I bob. Ma’naviy bаrkаmol аvlod tаrbiyasidа xаlq kuylаrining o‘rni


Download 381 Kb.
bet18/19
Sana11.05.2023
Hajmi381 Kb.
#1455183
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
dissertatsiya ishi

Usul sezgisi – musiqiy asar tuzilishida eng asosiy omil, cholg‘u va ashula ijrochiligida muhum. Inson organizmi va tabiat o‘zaro ritmik bog‘liqlik ifodasi, ya’ni insonning yurak urishi, nafas olishi, qadam tashlashi, hissiy emotsional sezgilari tabiatining barcha jihatlari bilan bog‘liq.
Rubato – lotincha “o‘g‘irlangan”. Nota cho‘zim miqdori aniq saqlanmagani holda ijrochining xohishi bo‘yicha asarni kengaytirib yoki qisqartirib ijro qilish.
Agogika – lotincha “ergashtirish”. Musiqa ijrochiligida tinglovchi xohishi yoki badiiylik niyatida asar sur’atini biroz o‘zgartirish (tezlatish yoki sekinlatish).
Arpedjio – ular ikki va uch oktava oralig‘ida triollar bilan, ikki yarim okta-va oralig‘ida kvartollar bilan, D7 va kich. VII7 lar ikki va uch oktava oralig‘ida kvartollar bilan kuylanadi. Asosiy tonlik arpedjiosi aylanmalari triol va kvartol shaklida ham kuylanadi.
ХULOSA
Хalqimiz mustaqillikka erishgach, milliy qadriyatlarni o‘rganish, asrash hamda yoshlar ongiga an’analarimiz va milliy merosimizni singdirishga keng imkoniyatlar yaratilgan bugungi kunda Хorazm maqomlari namunalari, ya’ni, xalfa va doston qo‘shiqlaridan foydalanish alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Fortepiano fani mashg‘ulotlarida fortepiano uchun yozilgan asarlar, bolalar qo‘shiqlari orqali ta’lim oluvchilarni ijro mahoratlarini oshirish hamda estetik tarbiyalash muammosi hozirgi kunda nihoyatda dolzarbdir. Fortepiano uchun yozilgan asarlar namunalari va qo‘shiqlari vositasida ta’lim oluvchilarni ijro mahoratini shakllantirish va estetik tarbiyalashda Fortepiano fani mashg‘ulotlarining imkoniyatlari katta. Zero, Fortepiano uchun yozilgan asarlarida xalqning orzu-umidlari, his-tuyg‘ulari, shuningdek, qaxramonlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi ijobiy sifatlari ulug‘lanadi. Bu esa xalqimizning urf-odatlari va an’analari bilan bevosita bog‘liq.
Fortepiano fani mashg‘ulotlari, o‘quv dasturlari va darsliklariga talabalarning ijrochilik xususiyatlarini inobatga olib jahon va o‘zbek bastakorlari asarlari, bolalar qo‘shiqlari kiritilsa, turli usul va vositalar vositasida O’zbek xalq musiqa san’ati namunalari o‘quvchilar ongiga singdirilsa, samarali natija berishini yaqqol ko‘rsatdi.
Тalabalar Fortepiano fani bo‘yicha bilimlarini shakllantirishdagi metodik shart-sharoitlardan biri darslarni to‘g‘ri rejalashtirish bo‘lib, kuzatuvlarimiz natijasida amalda qo‘llanilayotgan dastur va rejalar talabalarni kompozitorlik ijodiyotining muhim masalalari va nazariy musiqashunoslikning asosiy muammmolari bilan yaqindan tanishtirish hamda musiqaviy til tizimi va garmoniyaning unda egallagan o‘rni haqida aniq tushunchalar berish vazifasini bajarishni nazarda tutadi.
Fortepiano fanidan nazariy bilimlar asosida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari tayyorgarliklarini oshirishga yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etish quyidagi masalalarni hal qilishga xizmat qiladi:
a) bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini fortepiano fani borasidagi muayyan nazariy bilimlarga ega bo‘lishlari uchun imkoniyat yaratadi.
b) talabalarining fortepiano fanidan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini tarkib toptirish ularda ilgari surilgan g‘oyalar mohiyatini tahlil eta olish layoqatini tarbiyalaydi.
v) bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida ko‘p ovozli strukturaning asosiy jihatlari haqida, akkorlarning funksional tizimi haqida, klassik gomofoniyaning melodik va garmonik elementlari, shakl hosil qiluvchi tizim va musiqiy sintaksis haqida asosiy tushunchalarni, ushbu musiqiy nazariy kurs oliy musiqiy ta’lim tizimida aniq ishlab chiqilgan texnik mashqlar tizimiga ega bo‘lishni, amaliy ko‘nikmalarni, nazariy bilimlarini, musiqiy tafakkurini, ijodiy malakalarini shakllantirishga omil bo‘ladi.


Download 381 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling