I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat
Jismni vaqt birligida bosib o‘tilgan yo‘liga son jihatdan teng
Download 2.62 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf fizika uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tezlik birligi
Jismni vaqt birligida bosib o‘tilgan yo‘liga son jihatdan teng
bo‘lgan kattalikka tezlik deb ataladi. Yuqorida keltirilgan misollarda vaqt birligi sifatida 1 soat olingan. Agar odam 1 soatda 18 km, velosiрed 36 km, avtomobil 90 km, poyezd 144 km, samolyot esa 900 km masofani bosib o‘tsa, ularning 1 sekundda qancha masofani bosib o‘tishini, ya’ni vaqt sekundlarda ifodalangan tezliklarini 36 km/soat 900 km/soat 26-rasm. Jismlarning turli tezlikdagi harakatlari 144 km/soat 90 km/soat 18 km/soat 30 Kinematika asoslari . soat soat . hisoblab ko‘raylik: odam tezligi υ o = 5 m/s, velosiрedniki υ v = 10 m/s, avtomobilniki υ a = 25 m/s, poyezdniki υ p = 40 m/s, samolyotniki esa υ s = = 250 m/s. Fan va texnikaning rivojlanishi bilan vaqt, masofa va tezlik kabi fizik kattaliklarning aniq o‘lchanishiga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Biz uchun arzimas ko‘ringan bir sekundda velosiped bor yo‘g‘i 10 m masofani bosib o‘tsa, Yer Quyosh atrofida aylanishida 29 km, yorug‘lik nuri esa bo‘shliqda 300 000 km yo‘lni o‘tadi. Agar Yer sun’iy yo‘ldoshlari bilan aloqadagi ma’lumotda 1 sekund xatolikka yo‘l qo‘yilsa, Yerda harakatlanayotgan avto- mobillarga yo‘lda harakatlanish haqida ko‘rsatma berayotgan «navigator»ning ma’lumotlarida 10 km gacha xatolik kuzatilishi mumkin. Tezlik birligi Xalqaro birliklar sistemasida uzunlik (yo‘l) birligi – metr (m), vaqt birligi – sekund (s) qabul qilinganligini bilasiz. XBSda tezlikning birligi sifatida m/s qabul qilingan. Agar tezligi 6 m/s bo‘lsa, jism 1 s vaqtda 6 m masofani bosib o‘tadi. Tezlikning asosiy birligi – m/s dan tashqari hisoblashda qulay bo‘lishi uchun hosilaviy birliklar: km/soat, km/min, km/s, sm/s kabi birliklari ham qo‘llaniladi. Bunda: 1 m/s = 3,6 km/soat, 1 m/s = 0,06 km/min, 1 km/s = 1000 m/s, 1 m/s = 100 sm/s ni tashkil etadi. Masalalar yechishda va kundalik hayotda tezlikning km/soat da berilgan qiymatini m/s da yoki m/s da berilgan qiymatini km/soat da ifodalash kerak bo‘ladi. Agar tezlik m/s da berilgan bo‘lsa, uning qiymatini 3,6 ga ko‘paytirish orqali tezlikning km/soat da ifodalangan qiymatini topish mumkin. Masalan, velosiрed 10 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan bo‘lsa, uning km/soat da ifodalangan tezligi quyidagicha topiladi: υ =10 m s = 10 · 3,6 km = 36 km Agar tezlik km/soatda berilgan bo‘lsa, uning tezligini 3,6 ga bo‘lish yoki 5/18 ga ko‘paytirish orqali tezlikning m/s da ifodalangan qiymatini topish mumkin. Masalan, avtomobil 90 km/soat tezlikda harakatlanayotgan bo‘lsa, uning m/s da ifodalangan tezligi quyidagicha topiladi: υ = 90 km = 90 · 5 18 m s = 25 m s soat 31 II bob. To‘g‘ri chiziqli harakat Tezlikning tabiiy o‘lchov birligi – yorug‘likning bo‘shliq (kosmik fazo)dagi tezligi 300 000 km/s ga tengligi ma’lum. Astronomiyada uzunlikning eng katta qiymati sifatida yorug‘likning bir yilda bosib o‘tadigan masofasidan (9,5 ∙ 10 12 km) foydalaniladi. Hozir bunday katta masofalar ham fazo o‘lchamlarini ifodalashda kichiklik qilgani uchun, parsek (31 ∙ 10 12 km), undan 1000 marta katta bo‘lgan kiloparsek va 1 000 000 marta katta megaparseklardan foydalanilmoqda. Download 2.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling