17
I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar
Ilgarilanma harakat
Agar jism ilgarilanma harakat qilsa, uning
harakatini ifodalash uchun
jismning bitta nuqtasi
harakatini ifodalash yetarli. Masalan, stol usti-
dagi kitobni bir joydan boshqa joyga turlicha
ko‘chirish mumkin (12-rasm). (
a)
holda uning
qirralari turlicha harakat qiladi. (
b) holda kitob
qirralarining harakat trayektoriyasi bir xil bo‘ladi,
ya’ni kitobning to‘rttala qirrasi trayektori yalarini
ustma-ust qo‘yish mumkin.
Kitob ning ikkinchi
holdagi harakati ilgarilanma harakat ga misol bo‘la
oladi. Bunda kitobning qirralarigina emas, boshqa
ixtiyoriy nuqtalari ham bir xil harakat qiladi.
Velosiрed yoki motorli qayiqdagi odam
ilgarilanma hara kat qiladi. Lekin velosiped
g‘ildiragi va motor parraklarining harakati bunga misol bo‘la olmaydi.
Harakat davomida jismning hamma nuqtalari bir xil ko‘chsa,
bunday harakatga ilgarilanma harakat deyiladi.
Ilgarilanma harakat qilayotgan
jismning ixtiyoriy
ikki nuqtasidan o‘tkazilgan har qanday chiziq
o‘ziga o‘zi parallel ravishda ko‘chadi.
Tepaga ko‘tarilayotgan lift, uchib ketayot gan
samolyot va raketa ilgarilanma harakat qiladi.
Istirohat bog‘idagi
charxpalak savati aylanma
harakat qiladi (13-rasm). Lekin shu bilan bir
vaqtda u ilgarilanma hara kat ham qiladi. Chunki
savatning ixti yoriy ikki nuqtasidan o‘tkazilgan
to‘g‘ri chi ziq o‘z-o‘ziga parallel ravishda ko‘chadi.
Ilgarilanma harakat qilayotgan jismning harakati
o‘rganilayotganda,
uning faqat bitta nuqtasi
harakatini o‘rganish kifoyadir. Shu sababli ilgari lanma harakat qilayotgan
jismni moddiy nuqta deb qarash mumkin. Ilgarilanma harakat to‘g‘ri chiziqli
va egri chiziqli bo‘lishi mumkin.
Jism lar harakatini uch turga: ilgarilanma, aylanma va tebranma harakatlarga
bo‘ lish shartli bo‘lib, bu murakkab harakatlarni tahlil qilishni osonlashtiradi
va matematik ko‘rinishda ifodalash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: