I-bob. Mavzuning ilmiy nazariy asoslari
Download 65.13 Kb.
|
BMI OXIRGI
Bob bo’yicha xulosa
III-BOB TALABALIK DAVRIDA O’QUV FAOLIYATIGA MOTIVATSIYANI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI 3.1 Talabalarning motivatsion imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan dasturning mohiyati Bugunga kunda insonlar orasida trening atamasini tushunishda ikki xilyondashuv mavjud bo’lib, birinchi toifadagilar aksariyat shu sohadan xabardor bo’lgan kishilar-dir. Ular treningni istalgan muammolarni yecha oladigan faoliyat deb qabul qiladilar ikkinchi toifadagilar esa bu sohadan xabardor bo’lmagan yoki bu sohani tan olmaydigan insonlardir. Ma’lumki, trening atamasi bugungi kunda juda ko’p ishlatilmoqda va tilga olin-moqda. Hatto bu atama bugungi kuning eng urf bo’lgan va ommaviylashgan atama-laridan biri bo’lib qoldi desak xato bo’lmaydi. Psixik tizim murakkab va, ayni vaqtda, tashqi ta’sirlarga nisbatan nihoyatda sezgir tizimlardan biridir. Bu holat unga shakllantiruvchi ta’sirni o’tkazish uchun ko’plab imkoniyatlar yaratadi. Shakllantiruvchi yondashuv ilmiy tadqiqotning amaliy ahamiyatini ham oshirishi shubhasiz. Shu jihatdan olganda, o’smirlik davrida hayot-iy barqarorlikni shakllantirish muhim hisoblanadi. O.Gorbushinaning fikriga ko’ra, “Trening – bu shaxsni o’zgartirishga qaratilgan va hissiyotlarga boy bo’lgan mashg’ulotdir”. Trening klassik psixologiya yo’nalishiga ko’ra ma’nosi shunday : “Shaxsning o’zini anglashi, guruhlarda shaxslararo munosabatlar va muloqotlarga kirishish ko’nikma va malakalrini shakllantirishga qaratilgan guruhiy metodlar yig’indisidan iborat bo’lgan mashg’ulot”. Trening – o’qitishning alohida shakllaridan biri sifatida uzluksiz kechinmalarni boshdan o’tkazishga asoslanib, an’anaviy tarzda bilimlarni uzatish psixologik maslahat hamda psixoterapiyadan farq qiluvchi shaxslararo o’zaro hamkorlik tajribasini anglab yetish jarayonini qamrab oladi. Ba’zida bu atamaning ma’nosini ochib berish uchun “eksperimintal ta’lim” iborasi qo’llaniladi. Bunday shakldagi ta’lim jarayonida ishtirokchilar faqatgina voqelik haqida o’ylash va “u bilan qanday amallarni bajarish” haqida mulohaza yuritish bilan cheklanib qolmas-dan, balki uzluksiz ravishda uning mohiyatini anglab boradilar. Psixologik trening – bu shaxslararo o’zaro hamkorlik jarayonida modellashtiril-gan hayotiy tajribani o’zlashtirish va anglab yetishga asoslangan faol o’qitish shaklidir. “Trening, bir tomondan, maksimal ko’rinishdagi, boshqa tomondan esa, psixologik xavsiz sharoitlarda o’smirning o’zini o’zi anglashi, o’zini o;zi nazorat qilishni osonlashtirgan holda unga tajriba orttirish imkonini beradi”. Trening ishtirokchilarga qandaydir faollikni o’zlashtirishda yordam beradigan metoddir. Trening tushunchasi ta’lim, rivojlanish va o’qitish tushunchalari yordamida aniqlashtiriladi. O’qitish va trening tushunchalarini bir biri bilan aralashtirish kerak emas, lekin ayrim paytda trening o’qitishning ma’lum bir shakli hisoblansa, ba’zida esa o’qitishni treninglar orqali amalga oshirilishi ko’pchillik tomonidan tan olinadi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holad, trening tushunchasini o’qitish, rivojlanish kabi tushunchalar bilan uzviy bog’liq ekanligini ta’kidlash mumkin. Shunday ekan, trening o’qitishning bir usuli sifatida rasmiy ta’limning o’rnini bosish uchun emas, balki uni to’ldirish uchun xizmat qiladi. Agar treningni mashq sifatida tushunilsa, u holda ta’limiy faollikning shakllaridan biri hisoblanadi va ta’lim dasturiga kirib boradi. Aynan shu ma’noda u oliy ta’limdan keying ta’limning turli tizimlarida ham keng qo’llaniladi. Trening – guruhiy ishlashning faqtgina informatsiyalar almashishning intensiv shakli bo’lib qolmasdan, balki ishtirokchilarda shaxsiy tajriba va amaliy ko’nikma-larni shakllantirishga yo’naltirilgan mashg’ulotdir. Trening jarayonida turli xil muammo va vaziyatlarni “o’ynash natijasida bu vaziyatlarni tahlil qilish, o’ziga xos tajribaga ega bo’lish asnosida ishtirokchilar hayotidagi ayni shu vaziyatlarda nima qilish kerakligini anglab oladilar. Bundan tashqari trening guruhiy faoliyatning intensiv shakli bo’lib, unda asosiy urg’u ma’lumotlarni uzatishga emas, balki ishtirokchilarda shaxsiy tajriba va ko’nikmlarni hosil qilishga qaratiladi. Buni shunday tushunish mumkinki, treningda turli xil vaziyatlar va muammolarni o’yin orqali o’zida sinaab ko’rar ekan, shaxs egallayotgan tajribasi orqali real hayotdagi vaziaytlarga anchagina moslashuvchan- roq bo’lib boradi. Qisqacha aytganda, psixologik trening shaxsga turli hayotiy vaziyatlarda zo’iqmasdan harakat qilishga yordam beradi. Download 65.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling