I bob. Ma’naviy bаrkаmol аvlod tаrbiyasidа xаlq kuylаrining o‘rni


Download 381 Kb.
bet16/19
Sana11.05.2023
Hajmi381 Kb.
#1455183
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
dissertatsiya ishi

Tenuto – tenuto; italyancha so‘z, “cho‘zish” degani. Tovush kekirdakning qattiq zarblari yordamida, ammo urg‘u bermasdan oxirigacha cho‘zib ijro qilinadi.
Non legato – non legato; italyancha so‘z, “bog‘lanmasdan” degani. Tovush-lar kekirdakning yumshoq zarbi vositasida bir-biriga bog‘lanmasdan kuylanadi.
Portato – portato; italyancha so‘z, “bog‘langan holda”. Tovushlar kekirdak-ning yumshoq harakati bilan cho‘zib, bir-biriga “bog‘langan holda” ijro qilinadi.
Portamento – portamento; italyancha so‘z, “sirpanib o‘tish”. Vokal ijrodagi shtrix. U tovushdan tovushga yengil, nozik sirpanib o‘tishni ifodalaydi.
Legato – legato; italyancha “bog‘lanish” degani. Tovushdan tovushga o‘tila-yotganda til zarbi (attaka) ishlatilmaydigan shtrix. Kekirdak birinchi zarbdan so‘ng keyingilarida ishtirok etmaydi va tovushlar bir-biriga uzluksiz bog‘lanib keladi.
Legatissimo – tovushlarni ko‘proq bog‘lanishini talab qiladigan shtrix.
Urg‘uli Legato – kekirdak zarbisiz nafasning faol kuchi bilan urg‘u beriladi.
Glissando – glissando – kuyning sirpanchiq harakati.
Ijrochilik nafasi: o‘pkada to‘liq nafas olinadi. Uning asosan 3 usuli bor:
1) ko‘krak nafasi; bunda o‘pkaning yuqori qismi havoga to‘lishi natijasida ko‘krak qafaslari kengayadi, qorin bo‘shlig‘i (diafragma) passiv holatda bo‘ladi;
2) qorin nafasi; bunda o‘pkaning pastki qismi havoga to‘lishi natijasida qorin bo‘shlig‘i (diafragma) ko‘tariladi. Ko‘krak qafaslari passiv holatda qoladi;
3) aralash nafas – o‘pka to`la havoga to‘ladi. Nafas olganda havo o‘pkani pastki qismini to‘ldirib, qorin(diafragma)ga ko‘tariladi, so‘ng o‘pkani yuqori qismi ham havoga to‘lib, ko‘krak qafasi kengayadi. Bu ko‘krakda va qorinda nafas olishning aralash turi, u ijrochilikda eng ko‘p qo‘llaniladigan samarali nafas olish.
Zarb – arabcha so`z, “urmoq, urish” ma’nosini bildiradi.
Qiyosiy eshitish qobiliyati (rivojlanuvchi)xonanda bir tovushni eshit-gach, uni boshqalari bilan taqqoslagab (qiyoslab), tovush balandligini aniqlaydi.
Rezonator – bo‘shliq; ovoz paylaridan taralgan tovushni ushbu bo‘shliq kuchaytirib, og‘iz orqali tashqariga yo‘llaydi. Bo‘shliqning shakli o‘zgaruvchan va o‘zgarmas bolishi mumkin. Bosh va yuqori rezonator turlari mavjud.

Download 381 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling