I bob. Ma’naviy bаrkаmol аvlod tаrbiyasidа xаlq kuylаrining o‘rni


II BOB. AN’ANAVIY QO‘SHIQCHILIKNING TARIXIY AHAMIYATI


Download 381 Kb.
bet10/19
Sana11.05.2023
Hajmi381 Kb.
#1455183
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
dissertatsiya ishi

II BOB. AN’ANAVIY QO‘SHIQCHILIKNING TARIXIY AHAMIYATI
2.1. An’anaviy qo‘shiqchilikning tarixi va uning ahamiyati.

Qo‘shiqchilik tarixi uzoq o’tmishga egadir. O’rta Osiyo xalqlarining musiqa


madaniyati tarixiga doir qadimiy yozma mambalar, arxeologik topilmalar shundan
dalolat beradiki musiqa ijrochiligi nihoyatda mukammal rivojlangan. O’rta Osiyo
xalqlarining sunggi ming yillik musiqa madaniyati tarixiga oid yozma manbalar
bizgacha etib kelxanligi musiqiy merosni avaylab asrab avloddan-avlodga,
ustozdan-shogirdga meros qilib qoldirilishining yorqin namunasidir. Uzoq
o’tmishdan bizgacha etib kelgan musiqiy merosni urganish uni mukammal fan
darajasiga olib chiqishda Abu Nasr Muxammad al-Farobiyning xizmatlari
beqiyosdir. Al-Farobiy qadimgi musiqa namunalarini ijrosi va taxliliga juda katta
ahamiyat berib utgai. Izlanishlar samarasi sifatida musiqa nazariyasi fanini yaratdi.
"Kitabul al-kabr"(Musiqaga doir katta kitob), "Kilamu fil-musiqiy" (Musiqa uslublari haqida kitob), "Kitabul-musiqiy" (Musiqa kitsrbi) kabi risolalar bevosita
musiqa ijrochiligi tahliliga bag`ishlangandir.
Bu borada Al-Farobiy an`anasini davom ettirgan olimlardan Abu Ali ibn Sino
edi. Uning "Kitabush-shifa" (SHifo kitob), "Donishnoma" (Bilim kitobi),
"Risolatun fi-ilmil musiqiy" (Musiqa ilmi haqida risola) asarlari bevosita musiqa
ilmi, ijrochilik uslublari, mavjud kuy va ashulalar tahlili haqidadir.
IX-X asr musiqa madaniyati tarixida O’rta Osiyodan chiqqan
buyuk olim Abu Abdulloh Muhammad ibn YUsuf al-Kotib al-
Xorazmiyning "Mafatixul-ulum" (Ilmlar kaliti) etsiklopediyasining
musiqa nazariyasiga bag`ishlangan qismida kuylar qatori xalq qushiqchilik ijodi
namunalari tahliliga katta axamiyat berib o’tgan.
Keyinroq yashab ijod etgan olimlar — Safauddin Abdulmo’`min, Mahmud
bin Ma`sud ash-SHeroziy (XSH-X1L0 Xuja Abdulqodir Marog`iy (XIV, "Jamiul
— alxon" "Maqasidul-alxon" risolalar muallifi), Al Xusayniy, Abduraxmon Jomiy
(XV) va kuplab musiqa ilmi olimlari risolalarida yanada rivojlantirildi.
Musiqa ilmining nazariyasi yaratilishida xalq qushiqlarining o’rni beqiyosdir.
O’rta Osiyo o’tmish musiqaixunos olimlari kuylar bilan birga ashulachilik
muammolar ustida tahliliy muxokamalar olib borganlar. Risolalar yaratilgan.
O’tmishda xalqning ruhyy kechinmalari; shodlik, xursandchilik, qaygu -
xasrat, iztiroblar - xalq ijodining namunasi bulmish - qo’shiqlarni dunyoga keltirdi,
takomillashtirdi. Qo’shiqchilikdagi bu turli ijro yo’nalishi namunalari —
 maishiy ashulalar
 dostonlar
 lirik va ishqiy harakterdagi ashulalar
 marosim qo’shiqlari
 mehnat qo’shiqlari
 laparlar, yallalar
 bolalar qo’shiqlari deb nomlanib - an`anaviy qo’shiq ijrochiligi yuzaga keldi.
Xalqniyag ko’p ming yillik maishiy turmush tarzi ko’plab mazmundagi qo’shiqlar durdonasini yuzaga keltirdi. "YAllama yorim" "Begijon ukam, yor-er",
"Mallaxon", "Xoy mening yorimsan", "Bodom qovoq", xalq dostonlari ijrochiligi
namunalari "Go’r o’g`li", "Alpomish", "SHayboniyxon", "Bahrom va Dilorom",
"SHoxsanam va G`arib" kabi epik ashulalar, to’y va marosim qo’shiqlari, mehnat
qo’shiqlari, laparlar, yallalar va bolalar qo’shiqlari asrlar davomida sayqal topib
xalhimizning "Oltin merosi"ga aylandi , SHuni ta`kidlab o’tishimiz kerakki,
musiqa asosi bo’lgan she`riy matn asarning mazmunini tashkil qiladi. SHe`riyatga
e`tibor beradigan bo’lsak, she`r va musiqa azaldan bir-biriga yaqin, yo’ldosh,
egizak san`at turlari hisoblanadi. Ikki jihatning birlashuvi bo’lgan qo’shiqqa ta`rif
beradigan bo’lsak, mustaqil to’rtliklardan tashkil topgan, tutal fikrni ba`diiy
ifodalovchi, el orasida keng tarqalgan va kuylangan xalq she`ri namunalariga
qo’shiq dey>1ladi. Qo’shiq termini keng ma`noda bo’lib, xalq she`riyati, lirik
qo’shiqlar, xalq lirikasi, ashula degan umumiy nomlar ostida yuritilib kelinadi.
SHu bilan birga ularning konkret namunalarining nomlari ham bor. Masalan "YOr-
yor","Ulan", "Lapar", "Lirik terma", "Alla", "Bayt-g`azal", "Kelin salom", "Hush
kelibsiz", "Yig`i-yo’qlov" kabilar.
Xalq qo’shiqlari uchun musiqiylik, ravonlik, kuylashga (ko’pchilik yoki
yakka) moslik xosdir.
Ma`lumki uzoq o’tmishda sinkretik san`atning namunasi bo’lgan qo’shiqlar
uni yaratuvchilar va ijro etuvchilarning mehnat faoliyati ovchilik, chorvachilik,
dehqonchilik, xunarmandchilik ishlari, xalq amaliy san`ati - kulolchilik,
o’ymakorlik va boshqa san`atlar bilan bevosita aloqada bo’lib ayni chog`da
mehnatkash ommaning qadimiy urf odatlari, xilma-xil marosimlari va e`tiqodlari
nazdida yashab keldi.
Xalq ruxini chuqur va yorqin ifodalagan qo’shiqlarning ijtimoiy mohiyati
haqida tarixchi P.Lefarg shunday deydi; "Xalq qo’shiqlari ... Xalq ko’nglidagi
qayg`u xasrat va shodliklarning yo’ldoshi, uning bilim qomusi, uning doimiy va
falsafa kitobidir; qo’shiq bir xazinadirki.., Xalqning ko’ngli o’z imonini, o’zining
oshsh. tarixini, o’z millati tarixini bu haziniga topshirib qo’yadi".
Qo’shiqlar faqat tuyda va bayramlarda emas, balki insonning tabiat va jamiyatning yovuz kuchlariga qarshi kurashda unga hamrohdir. Ularda xalh
qudratining bitmas-tuganmasligi kuylanadi, dovyurak, o’lim bilmas, yovqur,
bahodir, jangovar kurashchi, vafodor oshiq, mehnatsevar, tajribali inson obrazi
tasvirlanadi. Qo’shik, termini birinchi marta XI asrda yozilgan, ilmiy adabiyotlar
bizgacha etib kelgan eng qadimiy hisoblangan Mahmud Qoshgariyiing "Devoni
lug`atit turk" asarida "qoshug`" shaklida berilgan bo’lib, bu so’zning izohi she`r,
qasida deb ko’rsatilgan.
SHuningdek "qo’shiq" so’zini YUsuf Xos Xojibning "Qutadg`u bilig" asarida,
XII asrda yozilgan Mahmud Qoshg`ariyning "Muqaddimatul - adab" lug`atida ham
shunday ma`nolarni uchratamiz. Xususan Alisher Navoiyning "Mezonul - avzon"
va Zahiriddin Boburning "Risolai aruz" asarlarida so’zi surud, ayolg`u, lahn, turki
tarona, ashula, chilga (chinga) nomi bilap ham ta.rqalgan. Ular qo’shiqning turli
janrlarini atash uchun qo’llanilganligi bayon qilinadi.
O’zbek xalq qo’shiqlari shu darajada ko’p va xilma-xilki, uning barcha
namunalari hali tula ravishda o’rganilishi kerak. An`anaviy qo’shiqchilikda
qushiqlarning.
 Mavsum-marosim;
 Urf-odat qo’shiqlari;
 Mehnat Bushnqlari;
 Lirik qo’shiqlarni;
4 guruhga bo’lib, har bir guruh tahlili davomida ularning ichki turlarini ko’rib
o’tnlishi joizdir.
Xulosa qilib aytganda, qo`shiq bu har bir xalqning asl durdonalaridan biridir.
Negaki, har bir xalq ota-boblaridan qolgan qo`shiqlarni tinglashlik bilan o`z
o`tmishini, tarixini eslatib ularni davom ettirishga chorlaydi. Barkamol avlodni tarbiyalash insoniyatning eng birinchi vazifalaridan biri bo’lib kelgan. Barkamol shaxsni tarbiyalash masalasiga o’z tariximizdan juda ko’p dalillar
keltirishimiz mumkin. Al Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asaridagi g’oyani
yodga olmoq unga ko’ra jamiyatning har bir fuqarosi, mansabi, tutgan o’rni ya’ni kim bo’lishidan qat’iy nazar fozil kishi, fozil inson o’z davlatining barcha qonun
qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, fikrlaydi. Avvalo bunday fikr yuritishning
o’zi bobolarimizning ma’naviy darajasini naqadar yuksak bo’lganligini va albatta
bunday fikr aytish bu borada ko’p asrlik meroslarni o’rganish natijasida vujudga
kelishini ta’kidlash joiz. Demak, bizning barkamol shaxsni tarbiyalash haqidagi
niyatimiz uchun ma’naviy asos bor. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov o’sib
kelayotgan yosh avlodning kelgusida bilimli insonlar bo’lib yеtishishi uchun qayg’urib quyidagilarni ta’kidlaydilar-“Men yoshlarimizga, mening bolalarimga
qarata, o’rganishdan hech qachon charchamanglar, deb aytmoqchiman. O’rganish,
hech qachon ayb sanalmaydi. Nimanidir bilmasang uni o’rganish zarur. Avvalambor,
endi hayotga kirib kelayotgan yoshlarga nima lozim? O’rganish, o’rganish va yana
bir bor o’rganish kerak. Kasb o’rgangan, ilm olgan kishi, o’zbekona aytganda, hech
qachon kam bo’lmaydi”.
Musiqa tarbiyasi umum tarbiyaning asosiy va murakkab qurollaridan biri bo’lib, atrofdagi go’zal narsalarni yuksak idrok etishga va qadrlashga o’rgatadi. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiribgina qolmay balki ma’naviy dunyoqarashlarini shakllantiradi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli e’tibor, kuchli ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lib, o’quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy-estetik tarbiyaning muhim vositasidir. Bobomiz Shayx Sa’diyning shunday so’zlarini keltirishimiz mumkin "Musiqa odam ruhining yo’ldoshidir". Musiqa insonga tez ta’sir etuvchi emotsional hissiyotini aktiv rivojlantiruvchi vositadir. Shu bois o’quvchilarda inson ma’naviyatining tarkibiy qismi bo’lgan musiqa madaniyatini tarbiyalash, musiqa tarbiyasining bosh maqsadi bo’lib qoladi.
Musiqaning estetik tarbiyadagi roli falsafa, musiqashunoslik va ijrochigagina
doir adabiyotlarda yetarlicha yoritilgan bo’lsa-da, lekin an’anaviy xonandalik
san’atining shaxsni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashdagi roli haligacha ilmiy
yoritilmagan. Buning sababi bizningcha an’anaviy xonandalik san’atining
murakkabligi va uning inson ongiga ta’sirining ko’p qirraliligidir. Biz ushbu
ishimizda mazkur nuqsonni to’ldirishga, ya’ni an’anaviy xonandalikning tarbiyaviy
jihatlarini va uning yangi insonni kamol toptirishdagi rolini va pedagogik shart-
sharoitlarini yoritishga harakat qilamiz.
O’zbеk musiqa san’atida an’anaviy хоnandalik, o’z sоhasi va yo’nalishidan
kеlib chiqib turli sharоitlarga mоslashgan hоlda shakllanib, rivоjlanib kеlgan. Fоlklоr
aytimlari, dоstоnchilik, marоsim aytimlari, zamоnaviy akadеmik(vоkal) va estrada
хоnandaligi, mumtоz хоnandalik shular jumlasidandir. Har bir yo’nalish shakl va
ijrоchilik nuqtai nazaridan o’z uslubi, qоnun-qоidalariga egadir. Ular оrasida
o’zgarmas хususiyatlar dоirasida shakllangan va eng mukammal an’analarni o’zida
aks ettirgan an’anaviy yo’nalish o’zining barcha хususiyati, salоhiyati bilan namuna
bo’lib kеlmоqda. Mumtоz musiqa хоnandaligida, o’zbеk хalqining eng go’zal urf-
оdatlari, milliy ruhiyati bilan bоg’liq qadriyatlari yuzaga kеlib, хalqning bоy
ma’naviyati namоyon bo’lgan. Shu bоis, хоnandalik an’anasida mumtоz ashula
ijrоchilik yo’nalishlari va uslublari shakllanib bоrgan. Buni an’anaviy хоnandalik.
san’ati yo’nalishlari sifatida yuritish urfga aylandi. Milliy mumtоz ashulachilik
an’analari esa o’zbеk an’anaviy хоnandalik san’atining asоsi bo’lib rivоjlandi.
“An’anaviy xonandalik” xonandalik san’atiga xos o’quv malakalarini
shakllantirish, ularga xalq qo’shiqlarini yakka holda yoki, jamoa bo’lib kuylay olish
va maqom guruhlarini tashkil qila olish psixologiyasi bo’yicha mukammal bilim
berish va jamoaga rahbarlik qila olish xususiyatlarini singdirishdan iborat. Fanning
maqsadidan kelib chiqqan holda, guruhli darslarda bir qator vazifalar amalga
oshiriladi.
1. Maqom qo’shiqchisiga va maqomchilar dastasi rahbarligiga qo’yiladigan
talabalarni bilish va unga o’rgana borish.
2. Guruh va yakka holda kuylashning tabiati, didaktik tamoyillari va boshqa
qonuniyatlarni bilib olish.
3. Xalq qo’shiqlari, bastakorlar tomonidan yaratilgan ashula va qo’shiqlar va
shashmaqom namunalari bilan bevosita tanishish va ularni tanlash bo’yicha yuksak
badiiy didga ega bo’lish.
4. Jamoada kuylash va jamoa bilan ishlash jarayonida inson organizmida yuz
beradigan ruhiy-fiziologik o’zgarishlarni xis qilish va unga ko’nikma hosil qilish.
An’anaviy xonandalik kursi quyidagi vazifalari amalga oshiriladi:
An’anaviy va xalq qo’shiqchiligini o’rganish.
An’anaviy ijrochilikda xalq qushiqlari 4 turi haqida tushuncha berish. Mehnat
qo’shiqlari, mavsum marosim va urf-odat qo’shiqlari, lirik qo’shiqlari, termalar.
An’anaviy xonandalik namunalari ijrosi bilan amaliy tanishish:
❖ talabalarning o’zbek an’anaviy musiqa madaniyati haqidagi bilim darajasini
kengaytirish, repertuarini boyitish, nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog’lash;
❖ talabalarning milliy an’analarga bo’lgan qiziqishi va xurmatini oshirish;
❖ o’zbek qo’shiqchiligiga xos, nola, qochirimlarni maromiga etkazib kuylashga
odatlantirish;
❖ talabalarni umumiy musiqiy qobiliyatlarini o’stirish;
❖ kuylash va ishlash jarayonida inson organizmida ro’y beradigan ruhiy-
fiziologik holatlarni his etish va unga ko’nikma hosil qilish;
❖ xonandalarga qo’yiladigan talablarni bilish va unga amal qilish.
❖ dars jarayonida talabalarga ta’lim va tarbiya berish, ularni chuqur bilimli,
yuqori malakali mutaxassis qilib tayyorlash, talabalarni badiiy jihatdan rivojlantirish,
ularga an’anaviy ijrochilik va uning sirlarini o’rgatish.
An’anaviy xonandalikning maqsadlaridan yana biri Respublikamiz badiiy
jamoalariga mutaxassis kadrlar tayyorlab berishdan iboratdir. Talabalarga o’zbek
xalq qo’shiqlari hamda “Shashamaqom” haqida ma’lumotlar berish bilan birga,
yaratilish tarixi, ijro diapazoni, ovozni ishlatish, dinamik belgilar, xonandaning ijro
holati, asarlardagi o’lchovlar, usullar, kuylarning shaklan tuzilishi, ijro texnikasi, o’rganilayotgan asarlarning mualliflari haqida ma’lumotlar va zarur ko’rsatmalar
beriladi. Shuningdek, fan o’zbek xalq qo’shiqlari haqidagi tushuncha va
ko’nikmalarni hosil qilish hamda o’rgatishga xizmat qiladi va talabalarda an’anaviy
musiqaga muhabbat tuyg’ularini hamda musiqiy-badiiy didni o’stiradi.
Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkin bo’ladiki musiqa san’ati insonni
axloqiy, madaniy-ma’rifiy tarbiyalshda muhim vosita hisoblanadi. Shu bois, hamma
davr va jamiyatda musiqa san’ati va uning taraqqiyotiga katta e’tibor berib kelingan.
O’zbek musiqa madaniyati qadimiy va boy merosga ega. Uning mazmunida
xalqimizning milliy ruhiyati hayoti oliy insoniy faoliyatlari, badiiy ma’naviyati
istiqlol va mustaqillik uchun kurashi, orzu umidalri aks etadi. Musiqa ta’lim
tarbiyasining maqsadi yosh avlodni, maktab o’quvchilarini, milliy musiqa
merosimizga vorislik qila oladigan, umumbashariy musiqa boyligini idrok eta
oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazib tarbiyalshdan iboratdir.
Buning uchun o’quvchilar musiqa san’atini butun nafosati, go’zalligi bilan
o’rganishalri, uni badiiy idrok etish, jamoaviy tarzda kuylash, raqs tushish va
ijodkorlik malakalarini egallashlarida musiqa madaniyati mashg’ulotlarida keng
foydalanish talab etiladi. Xullas komil insonni tarbiyalashda An’anaviy xonandalik
asarlarining ahamiyati juda kattadir. Bunday ijro asarlaridan samarali foydalanishimiz lozim.



Download 381 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling