I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

Tayanch tushunchalar: tekis harakat, to‘g‘ri chiziqli harakat, to‘g‘ri 
chiziqli tekis harakat.
1. 24 va 25-rasmlarda tasvirlangan tajribani tushuntirib bering.
2. To‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan tekis harakatga misol keltiring.
3. To‘g‘ri chiziqli, lekin tekis bo‘lmagan harakatga misol keltiring.
4. To‘g‘ri chiziqli tekis harakatni ta’riflab bering.
5. Siz maktabga ketayotganingizda yo‘lning qaysi qismida to‘g‘ri chiziqli tekis 
harakat qilasiz?
6-§. TO‘G‘RI CHIZIQLI TEKIS HARAKAT TEZLIGI 
 
Tezlikni aniqlash
Agar bir xil vaqt oralig‘ida bosib o‘tilgan yo‘l turlicha bo‘sa, bir xil 
masofani o‘tishi uchun turlicha vaqt sarflanadi. Masalan, bir xil masofani 
bosib o‘tish uchun avtomobil velosipedchidan kam vaqt sarflaydi. Piyoda bir 
minutda 100 m masofani bosib o‘tsa, Yerning sun’iy yo‘ldoshi bu vaqtda 500 
km, yorug‘lik nuri esa 18 mln kilometrni o‘tadi. Kuzatishlarimizdan bir jism 
ikkinchi jismdan tez yoki sekin harakatlanishini bilamiz. Masalan, velosiрed 
odamdan tez, avtomobil odam va velosiрeddan tez, tez yurar poyezddan esa 
sekin harakat qiladi. Samolyotning harakati esa poyezdnikidan ham tezdir 
(26-rasm).


29
II bob. To‘g‘ri chiziqli harakat
s
(1)
6-sinf fizika darslaridan jismning bosib o‘tgan yo‘li s, shu yo‘lni bosib 
o‘tishiga ketgan vaqt t, harakat tezligi υ bilan belgilanishini bilasiz. Shularga 
asosan tekis harakatdagi formulasi quyidagicha ifodalangan edi:
υ =

t .
Jismning tekis harakatidagi tezligi jism bosib o‘tgan yo‘lning shu 
yo‘lni bosib o‘tish uchun ketgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi.
Jismning tekis harakatdagi tezligi yo‘lning istalgan qismida bir xil son 
qiymatga ega bo‘ladi. Har qanday son 1 ga bo‘linsa, natija shu songa teng 
ekanligi ma’lum. Agar (1) formulada t = 1 s bo‘lsa, 
υ = 1 = s
bo‘lib qoladi. Demak, tekis harakatda birlik vaqtda bosib o‘tilgan yo‘l son 
jihatdan tezlikka teng ekan. Tezlikka quyidagicha ta’rif berish mumkin:

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling