini oshiruvchi muhim omildir. Ifodalilik, yaxshi ovoz, qo‘shiqning matni va uning g‘oyaviy mazmuni tarbiyaviy tasirning eng kuchli vositasidir. Qo‘shiq san’ati tarkibidagi yana bir muhim jihati bu xonandalarning ijrochilik mahoratidir. Qo‘shiqni ijro etishda birinchi galda ohang jozibadorligiga, ovozning musiqiyligiga erishish kerak. Ijrochi shu ohangdor musiqiylikdan mohirona foydalanib, yuksak ijrochilik mahoratiga ega bo‘lishi, qo‘shiq ohangidagi sirni farqlay olishi kerak. Xonandaning dildan jo‘shib kuylashi estetik tarbiyada qo‘shiq san’atiga yoshlarni oshifta qilishning zarur shartlaridan biridir. Demak, qo‘shiqchilikda bu san’atning barcha tarkibiy jihatlari uyg‘unlashgandagina u yoshlarning estetik va ahloqiy tarbiyalashning muhim vositasiga aylanadi. Ko‘rib o‘tilgan jihatlarning birontasida buzilish sodir bo‘lsa uning estetik qiymati yo‘qolib, ta’siri kamayaadi. SHu bois folklor qo‘shiqlarini tanlab olishda yuqorida ta’kidlab o‘tilgan jihatlarga javob beruvchi omillar, mezonlar inobatga olinishi shart. Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi badiiy-havaskorlik darslarida folklor qo‘shiqlari bilan ishlash uchun avvalo dars ishtirokchilarining, musiqa-ashula o‘qituvchilarining hamda darslarning badiy rahbarlari ishini shunday tashkil qilish lozimki, unda o‘quvchilar badiy havaskorlik darslarida folklor qo‘shiqlari bilan tanishib, ularni o‘rganishi, tinglashi, ayrim qo‘shiqlarga bag‘ishlangan suhbat, taniqli xonandalar bilan uchrashuv kechalarida qatnashishlari jarayonida o‘zini qo‘shiqda ifodalangan badiiy obrazlar, his-tuyg‘ular og‘ushida sezishini ta’minlash lozim. Kuy-qo‘shiqlardagi sehrli joziba, ezgulikka chorlovchi musiqiy ohanglar idrok etuvchining xayolida, kechinmalarida, estetik hissiyotida qayta ishlanib, uning o‘z tajribasiga aylanadi, yangi hissiyotlarni, insoniy tuyg‘u va munosabatlarni vujudga keltiradi. SHu jihatdan musiqa to‘garaklari oldida o‘quvchilarda xalq qo‘shiqlariga nisbatan muayyan munosabat, qiziqish, havas, pirovard natijada muayyan mahorat ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy vazifa qilib qo‘yilishi zarur. Xalq qo‘shiqlari vositasida san’atning ijtimoiy roli va vazifasi yaxlit tasavvur qilinishi natijasida o‘quvchilar ma’naviy olamidagi o‘zgarishlar, yangi jihatlar paydo bo‘lishi jarayoni tezlashadi. Bo‘lg‘usi pedagoglarni xalq qo‘shiqlari vositasida tarbiyalash bir qancha maqsadlarni ko‘zda tutadi. Bizningcha, badiiiy havaskorlik, ashula darslariga jalb etilgan o‘quvchi yoshlar bilan bu borada ish olib borishda avvalo quyidagi jihatlarga alohida ahamiyat berish lozim: 1. O‘zbek xalq qo‘shiqlari va kuylari yoshlarning ma’naviy olamiga emotsional ta’sir ko‘rsatishi va bu borada etarlicha samara berishiga erishish. 2. San’at bilan voqelikning ijtimoiy roli va ahamiyatini ta’kidlagan holda ularning sertarmoq turlarida folklor qo‘shiqlarining o‘rnini, badiy qimmatini, umum madaniyatimizdagi mohiyatini to‘g‘ri anglab olishga ko‘maklashish. 3. O‘quvchilarda san’atga oid bilimlarni mustahkamlash bilan birga ularda bu boradagi engil-elpi, mazmunan sayoz, ta’sirsiz va chet el ohanglariga solib aytilgan, o‘zbek musiqa madaniyati an’analariga zid bo‘lgan qo‘shiqlarga nisbatan murosasizlik tuyg‘ularini hosil qilish. 4. O‘quvchilarni xalq qo‘shiqlarini ma’naviy-axloqiy, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy tomonidan to‘g‘ri baholay olish, ularni tarbiyaviy xususiyatlarini anglashga o‘rgatish. 5. Maqsad xalq qo‘shiqlari bilan ishlash bo‘lsa-da, o‘quvchilarda san’atning boshqa turlariga ham mehr-muhabbat uyg‘otish, ularning umumiy madaniy saviyasini kengaytirish. 6. Xalq qo‘shiqlaridagi nazmiy matnning mazmunini tarbiyaviylik nuqtai-nazaridan tahlil qilib uni talablar ongiga to‘laligicha etkazish. O‘quvchilarni pedagogik tarbiyalash jarayonida yuqorida sanab o‘tilgan pedagogik omillarni inobatga olish ko‘zlangan maqsadgi erishishni kafolatlashi mumkin. O‘quvchilarga estetik tarbiya berishda boshqa vositalar qatorida xalq san’atining eng ommaviy va ta’sirchan turlaridan bo‘lgan xalq qo‘shiqlarining roli va ahamiyati beqiyos bo‘lgani holda, ulardan foydalanishda ham o‘ziga xos me’yorlar bo‘lishi lozim. O‘quvchilarga to‘g‘ri kelgan xalq qo‘shig‘ini, termasini, laparlari va o‘lanlarini, maqom yo‘llarini, uning sho‘‘balarini o‘rgataverish, mashg‘ulot va konsert repertuarlariga kiritaverish yaramaydi, albatta. Bunda barcha ishlar maqsadga yo‘naltirilgan holda muayyan pedagogik asos, pedagogik oprobatsiyadan o‘tgan metodika zamirida olib borilishigina kutilgan samarani berishi mumkin. SHuning uchun ham bu borada bir muncha ishlar amalga oshirilishi kerak bo‘ladi. Bular o‘z navbatida pedagogik tarbiya sohasidagi bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar jumlasiga kiradi. Hozirgi paytda xalqning milliy madaniyatiga e’tibor kuchayayotgan ekan, buni chuqur his etgan holda havaskorlik ansambllari, folklor-etnografik dastalarigina emas, balki professional san’at uyushmalari a’zolari ham o‘z repertuarlarida xalq san’ati namunalariga keng o‘rin bermoqdalar. SHunday bo‘lgach folklor qo‘shiqlaridek bebaho boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, ulardan tarbiya tizimida unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu muvofiqlikni ta’minlash esa aynan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari bilan olib borilayotgan musiqiy ta’lim mazmuniga bog‘liq. Zero ular, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari turli ansambllarning rahbarlari sifatida mas’uldir. Biz o‘quvchilarni xalq qo‘shiqlari vositasida estetik tarbiyalash, shu orqali ularning ma’naviy olamini boyitish va dunyoqarashlarini shakllantirishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganimizda avvalo, o‘quvchilarga atalgan folklor qo‘shiqlarini ko‘zdan kechirish, ulardan moslarini ajratish, shundan so‘ng ashula to‘garagi qatnashchilarining badiiy tayyorgarliklari, ovoz va kuylash imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘rgatish, tanishtirib borishni lozim topdik. Bu esa osongina kechadigan ish emas edi. CHunki hozirgacha mutaxassislar tomonidan aniqlangan, yozib olingan folklor qo‘shiqlari ancha serob, janr jihatidan xilma-xil bo‘lib, agar ular bir boshdan repertuarga kiritiladigan bo‘lsa, unda kutilgan natijaga erishish ancha mushkul bo‘lib qolishi mumkin. SHuning uchun biz xalq qo‘shiqlariga murojaat qilganda to‘plamlar, xalq dostonlari ko‘plab manbalarga tayangan holda ish olib bordik. SHuningdek, halqona ohanglardan foydalanib, ular ta’sirida ijod qilgan taniqli bastakorlarning, qo‘shiqlarini, xor ijrosiga moslashtirib qayta ishlagan kompozitorlarning asarlaridagi qo‘shiqlaridan qimmatli manba sifatida samarali foydalanishga harakat qildik. SHu o‘rinda hozirgi kunda eng mukammal va qimmatli manba bo‘lmish «O‘zbek xalq musiqasi» to‘plamidan joy olgan qo‘shiqlar haqida to‘xtalib o‘tish joiz. O‘zbek musiqasining bilimdoni akademik YU.Rajabiy ushbu to‘plamlarga kirgan xalq kuy va qo‘shiqlarini to‘plash jarayonida ularni qayta o‘zlashtirib, ularga yangicha sayqal berib, o‘zining ijrochilik va bastakorlikdagi boy tajribasidan foydalanib ish tutganOliy o‘quv yurti o‘quvchilarini estetik tarbiyalashda ularning maktabda olgan san’atga oid bilimlarini aniqlab olish va unga yarasha ish tutish maqbuldir. Aks holda o‘quvchilarni estetik tarbiyalash jarayoni kutilgan natija bermaydi. S.X.Fayzulina juda to‘g‘ri ta’kidlab ko‘rsatganidek, «studentlarning estetik darajalarini aniqlamay, boshlang‘ich bilim darajalarini estetik tarbiya nuqtai-nazaridan batafsil analiz qilmay turib, estetik tayyorgarlikning ma’lum sistemasini tuzish, bu jarayonning shart-sharoitlarini aniqlash qiyindir» Bu fikrni mantiqiy davom ettirgan holda ta’kidlash joizki, oliy ta’lim muassasiga o‘quvchilar turli tayyorgarlik darajasi bilan keladi. SHu bois barcha xalq qo‘shiqlari ham estetik tarbiya vositasida bir xil samara bermaydi. SHuning uchun qo‘shiqlarni tanlab olishda qat’iy tarzda o‘quvchilarni estetik saviyalari, musiqiy savodxonlik darajalarini hisobga olish muhim pedagogik omildir. Aynan mana shu mezonga amal qilish o‘quvchilar bilan individual ishlash repertuarini belgilab beradi. Tadqiqotimiz doirasida ham mazkur metodik yondashuv asosida ish tutilib, dastlab o‘quvchilar bilan suhbatlar o‘tkazib, ularning folklor qo‘shiqlari borasidagi tushuncha, bilimlarining darajasi maxsus ishlab chiqilgan savollar orqali aniqlandi. SHu yo‘sinda ularning xalq qo‘shiqlari bo‘yicha umumiy tasavvurlari, estetik saviyalari aniqlandi va ular ma’lum guruhlarga bo‘lindi. Bu guruhlarda o‘quvchilarning bilim darajalari bilan birgalikda ovoz imkoniyatlari, ashula usullariga, yo‘llariga tushishlari, musiqa sezgilari, xotirasi kabilar e’tiborda olindi. SHu tariqa bizda bir necha guruhlar vujudga keldi va ularning qatnashchilari bilan izchil ravishda ish olib borib, ulardan ashula va raqs ansambliga ijrochilar, ya’ni ashulachilar saralab olindi. Natijada asosiy uchta baquvvat badiiy jamoa vujudga keldi. Bular-ashula va raqs, an’anaviy ijrochilik va maqom, hamda folklor dastalaridir. Biz ushbu guruhlar bilan ish olib borganda ularga folklor qo‘shiqlari borasida iloji boricha mukammal tushuncha berishga, so‘ngra qo‘shiqlarni o‘rgatishga harakat qildik. Xalq qo‘shiqlari tarkibiga qo‘shiqchilik san’atining bir necha turlari kiradiki, ularni bir-biridan farqlarini ajratib olmoqlik ham anchagina bilim va tushunchani talab qiladi. Ularning har biri o‘ziga xos ijrochilik yo‘li, uslubi, xarakteri, kompozitsion qurilish va nazmiy xususiyatlariga ega. Xalq qo‘shiqlari vositasida o‘quvchilarni estetik tarbiyalash jarayonida ushbu xususiyatlarni e’tiborga olish ham o‘tkaziladigan tarbiyaviy va ta’limiy tadbirlarni pirovard ijobiy samarasini ta’minlab beradigan pedagogik omillar sirasiga kiradi. O‘zbek xalq qo‘shiqlarining salmoqli turlaridan birini termalar tashkil qiladi. Ularning yaratuvchilari xuddi dostonlar singari xalqning o‘zidir. SHuning uchun ham folklor qo‘shiqlari deganda avvalo ko‘z oldimizga qadimgi zamonlardan beri aytilib kelinayotgan qo‘shiqlar, laparlar, yor-yorlar keladi. Biroq bu turdagi musiqiy namunalardan foydalanish bugungi kunda biroz mushkul kechadi. Boisi o‘quvchi yoshlarda estrada yo‘nalishidagi qo‘shiqlarni tinglash va kuylashga bo‘lgan ishtiyoq, intilish kuchli. Bu tanlab olinadigan folklor qo‘shiqlarining ta’sir kuchi (ham mazmun, matn, ham ohang, ham ijro mahorati, xalqchilligi nuqtai nazaridan)ga alohida e’tibor qaratish lozimligini e’tirof etadi. Sevgi, sadoqat, nasihat to‘g‘risidagi klassik qo‘shiqlar ham folklor qo‘shiqlari sirasiga kiradi. Xalq dostonlari esa xalq baxshilariga, ya’ni ularni ustozlardan eshitib, o‘rganib, mahorat bilan ijro etib kelayotgan ijrochilarga nisbatan beriladi. Bu gaplarni shuning uchun keltiryapmizki, dostonlardagi she’riy matnlarning deyarli barchasi qo‘shiq qilib kuylab aytiladi. Xalq qo‘shiqlariga murojaat qilganda avvalo ular qaysi viloyat ahliga ko‘proq taalluqli ekanligiga e’tibor berish, boshqa vohalarga tegishli qo‘shiqlarga aralashtirib yubormaslik ularni tanlab olishning eng muhim sharti, mezoni hisoblanadi. Masalan, Toshkent va Farg‘ona vodiysi viloyatlariga Xorazm yoki Buxoro viloyatlariga xos qo‘shiqlar, ularga xos ijro yo‘llarini saqlagan va an’anaviyligiga e’tibor bergan holda yondashish lozim. Farg‘ona vodiysida keng rasm bo‘lgan va sevib kuylanadigan katta ashula (patnusaki ashula deb ham yuritiladi) boshqa joylarda endigina urf bo‘lyapti. Xorazmcha kuy va qo‘shiqlar esa ijro uslubi bilan tamomila ajralib turadi. Samarqand va Buxoro viloyatida yashovchi xalq ijro etib kelayotgan qo‘shiqlar ham o‘zlarining etnografik jihatlari bilan boshqa joydagi folklor qo‘shiqlaridan farq qiladi. Raqs jo‘rligida ijro qilinayotgan mavrigilar faqat Buxoroda uchraydi. Buni Farg‘ona vodiysi va Toshkentda lapar deyiladi. Termalar esa Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo baxshilari ijodida ko‘proq uchraydi. Ularni xorazmliklar cho‘blama deyishadi. Bular folklor qo‘shiqlariga xos bo‘lgan umumiy jihatlardandir. Xalq qo‘shiqlarini hududiy xususiyatlari ayrim davrlarda nisbatan ommalashib ketishi hollari ham uchraydi va butun O‘zbekiston uchun mushtaraklik kasb etadi. Bu xulosani faqat XXI asr boshlariga nisbatan aytadigan bo‘lsak, Xorazm usulidagi qo‘shiqlar endilikda musiqa san’atining barcha sohalari- estrada, zamonaviy ommaviy qo‘shiqlar, lirik va folklor qo‘shiqlariga ham tadbiq etilmoqda. Demak, bu bugungi kunning ohangi sifatida Respublikamizning barcha hududida amalga oshirilayotgan estetik tarbiya mazmunida o‘z aksini topishi mumkin. Zero o‘quvchi-yoshlarning qiziqishlari ham estetik tarbiya samaradorligini ta’minlovchi pedagogik omillardan biridir. Folklor qo‘shiqlarining tarmoqlari, shakllari va janrlari ko‘p bo‘lib, ulardan quyidagi turlar musiqashunoslikda etakchi hisoblanadi. 1. YAlla-hazil-mutoyiba yoki ishqiy mavzudagi qo‘shiq. 2. Ashula-so‘zi folklor yoki she’riy namunadan iborat lirik qo‘shiq. 3. Katta ashula-yakka yoki ko‘pchilik xonandalar tomonidan musiqa jo‘rligisiz ijro etiladigan qo‘shiqlar. 4. Lapar-ishqiy yoki xazil mavzuidagi yakka yoki ikki kishi, ba’zan undan ham ko‘proq ijrochilar tomonidan aytishuv tarzidagi raqs bilan aytiladigan qo‘shiq. 5.Terma-kichik hajmli, sho‘x qo‘shiqlar. 6. Mehnat qo‘shiqlari-ma’lum bir ish yoki xizmatni bajarish davomida aytilib kelingan qo‘shiqlar. 7. Marosim qo‘shiqlari-turli marosim va udumlarda aytiladigan qo‘shiqlar. 8. Allalar. 9. Bolalar qo‘shiqlari. Bularni o‘z navbatida ikki katta guruhga bo‘lish mumkin: 1. Mavsum va marosim qo‘shiqlari. Bu qo‘shiqlar yilning turli fasllarida, bayramlarida, turli shodiyonalarda, to‘ylarda va boshqa tadbirlarda ijro etiladi. Xalq orasida bunday qo‘shiqlarning o‘z ijrochilari bo‘lib kelgandir. Bunday qo‘shiqlar jumlasiga yor-yorlar, yig‘ilar, allalar, tegishli biror sana munosabati bilan aytiladigan qo‘shiqlar va mehnat qo‘shiqlari kiradi. 2. Turli mavzularda har doim ijro etish mumkin bo‘lgan qo‘shiqlar. Bunga termalar, cho‘blamalar, lapar, yalla, katta ashula va boshqalar kiradi. Maqomlar musiqa sohasiga mansub bo‘lgani uchun ular to‘g‘risida to‘xtalmaymiz. Biroq klassik shoirlarning g‘azallari bilan aytiladigan ba’zi bir maqom tarkibidagi qo‘shiqlardan ham estetik tarbiyada foydalanish mumkin. San’atshunos S.Vohidov folklor qo‘shiqlariga bag‘ishlangan kitobida folklor qo‘shiqlari to‘g‘risida fikr yuritar ekan, hosil yig‘ish va yanchish paytida ko‘proq g‘allakor dehqon tomonidan aytilib kelinayotgan mehnat qo‘shiqlaridan «Mayda» termasini eng qadimiy turlaridan hisoblanishini ta’kidlaydi. CHo‘blamani ham shu qatorga qo‘yadi. Bu o‘rinda yuqorida zikr etilgan folklor qo‘shiqlari turlariga ayrim misollar keltirib o‘tish o‘rinlidir. Download 381 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling