I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

Trayektoriya
Dos kaga bo‘r bilan chizganda, qorli yo‘lda 
avtomobil yurganda, osmondagi tosh bo‘la -
gi – meteor atmosferadan o‘t ganda, ular 
iz qol diradi (9-rasm). Bo‘r, avtomobil va 
meteor ning qoldirgan izi ularning ha rakat 
trayektori yasidir.
Jismlar o‘z hara katida har doim ham iz 
qoldiravermaydi. Masalan, osmon da uchayot -
gan meteor iz qol dirsa, tramplindan sakrayotgan sportchi esa iz qo l dirmay -
di. Sportchi, to‘p, odam, mashina, qush va samolyotlarning o‘z harakati 
davomida izi ko‘rinmasa-da, ularning izini uzluksiz chiziq deb tasavvur 
qilish mumkin. 
Moddiy nuqtaning o‘z harakati davomida bosib o‘tgan nuqtalarini 
birlashtiruvchi chiziq harakat trayektoriyasi deb ataladi.
9-rasm. 
Meteor jismning harakat 
trayektoriyasi


16
Kinematika asoslari
Yo‘l va ko‘chish
Jism trayektoriyasini miqdor jihatdan baholash uchun fizik kattalik – yo‘l 
qabul qilingan.
Jismning harakat trayektoriyasi bo‘ylab bosib o‘tgan masofasi
 
trayektoriya uzunligi yo‘l deb ataladi va s
 harfi bilan belgilanadi.
Yo‘lning, umuman, uzunlikning o‘lchov birligi qilib metr qabul qilingan. 
Uning namunasi – etaloni etib Parijdagi Xalqaro O‘lchovlar Byurosida 
saqlanadigan platina-iridiydan tayyorlangan maxsus sterjen uzunligi olingan. 
Ba’zi hollarda jismning bosib o‘tgan yo‘li emas, balki u harakatni qaysi 
nuqtadan boshlab, qaysi nuqtada to‘xtatgani ahamiyatliroqdir. 
Jism harakatidagi boshlang‘ich va oxirgi vaziyatini tutashtiruvchi 
yo‘nalishli kesma ko‘chish deb ataladi.
Siz ko‘l qirg‘og‘idagi so‘qmoqdan yurib, A nuq-
tadan B nuqtaga egri chiziqli trayektoriya bo‘ylab 
100 m yo‘lni bosib o‘tishingiz mumkin (10-rasm). 
Bunda ko‘chish A nuqtadan B nuqtagacha bo‘lgan 
masofaga, ya’ni 40 m ga teng bo‘ladi. Do‘stingiz 
esa qayiqda A nuqtadan B nuqtaga to‘g‘ri chiziq 
bo‘yicha suzib o‘tsa, trayektoriya va ko‘chish 
ustma-ust tushib, uning uzunligi 40 m bo‘ladi. 
Toshkentdan Andijongacha ko‘chish 245 km 
bo‘lgani holda, avtomobil Toshkentdan Andijonga 
borish uchun 380 km yo‘lni bosib o‘tadi. To‘g‘ri chiziqli harakatda esa yo‘l 
va ko‘chish bir-biriga teng bo‘ladi.
Mexanik harakat
Soddalashtirish maqsadida jism lar harakati 
uch turga bo‘ lib o‘rganiladi: ilgarilanma, ay-
lanma va tebranma. Avtomashinaning kor pusi 
ilgarilan ma harakat qilsa, g‘ildiraklari ay lan ma 
harakatlanadi (11-rasm). Motoridagi por sh en lari 
esa teb ranma harakat qiladi, deyish mumkin.

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling