I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

Vektor kattaliklar 
Ba’zi fizik kattaliklar bilan ish ko‘rilganda ularning son qiymatini bilish 
kifoya qilmaydi, ularning yo‘nalishi ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 


19
I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar
Masalan, jism s = 5 m masofaga ko‘chdi, deyish 
yetarli emas. Bunda ko‘chishning yo‘na lishi ham 
ma’lum bo‘lishi kerak. Shunda jism qaysi tomonga 
va qayerga ko‘chganligi haqida to‘liq tasavvurga 
ega bo‘lamiz. 
Stol ustida turgan aravachaga ma’lum bir kuch 
ta’sir etmoqda, deyish yetarli emas. Bu kuch 
jismga chapdan o‘ngga yo‘nalishda ta’sir etganda, 
aravacha o‘ngga, o‘ngdan chapga yo‘ na lishda ta’sir 
etganda esa chapga tomon harakatlanadi (14-rasm). 
Agar kuch aravachaga tepadan pastga ta’sir etsa, 
aravacha harakat qilmaydi.
Kuch, tezlik, ko‘chish kabi fizik kattaliklar vektor kattaliklardir. Bu 
kattaliklarni o‘rganishda son qiymatidan tashqari ularning yo‘nalishini ham 
bilish muhim.
Son qiymatlari va yo‘nalishlari bilan aniqlanadigan kattaliklar 
vektor kattaliklar deb ataladi.
Odatda, vektor kattaliklar ustiga yo‘nalish – strelka qo‘yiladi. Masalan, 
kuch – F

, tezlik – υ

, ko‘chish – s

ko‘rinishda ifodalanadi. Vektor 
kattalikning faqat miqdorini ko‘rsatmoqchi bo‘lsak, uning son qiymati 
quyidagicha ifodalanadi:
F

| = 2 N, | υ

| = 10 m/s, | s

| = 5 m 
yoki F = 2 N, υ = 10 m/s, s = 5 m.
Vektor kattalik chizmada uzunligi son qiymatiga teng yo‘nalishli kesma 
shaklida ko‘rsatiladi.
Vektor kattaliklarni qo‘shish va ayirish
Anhorning A nuqtasidan B nuqtasi tomon υ
1
tezlikda suzib o‘tmoqchi 
bo‘lgan suzuvchining harakatini ko‘rib chiqaylik (15-rasm). Suzuvchi 
B nuqta tomon suzmoqda, lekin υ
2
tezlikdagi daryo oqimi ta’sirida u narigi 
qirg‘oqning C nuqtasiga borib qoladi. Suzuvchi A dan B ga yetib olish 
uchun sarflagan t vaqtda daryo suvi B dan C gacha bo‘lgan masofani 
o‘tadi. Suzuvchi o‘zining υ

1
tezligiga suvning υ

2
tezligi qo‘shilishi natijasi 
bo‘lgan υ

3
tezlikda daryoni suzib o‘tadi. Vektor ko‘rinishda buni quyidagicha 
ifodalash mumkin:
υ

1
υ

2
υ

3


Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling