I-bob. Mavzuning ilmiy nazariy asoslari


I-BOB MAVZUNING ILMIY-NAZARIY TAHLILI


Download 65.13 Kb.
bet3/11
Sana08.03.2023
Hajmi65.13 Kb.
#1249828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BMI OXIRGI

I-BOB MAVZUNING ILMIY-NAZARIY TAHLILI
1.1 Mavzuga yondash tushunchaning qadimgi manbalardagi talqini
Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o’zini qanday tutishi, egallagan mavqeyi ham sababsiz, o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada “motiv” va “motivatsiya” tushunchalari ishlatiladi. “Motivatsiya” tushunchasi “motiv” tushunchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motivatsiya – inson xulq-atvori, uning bog’lanishi, yo’nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo’lganda ishlatiladi, ya’ni: “nega?”, “nima uchun?”, “nima maqsadda?”, “qanday manfaat yo’lida?” degan savollarga javob qidirish – motivatsiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivatsion tasnifini yoritishga olib keladi.
Hozirgi zamon psixologiya fanida “motivatsiya” termini psixologik yangilanishlar, o‘zgarishlar, holatlar, jarayonlar yig‘indisini umumlashtiruvchi tur(jins) tushunchasi sifatida qo‘llaniladi. Motivatsiya hayotiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tabiiy va ijtimoiy shart-sharoitlarga, jismlarga xulq-atvorni yo‘naltiruvchi qo‘zg‘atuvchi tariqasida baholanishi mumkin. Chunki u pirovard maqsadga yo‘nalganlikni, tanlovchanlik, fikr yuritishdagi g‘arazgo‘ylikni aniqlovchi psixik aks ettirish, shuningdek, uning yordami bilan faollikni boshqarish holati tasavvur qilinadi. Motivatsiyaning keng ko‘lamda bunday talqin qilinishi uni turmushda odamlar tomonidan bevosita shunday tushunishga mos tushadi. Omma nima uchun jonli mavjudod aynan shunday xatti-harakatni amalga oshiradi, nega boshqacha yo‘sinda ish tutmasligini izohlash imkoniga ega. Boshqacha so‘z bilan aytganda, ushbu psixologik voqelik negizida xulq atvorning sababiy shartlanganlik omili yotadi. Motivatsiya mohiyati bo‘yicha bildirilgan yuqoridagi fikr-mulohazalarga unga berilgan umumlashgan ta’riflar mutlaqo mutanosibdir: 1) Rubinshteyn S.L.: “Motivatsiya- bu psixika orqali amalga oshuvchi determinatsiyadir” 2) Madsen K.B. “Motivatsiya bu xulqqa yo‘naltirilgan, qo‘llab quvvatlovchi, qo‘zg‘atuvchi omillarning yig‘indisidir”. Yuqoridagi keng ko‘lamli ta’riflar motivatsiya doirasining mavhumligi, shartligi, rasmiyligi va nisbiyligidan dalolat beradi. Shuningdek, ta’riflarning rangbarangligi motivatsiya mohiyatiga kiruvchi, unga taalluqli muhim tushunchalarni ajratib olishga imkon beradi.Ko‘rinib turibdiki, har xil kontekstli yondashuvlar “motivatsiya” tushunchasining (tuzilmaviy, definitsiya mohiyati) muayyan tarkibiy qismlarga ajratishni qiyinlashtiradi. Xuddi shu bois unga berilgan xilma-xil ta’riflar, bizningcha, rasmiyatchilik, shartlanganlik nuqtai nazaridan amalga oshirilgan psixologik voqelikka o‘xshab ketadi.Yuqorida keltirilgan ta’riflar zamonaviy tilda talqin qilinsada, motivatsiya tushunchasi tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Qadimgi manbalarda ham aynan motivatsiya termini ishlatilmagan bo’lsada, insonlarga ichki kuch beruvchi, harakat qilishga undovchi g’oylar mavjud bo’lgan. Quyida ularning ayrimlari haqida to’xtalib o’tamiz.
Motivatsiya tushunchasi keng qamrovli tushuncha bo’lib ,uning ildizi qadim manbalarga borib taqaladi . Jumladan qadimgi yodgorliklarimizdan bo’lmish “Avesto”da ham bu tushuncha haqida ko’plab aytib o’tilgan . «Аvestо» buyuk umuminsoniy qadriyat sifatida dunyoga keldi. U cheksiz tafakkur va taraqqiyot g’oyasi umumbashriy madaniyatning yuksak cho’qqisiga aylandi. “Avesto” jahon sivilizatsiyasiga daxldor bo’lgan umuminsoniy qadriyatlarning rivoj topishiga muhim hissa bo’lib qo’shilgan buyuk falsafadir. “Avesto” falsafasi odam va odamiyatni , shaxs va shaxsiyatni , keng ma’nodagi insonni va insoniyatni komillikka da’vat etuvchi , barkamollikka , yetuklikka chaqiruvchi ulkan va noyob qadriyatdir. “Avesto” ning o’zbeklar ma’naviy – ruhiy olamidagi ta’siri , uning millat sifatidagi shakllanishi, o’zbek fenomeni tushunchasining mazmun –mohiyatiga jihatlari ko’p. Jumladan o’zbeklar “Avesto” va u singari ma’naviy – axloqiy yetuklik hamda ruhiy pokizalik g’oyalari ta’sirida shakllandi, o’zining sof milliy qiyofasiga ega bo’ldi. «Avesto» asarida inson shaxsining kamolotga erishishiga oid fikrlar ifoda etilgandir. Mazkur asar g’oyalari orqali qadimgi davrlarda mamlakatimiz hududida yashagan xalqlarning tabiiy, ilmiy, ma'rifiy hamda ijtimoiy qarashlari borasida muhim malumotlarga ega bo’lamiz. « Avesto » diniy xarakterga ega bo’lish bilan birga, o’zida falsafiy, siyosiy, filologik, va tarbiyaviy masalalarni ham qamrab olgan. Avestoda insonlarni ezgu ishlar qilishga undash g’oyalari batafsil aks etgan. Zardushtiylik dinining g’oyalari xususida so’z borganda, ushbu dinda insonlarni to’g’rilik bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslangan holda hayot kechirishga undash maslalari alohida ta'kidlab o’tilganligini aytib o’tish joiz.
Ushbu afsonada gunoh va uning jazosi, poklikning mohiyati ta'riflanib olov, suv, yer, chorva, daraxt hamda o’simliklar ulug’lanadi, kohin, harbiy, dehqon va chorvadorlar sharaflanadi. Hayvonlarga zulm o’tkazish eng katta gunoh sifatida qoralanadi. Mazkur bo’limda shaxsiy gigienaga amal qilishga oid qoidalar–tirnoq va sochni parvarishlash masalalari yuzasidan fikr bildiriladi. Bildirilayotgan fikrlardan anglashiniladiki, zardushtiylik dinining g’oyalariga ko’ra, shaxsning axloqiy xislatlarga ega bo’lishi , adolat o’lkasini qaror toptirishda tayanch omil bo’lib xizmat qiladi. Zardushtning asosiy yo’riqlaridan biri ham Axura Mazdaning ko’makchisi sanalgan inson sahovatli bo’lishi kerak, degan aqidadir. Garchi, zardushtiylikda diniy rasm-rusumlarga rioya etish, Zardusht tomonidan ilgari surilgan barcha axloqiy yo’l-yo’riqlarni bajarish har bir kishining muqaddas burchi ekanligi e'tirof etilishi bilan birga, dunyoviy ishlar va ularning mohiyati ham ochib beriladi. «Yaxshi fikr» iborasining mazmuni o’zida ilohiy qonun ruhidagi g’oyalarga ega bo’lish, yaqin kishisiga nisbatan mehribonlik ko’rsatish, muhtojlarga ko’maklashish, yovuzlikka qarshi kurashga doimo tayyor turish, kishilarning baxt-saodati yo’lida harakat qilish, ahillik, qabiladoshlar bilan birga do’stlik va totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyat va fikrlar musaffoligini aks ettiradi. Inson fikran ham boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi, jaholatlarga berilmaydi. Zero, bunday ruhiy holatda inson yaxshilik haqida o’ylamaydi, burch va adolat haqida unutadi va nojo’ya harakatlar qilmaydi.
«Avesto»dagi uchlikning haqiqiy manbalariga yondashiladigan bo'1sa, ular qadimgi zamon kishilarining axloqiy tasavvurlariga batamom muvofiq bo’lib tushadi. Fikr, so’z va ishning birligi ibtidoiy insonning ham ajralmas xislati edi. Uning ong, axloq va boshqalar xususidagi tasavvurlari o’zi mansub bo’lgan jamoa bilan uzviy bog’langan, Jamoaning fikri uning ham fikri, jamoaning so’zlari uning ham so’zlari, jamoaning ishlari uning ham ishlari bo’lgan. Ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning uyg’unligi-urug’chilik jamiyatining muhim belgisidir. Jamoaning har qanday topshirig’ini bajarish uning a'zolari uchun muqaddas qonun edi. Xulosa qilib aytganda, «Avesto» asarida insonning barkamol bo’lib yetishishida uning so’zi, fikri hamda ishi ezgu bo’lishi va ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e'tibor beriladi. Ushbu axloqiy uchlik g’oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yaratilgan barcha ma'rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo’lgan. Zero, unda insonning inson sifatida ma'naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bo’lgan muayyan talablar o’z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat Sharq, balki G’arb xalqlarining ham muhim ma'naviy merosi bo’lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht g’oyalarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham yuqori bo’lishiga olib kelgan. Markaziy Osiyo xalqlari pedagogik fikrlari tarixiy taraqqiyotida VII asrda Arabiston yarim orolida paydo bo'lgan va VIII asrda mintaqamizga ham yoyilgan islom dini muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Chunki islom dini, uning asosiy kitobi «Qur'oni Karim» va undan keyingi asosiy manba hisoblangan hadislardir Ollohga, uning payg'ambari Muhammad alayhissalomga e'tiqod qilish bilan birga ota-onaga hurmat, mehnatsevarlik, ilmga intilish, o'zaro ahil bo'lish, mehr-oqibat, ehson, sabr-toqat, kamtarlik, vafo-sadoqatlilik, poklik, adolat, diyonat kabi insoniy sifatlar haqidagi jihatlari va yaxshi fazilatli hamda odob-axloqli bo'lishlik yo'llari bayon etilgan. Xuddi shuningdek, islom dinida millatidan, elatidan, tanasining rangidan qat'iy nazar, inson insonligi uchun ulug'lanadi. Millatchilik, bir-birini kamsitish, talon-tarojlik, irqchilik islomda yo'q va bo'lmagan.
Islom dini har qanday millatchilik kayfiyatidan yuqori turadigan olomshumul ta'limot.U barcha millatlarni birlashtirib, teng, do'st, yoru-birodar qilib, tinch-omon yashashlarini uqtirib keladi.Ayni paytda islom dinida razolat, kibr-havo, adovat, xasad, xiyonat, zulm kabi illatlar qoralanadi.Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek: «Islom dini-bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma'rifat ekanligini unutmaylik. U quruq aqidalar yig'indisi emas. Ana shu ma'rifatni kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladilar va yaxshi o'gitlariga amal qiladilar. Mehr-oqibatli, oriyatli, nomusli bo'lishga, izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar».
Islom dini inson ruhini poklash, odamlar o’rtasida mehr oqibat tuyg’ularini mustahkamlashi, milliy qadriyat hamda an’analarni asrashga xizmat qilishi bilan har qanday jamiyat hayotida muhim o’rin tutadi. Yer yuzida o’zining adolatli ko’rsatmalari bilan hamisha ustuvor bo’lgan Islom dini va uning ma’lumoti nafaqat komil, ezgu qalblarni, balki kattayu kichik har bir insonni irqi, millati va e’tiqodidan qatiy nazar o’zgalar tarafidan tahqirlanishi va xo’rlanishiga also yo’l qo’ymaydi. Islom dini insonlar o’rtasini isloh qilishga xizmat qilib jamiyat o’rtasida buzg’unchilik, nohaq qon to’kilishi musulmonlar tinchligini buzish ummat orasida nizo chiqarish kabi salbiy holatlarni qoralaydigan din bu islom dinidir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Oq tanlining farzandi bilan qora tanlining farzandi o’rtasida hech qanday farq yo’q. Faqat taqvo va solih amal bilan ortiqligi bordir”,-deydilar. Qur’oni karim oyatlarida “Sizlardan yaxshilikka da’vat etadigan amri ma’ruf va nahiy mulkar ishlarini olib boradigan bir ummat bo’lsin. Aynan ular tole topuvchilardir”. (Oli Imron, 104) 
Islom o’zining beqiyos ko’rsatmalariyu ma’lumotlari bilan inson qalbiga o`rnashib, ularni jaholat zulmatidan munavvar baxt-saodatga chorlaydi. Natijada yer yuzida komil inson tarbiyalashda islom dini asosiy omil bo’lib kelmoqda. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida Turkiston (Markaziy Osiyo) o’lkasida pedagogik fikrlarning rivojlanishida, xalq maorifi ishlarini yuksaltirishda ilg’or ziyolilarning xizmatlari kattadir. Bunda jadid adabiyotining yirik vakili shoir, dramaturg, muallim Abdulla Avloniy (1878-1934)ning xizmatlari ko’p. U maktablar ochib, shaxsan o’zi muallimlik qilish bilan birga maktablarni darsliklar bilan ta’minlash ishiga katta hissa qo’shdi. Uning qalamiga mansub «Turkiy Guliston yoxud axloq», «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» «Maktab Gulistoni » asarlari bir necha bor nashr etildi.Bular ichida”Turkiy Guliston yohud axloq” nomli asarida o’zbek klassik pedagogikasining ajoyib namunasi hisoblanadi. Asarda birgina “Axloq” ga berilgan ta’rifning o’ziyoq insonlarda yaxshi tarbiya ajoyib xulq va chiroyli axloq egasi bo’lishga bo’lgan motivatsiyasini oshiradi. “Axloq” deb yozadi yozuvchi ushbu asarida, “Insonlarni yaxshilikg’a chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur. Axloq ilmini o‘qub, bilub amal qilgan kishilar o‘zining kim ekanin, janobi Haq na uchun xalq qilganin, yer yuzida nima ish qilmak uchun yurganin bilur. Bir kishi o‘zidan xabardor bo‘lmasa, ilmni, ulamoni, yaxshi kishilarni, yaxshi narsalarni, yaxshi ishlarning qadrini, qimmatini bilmas. O‘z aybini bilub, iqror qilub tuzatmakg‘a sa’y va ko‘shish qilgan kishi chin bahodir va pahlavon kishidur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram afandimiz: «Mezon tarozusiga qo‘yiladurgan amallarning ichida yaxshi xulqdan og‘irroqi yo‘qdur. Mo‘min banda yaxshi xulqi sababli kechasi uxlamasdan, kunduzlari ro‘za tutub ibodat qilgan kishilar darajasiga yetar», – demishlar”. [Turkiy guliston yoxud axloq asaridan]



Download 65.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling