I bob. Ma’naviy bаrkаmol аvlod tаrbiyasidа xаlq kuylаrining o‘rni


An’anaviy xalq qo‘shiqchiligida ajdodlar merosini ulug‘lanishi


Download 381 Kb.
bet11/19
Sana11.05.2023
Hajmi381 Kb.
#1455183
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
dissertatsiya ishi

2.2. An’anaviy xalq qo‘shiqchiligida ajdodlar merosini ulug‘lanishi.

Mustaqillik quyoshi ziyosida qo‘hna tariximiz sahifalarini ochib, deyarli unut bo‘layozgan ajdodlarimizning tabarruk nomlarini tanidik, ularning bebaho meroslaridan bahramand bo‘lmoqdamiz. Buyuk allomalar qatorida me’morlar zakovati ila bunyod etilgan yodgorliklar – qo‘hna tarixiy shaharlarimizdagi turli davrlarning ajoyib namunalari xalqimiz faxru iftixoriga aylanib bormoqda.


Dunyoda 2700 yillik tarixga ega bo‘lgan shaharlar ko‘p emas. Qashqadaryo viloyatining ikki shahri – Qarshi (Nasaf) va Shahrisabz (Kesh) ana shunday ulug‘ kechmishga ega. Bu vohaning boy tarixi va zafarlarga to‘liq bugungi kuni uning har bir farzandi qalbida yuksak iftixor tuyg‘ulari uyg‘otadi.
Bugungi Qarshi va Shahrisabz tarixi Markaziy Osiyoning eng ko‘hna shaharlari – Samarqand, Buxoro, Xiva tarixi singari qadimiydir. Keyingi yillarda olib borilgan arxeologik qazilmalar, bizning kunimizgacha yetib kelgan yozma yodgorliklar, turli asrlarda barpo etilgan me’moriy inshootlar ana shundan dalolat beradi.
Nasaf shahri tarixi va bu yerdan yetishib chiqqan allomalar merosini o‘rganishda Abdulkarim as-Sam’oniyning (1113-1167) “Al-Ansob” asari alohida o‘rin tutadi. Unda nasaflik olimlarga ham keng o‘rin berilgan. “Nasaf – Movarounnahr shaharlaridan. Avvalgi nomi – Naxshab. Bu shaharda qariyb ikki oy turdim va u yerning ko‘p olimlaridan ta’lim oldim. Bu shahardan o‘z fanining ko‘p mutaxassislari yetishib chiqqanlar. Ularning sanog‘iga yetish qiyin”, deb yozadi as-Sam’oniy.
Mana shunday buyuk bobokalonlarimizdan biri Abul Muin Nasafiy ilmu irfonda yetuk, ziyoli bir oilada ulg‘aygan, ayniqsa, uning ajdodlaridan ko‘plari fiqh ilmi sohasida ulkan salohiyatlari bilan el-yurt orasida tanilgan edilar. Hatto, uning katta bobosi o‘z davrining taniqli vakili Makhul Abul Fazl Nasafiydan (an-nasafiylar sulolasining sardori) boshlab, uning oiladagilar fiqh ilmida hanafiyya mazhabining asoschisi Abu Hanifa ta’limotlariga tayanganlar. Shuningdek u fiqh ilmini imom Abu Hanifaning shogirdi imom Muhammad ibn Hasan ash-Shayboniyning safdoshi Abu Sulaymon al-Juzjoniydan rivoyat qilardi.
Aqida ilmi peshvosi bo‘lgan buyuk mutafakkir bobomiz Abul Muin Nasafiy hayoti va qoldirgan boy ilmiy merosi to‘lig‘icha ibrat maktabidir. Ushbu bobokalonimiz moturidiya ta’limoti vakillarining eng yorqin vakili bo‘lgan. Bu zotning shonli tariximizdagi ikkita ulkan xizmatini alohida ta’kidlashimiz zarur. Birinchidan, uning moturidiya ta’limotining diyorimizda saqlanib qolishidagi eng katta xizmati bo‘lsa, ikkinchi jihatdan, o‘sha davrda diyorimizda turli buzg‘unchi oqimlarning rivojiga katta qarshilik ko‘rsatganligi tufaylidir.
Alloma bobomiz o‘z asarlarida turli buzg‘unchi, adashgan oqimlarga keskin raddiyalar berib, ularning diyorimizda rivojlanishiga qarshilik qilgan. O‘sha davr ulamolari Abu Muin Nasafiyning o‘z asarlarida illatlarni fosh etib, haqiqatni bayon qilgani uchun unga arab tilida “Sayf ul-haq”, ya’ni “Haqiqat qilichi” degan sharafli nom berganlar.
Aqoid ilmi insonni adashishdan to‘sadi. Aqoid ilmi qat’iy dalillar bilan diniy e’tiqodlarni mustahkamlaydi va ulardan shubhalarni rad etadi. To‘g‘ri yo‘lni izlovchilarga ochiq-oydin haq yo‘lni dalil va hujjatlar bilan bayon qiladi. To‘g‘ri yo‘ldan bo‘yin tovlovchilarga esa dalil va hujjatlarni isbot qiladi. Dinning sof e’tiqodlarini buzuq fikrlar va botil shubhalardan muhofaza qiladi. Eng asosiysi, aqoid ilmini o‘rganish ikki dunyo saodatiga yetaklaydi. Qilgan amallari uchun bu dunyoda ham, oxiratda ham savob oladi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu yil yanvar oyida Qashqadaryo viloyatiga tashriflarining ikkinchi kunida Qarshi tumanidagi Qovchin qishlog‘ida joylashgan ulug‘ alloma, yurtdoshimiz Abul Muin Nasafiy maqbarasini ziyorat qildilar. Ziyorat chog‘ida Qur’on tilovat qilinib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ulug‘ zotning haqlariga duo qildilar. Keyin Davlatimiz rahbari hududda barpo etilayotgan yodgorlik majmuasida borayotgan ishlar bilan tanishib, loyihani yanada takomillashtirish, ziyoratchilar uchun ko‘proq qulayliklar yaratish bo‘yicha o‘zlarining qimmatli tavsiyalarini berdilar.
So‘ngra Prezidentimiz diniy ulamolar va nuroniylar bilan uchrashuv chog‘ida buyuk bobokalonimiz qoldirib ketgan boy ilmiy-ma’naviy merosni puxta o‘rganish, u zot qoldirgan bebaho va qimmatli asarlarni o‘z tilimizga tarjima va tadqiq qilib xalqimiz va yosh avlodga mukammal tarzda yetkazish yo‘lida bugungi kun ulamolarining zimmasiga yuksak mas’uliyat yuklanishi, ulug‘ ajdodimizning munosib vorislarini tarbiyalashda tinimsiz mehnat qilishlari kerakligi, Qashqadaryo vohasida turli buzg‘unchi oqimlar ta’siriga tushadiganlar Abul Muin Nasafiy bobomiz tufayli bo‘lmaganini, keyingi paytlarda kirib kelganini aytib, jaholatga qarshi ma’rifat bilan yondashib, ularga sof Islom aqidasini yetkazib berishimiz bugungi kunda oldimizda turgan muhim vazifalardan biridir, dedilar va mazkur jarayonga yangicha, zamonaviy uslubda yondashish talab etilishini aytib o‘tdilar.
Yirik ilmiy majmuani o‘z ichiga oluvchi mazkur dargoh dinimiz sofligini saqlash, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, boy tariximizni dunyoga yanada ko‘proq tanitishga xizmat qiladigan muqaddas maskan bo‘lib qolishi, bu yerga yurtimiz ahlidan bo‘lgan adashgan kishilar va ularning ota-onalari, oila a’zolarini taklif qilib, ularga tushuncha beradigan, o‘zlariga xulosa chiqarishga da’vat etadigan ilmiy dargoh bo‘lishi kerakligini Davlatimiz rahbari alohida ta’kidladilar.
Muhtaram Yurtboshimiz 2019 yilda bu yerda go‘zal bir majmuani mukammal shakllantirib, mustaqillik bayrami oldidan butun Islom mamlakatlari va boshqa mamlakatlardan aqida ilmi bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan vakillar chaqirilib, buyuk bobokalonimizning yubileylari nishonlanishi hamda xalqaro Islom konferensiyasi o‘tkazilishi haqida o‘zlarining tavsiyalarini berdilar.
Muhtaram Prezidentimiz amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar loyihalarini yanada takomillashtirish, hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha quruvchi va mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berdilar.
Abul Muin Nasafiyning ilmiy merosi bugungi kunda ham beqiyos ahamiyatga ega bo‘lib, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizni chin insoniy fazilatlar sohibi etib tarbiyalash, ular qalbida ajdodlarga munosib avlodlar bo‘lish hamda Vatanga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilishi, shubhasiz. Zero, Davlatimiz rahbari ham hali bu joylar obod bo‘lib, u zotning izdoshlari Nasafiylar yana ko‘plab yetishib chiqishiga ishonaman, deb yoshlarimizga yuksak ishonch bildirdilar.

Download 381 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling