I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


-§. TO‘G‘RI CHIZIQLI TEKIS HARAKAT


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

5-§. TO‘G‘RI CHIZIQLI TEKIS HARAKAT 
HAQIDA TUSHUNCHA
Tekis harakat
Jismning mexanik harakatini tahlil qilish uchun 
quyidagi tajribani o‘tkazaylik. Aravachaga 24-rasmda 
ko‘rsatilganidek tomiz g‘ich o‘rnatilgan bo‘lsin. Bir xil 
vaqt oralig‘ida bittadan tomchi tushib tursa, u qaysi 
vaqtda arava qayerda bo‘lgan ligini belgilab ketadi. 
Aravachani qo‘yib yu borsak, u osilgan yuk ta’sirida 
hara kat lanadi. Bunda aravacha ortidagi tom chi lar 
orasi dagi masofa bir xil emasligini kuzatish mumkin. 
Demak, aravacha bir xil vaqt oraliqlarida turlicha 
masofani bosib o‘tgan, ya’ni u notekis harakat qilgan.
Endi yuqoridagi tajribani biroz o‘zgartiraylik. Bu 
gal osilgan yukni kamaytirib shunga eri shaylikki, 
tomgan tomchilar orasidagi masofa bir xil bo‘lsin (25-
rasm). Bu holga aravacha bir xil vaqt oraliqlarida bir 
xil yo‘lni bosib o‘tgan, deyish mumkin. Aravaning 
bunday harakati tekis harakatga misol bo‘la oladi. 
24-rasm. Aravachaning 
notekis harakati
25-rasm. Aravachaning 
tekis harakati


27
II bob. To‘g‘ri chiziqli harakat
Agar jism ixtiyoriy teng vaqtlar oralig‘ida bir xil yo‘lni bosib 
o‘tsa, uning bunday harakati tekis harakat deb ataladi.
Harakat tezligi o‘zgarmas bo‘lgan jismning harakati tekis harakatdir. Agar 
avtomobil to‘g‘ri yo‘l bo‘ylab tekis harakatlanib, har bir minutda 1,5 km 
dan yo‘l bosib o‘tayotgan bo‘lsa, 2 minutda 3 km, 5 minutda 7,5 km, 10 
minutda 15 km, 30 minutda 45 km, 1 soatda 90 km yo‘lni bosib o‘tadi. 
Soat millari uchining harakati ham tekis harakatga misol bo‘la oladi. 
Lekin ularning harakat trayektoriyasi aylanadan iborat. Yuqorida keltirilgan 
misollardagi jismlarning harakatini uch turga ajratish mumkin:
1) tezligi bir xil va trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqli; 
2) tezligi bir xil, lekin trayektoriyasi egri chiziqli;
3) trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqli, lekin tezligi har xil. 
Tevarak-atrofimizdagi jismlarning aksariyat hollardagi harakat trayektoriyasi 
egri chiziqdan iborat bo‘ladi. Ayrim hollardagina jismlar yo‘lning ma’lum 
bir qismida to‘g‘ri chiziqli harakat qilishi mumkin.

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling