19
I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar
Masalan, jism
s = 5 m masofaga ko‘chdi,
deyish
yetarli emas. Bunda ko‘chishning yo‘na lishi ham
ma’lum bo‘lishi kerak. Shunda jism qaysi tomonga
va qayerga ko‘chganligi haqida to‘liq tasavvurga
ega bo‘lamiz.
Stol ustida turgan aravachaga ma’lum
bir kuch
ta’sir etmoqda, deyish yetarli emas. Bu kuch
jismga chapdan o‘ngga yo‘nalishda ta’sir etganda,
aravacha o‘ngga, o‘ngdan chapga yo‘ na lishda ta’sir
etganda esa chapga tomon harakatlanadi (14-rasm).
Agar kuch aravachaga tepadan pastga ta’sir etsa,
aravacha harakat qilmaydi.
Kuch, tezlik, ko‘chish kabi fizik kattaliklar vektor kattaliklardir. Bu
kattaliklarni o‘rganishda son qiymatidan tashqari ularning yo‘nalishini ham
bilish muhim.
Son qiymatlari va yo‘nalishlari bilan aniqlanadigan kattaliklar
vektor kattaliklar deb ataladi.
Odatda, vektor kattaliklar ustiga yo‘nalish – strelka qo‘yiladi. Masalan,
kuch –
F
→
, tezlik –
υ
→
, ko‘chish –
s
→
ko‘rinishda ifodalanadi.
Vektor
kattalikning faqat miqdorini ko‘rsatmoqchi bo‘lsak, uning son qiymati
quyidagicha ifodalanadi:
|
F
→
| = 2 N, |
υ
→
| = 10 m/s, |
s
→
| = 5 m
yoki
F = 2 N,
υ = 10 m/s,
s = 5 m.
Vektor kattalik chizmada uzunligi son qiymatiga teng yo‘nalishli
kesma
shaklida ko‘rsatiladi.
Vektor kattaliklarni qo‘shish va ayirish
Anhorning A nuqtasidan B nuqtasi tomon
υ
1
tezlikda suzib o‘tmoqchi
bo‘lgan suzuvchining harakatini ko‘rib chiqaylik (15-rasm).
Suzuvchi
B nuqta tomon suzmoqda, lekin
υ
2
tezlikdagi daryo oqimi ta’sirida
u narigi
qirg‘oqning C nuqtasiga borib qoladi. Suzuvchi A dan B ga yetib olish
uchun
sarflagan t vaqtda daryo suvi B dan C gacha bo‘lgan masofani
o‘tadi. Suzuvchi o‘zining
υ
→
1
tezligiga
suvning υ
→
2
tezligi qo‘shilishi natijasi
bo‘lgan
υ
→
3
tezlikda daryoni suzib o‘tadi. Vektor ko‘rinishda buni quyidagicha
ifodalash mumkin:
υ
→
1
+
υ
→
2
=
υ
→
3
.
Do'stlaringiz bilan baham: