I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

12-rasm.
Kitobning 
ilgarilanma bo‘lmagan 
(a) va ilgarilanma 
(b) harakati
a
b
13-rasm. 
Charxpalak 
savatla rining ilgarilanma 
harakati


18
Kinematika asoslari
Tayanch tushunchalar:
moddiy nuqta, trayektoriya, yo‘l, ko‘chish, 
ilgarilanma harakat.
1. Bitta jismni kuzatilayotgan turli jarayonlarning birida moddiy nuqta deb olish 
mumkin bo‘lgan, ikkinchisida esa mumkin bo‘lmagan hollarga bir nechta misol 
yozing.
2. Uyingizdan maktabgacha borish trayektoriyasi va ko‘chishni chizmada chizib, 
ular orasidagi masofalar farqini chamalab ko‘ring.
4-§. SKALYAR VA VEKTOR KATTALIKLAR HAMDA 
ULAR USTIDA AMALLAR
Skalyar kattaliklar 
Fizik kattaliklarni ikkita guruh – skalyar va vektor kattaliklarga bo‘lish 
mumkin.
Yo‘nalishining ahamiyati bo‘lmagan, faqat son qiymati bilan 
aniqlanadigan kattaliklar skalyar kattaliklar deb ataladi.
Hajm, vaqt, yo‘l, massa, energiya kabi fizik kattaliklar skalyar kattaliklardir. 
Ular ustida amallar sonlar ustida amallar kabi bajariladi. Masalan, birinchi 
jismning massasi m

= 8 kg, ikkinchi jismning massasi m
2
= 4 kg bo‘lsa, 
ularning birgalikdagi massasi:
m
1
+ m
2
= 8 kg + 4 kg = 12 kg.
Bu ikki jism massalari orasidagi farq:
m
1
– m
2
= 8 kg – 4 kg = 4 kg. 
Shu tariqa birinchi jismning massasi ikkinchisinikidan necha marta ortiq 
ekanligini ham aniqlash mumkin. Bundan tashqari, jism massasini biror 
songa ko‘paytirish yoki bo‘lish mumkin. Masalan, m = 12 kg bo‘lsa, uni
3 ga ko‘paytirish va bo‘lish quyidagicha bajariladi:
m
ּ 3 = 12 kg ּ 3 = 36 kg; m : 3 = 12 kg : 3 = 4 kg. 
To‘g‘ri chiziq bo‘yicha harakatda jism qayerdan harakatni boshladi, qaysi 
tomonga harakatlandi va bosib o‘tilgan yo‘lning kattaligini bilish bu jismning 
harakat oxiridagi vaziyatini aniqlash uchun yetarlidir. 

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling