I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

Tayanch tushunchalar
: skalyar kattalik, vektor kattalik, vektorlar 
yi g‘in disi, vektorlar ayirmasi, vektorni songa ko‘paytirish, vektorni 
songa bo‘lish, vektorning proyeksiyasi (tashkil etuvchisi).
1. Uyingizdan maktabgacha yurgan yo‘lingizni vektor ko‘rinishida ifodalab, 
bu vektorlar yig‘indisini toping.
1.
22-rasmda ko‘rsatilgan a) s

1
va s

2
vektorlarning; b) F

1
va F

2
vektorlarning; d) a

, b

va c

vektorlarning; e) a

1
, a

2
, a

3
, a

4
va a

5
vektorlarning yig‘indisini daftaringizda tasvirlang. 
2.
22-rasmda ko‘rsatilgan: a) s

1
vektordan s

2
vektorning ayirmasini; b) F

1
vektordan F

2
vektorning ayirmasini daftaringizda tasvirlang. 
3.
23-rasmda ko‘rsatilgan: a) F

vektorni 2 ga ko‘paytiring; b)  a

 
vektorni 
5 ga ko‘paytiring; d) b

vektorni 3 ga bo‘ling.
4.
23-rasmda ko‘rsatilgan s

va υ

vektorlarning Ox o‘qqa proyeksiyasini
daftaringizda tasvirlang.
22-rasm.
Yig‘indisi va ayirmasi aniqlanadigan vektorlar












s
1
s
2
a
F
1
F
2
b
a
5
a
3
a
4
a
1
a
2
c

F
O

b

a


s
x
υ
23-rasm. 
Songa ko‘paytiriladigan va bo‘linadigan, proyeksiyasi 
aniqlanadigan vektorlar


24
Kinematika asoslari
I BOBGA OID QO‘SHIMCHA 
SAVOL VA MASHQLAR
1.
Tekis harakatlanib ketayotgan kemaning old tumshug‘ida turgan 
kamonchi kemaning orqa tumshug‘iga o‘rnatilgan nishonga
kema orqa tumshug‘idagi xuddi shunday kamonchi esa kema old 
tumshug‘idagi nishonga o‘q otsa, qaysi birining o‘qi nishonga 
avval yetib boradi? 
2.
Poyezd kupesida o‘tirib ketayotgan yo‘lovchi: «Men tinch turibman, 
tashqaridagi rels va daraxtlar menga nisbatan harakat qilishmoqda», 
desa, poyezdning mashinisti: «Men parovozda yoqilg‘i sarflab, 
poyezdni harakatlantirmoqdaman. Tashqaridagi rels va daraxtlar 
tinch turibdi», deydi. Sizningcha, kimning gapi to‘g‘ri? 
3.
Agar poyezd ekvatorda g‘arbdan sharqqa tomon ma’lum bir 
tezlikda harakatlanayotgan bo‘lsa, u Yerning sharqdan g‘arbga 
tomon soatiga ikki ming kilometr tezlikda o‘z o‘qi atrofida 
aylanayotgan harakatini biroz bo‘lsa ham kamaytirayotgandir? Siz 
nima deb o‘ylaysiz?
4.
Tinch turgan vagon ichida turib vertikal sakrasak, sakragan 
joyimizga qaytib tushamiz. Agar to‘g‘ri chiziqli tekis harakat 
qilayotgan vagon ichida vertikal sakrasak, qayerga tushamiz? 
Sakragan joyimizgami yoki harakat yo‘nalishiga qarama-qarshi 
tomongami? Biror yukni harakat yo‘nalishida otish uchun vagon 
tinch turganiga qaraganda ko‘proq kuch kerak bo‘ladi. Harakat 
yo‘nalishiga qarama-qarshi yo‘nalishda otish uchun-chi?
5.
Faraz qiling, o‘rtog‘ingiz bilan kemaning xonalaridan biriga 
joylashib oldingiz. Tashqari sizga ko‘rinmaydi. Uxlashga yot-
ganingizda kema to‘xtab turgan edi. Uxlab turganingizda u to‘xtab 
turgani yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qilayotganini bilish uchun 
nima qilasiz?
6.
Trubaning ostki qismini bukib, bukilgan tomon uchini tez oqayotgan 
suv yo‘nalishiga qarshi qilib o‘rnatsak, trubaning suv sathidan 
yuqoriroqdagi uchidan suv oqayotganligini kuzatishimiz mumkin. 
Quyidagi muammoni hal etib ko‘ring. Poyezdga stansiyada suv 
olinishi kerak, lekin to‘xtashga vaqt yo‘q. Yuqoridagi usuldan 
foydalanib, to‘xtamasdan poyezdga suv g‘amlab olish mumkinmi?


25
I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar
7.
Vertolyot gorizontal ravishda sharq tomonga 10 km, so‘ngra 
janub tomonga 8 km, undan keyin g‘arb tomonga 12 km, shundan 
so‘ng esa shimol tomonga 8 km uchdi. Vertolyotning yo‘li va 
ko‘chishini toping.

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling