15
I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar
Uzunligi 4 m bo‘lgan avtomobilning 10 km masofani bosib o‘tishdagi
harakatini o‘rganishda uni moddiy nuqta deb qarash mumkin. Chunki avto-
mobil bosib o‘tadigan masofa uning uzunligidan 2500 marta katta. Shu
singari, samolyotning uzoq masofaga parvozi qaralayotganda,
uni moddiy
nuqta deb hisoblash mumkin. Aynan bir jism bir holda moddiy nuqta deb
qaraladi, boshqa holda esa uni moddiy nuqta deb qarab bo‘lmaydi. Masalan,
o‘quvchi maktabga bora yot ganida uyidan 1 km masofani bosib o‘tsa, bu
harakatda uni moddiy nuqta deb qarash mumkin. Lekin shu o‘quvchi uy
ichida ertalabki gimnastika mashq larini bajarayotganida,
uni moddiy nuqta
deb bo‘lmaydi. Kitobni sumkadan olib stolga qo‘yish jarayonini rasmda
ifodalashda kitobni qaysi tomoni bilan qo‘yganligimizni ko‘rsata olamiz.
Lekin maktabga olib ketilayotgan kitob chizmada juda kichkina nuqta
sifatida tasvirlanadi. Bu holda uni moddiy nuqta deb olish mumkin.
Moddiy nuqta tushunchasidan harakatlanayotgan jism o‘lchami
bosib
o‘tilgan masofaga nisbatan juda kichik bo‘lgan holdagina emas, balki tahlil
qilinayotgan jism o‘lchami unga nisbatan qaralayotgan boshqa bir jismgacha
bo‘lgan masofaga nisbatan juda kichik bo‘lganida ham foydalaniladi. Yer
sharining o‘lchamlari juda katta. Lekin Yer sayyorasining Quyosh atrofida
aylanishi o‘rganilayotganda, ular orasidagi masofa yanada kattaligi sababli,
Yerni moddiy nuqta deb qarash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: