39
II bob. To‘g‘ri chiziqli harakat
Tezlanish birligi sifatida sm/s
2
ham ko‘p qo‘llaniladi. Bunda:
1 m/s
2
= 100 sm/s
2
.
Tezlanish formulasi sekinlanuvchan harakat uchun ham o‘rinlidir. Keyingi
vaqt oldingi vaqtdan har doim katta bo‘lgani uchun (1)
formula maxraji har
doim musbat bo‘ladi. Kuzatilayotgan vaqtdagi tezlik boshlang‘ich tezlikdan
kichik bo‘lsa, bu formula suratidagi
υ
–
υ
0
ayirma manfiy bo‘ladi. Masalan,
jismning boshlang‘ich tezligi
υ
0
= 20 m/s, Δ
t = 10 s vaqt o‘tgandagi tezligi
esa
υ = 5 m/s bo‘lsa, tezlanish quyidagicha topiladi:
=
–1,5
=
5
– 20 m
m
10 s
2
s
2
a =
υ
–
υ
0
Δ
t
.
Demak, tekis tezlanuvchan harakatda jismning tezlanishi musbat (
a > 0),
tekis sekinlanuvchan harakatda esa manfiy (
a < 0) bo‘ladi. Tezlanish vektor
kattalikdir. Uning vektor ko‘rinishdagi ifodasi quyidagicha bo‘ladi:
To‘g‘ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakatda tezlanish yo‘nalishi jismning
harakat yo‘nalishi bo‘yicha, tekis sekinlanuvchan harakatda esa hara-
kat yo‘nalishiga qarama-qarshi bo‘ladi. Tezlanish
tezlikning vaqt bir li gida
o‘zgarishi bo‘lgani uchun, tezlikning o‘zgarishi qachon kuzatiladi, degan savol
tug‘iladi. Turli vaqtlardagi tezlik qiymatlarining bir-biridan farqli bo‘lishi
natijasida tezlanish hosil bo‘ladi. O‘zgarish bo‘lishi uchun kattalikning turli
vaqtdagi qiymatlarining ayirmasi noldan farqli bo‘lishi kerak. Tezlik vektor
kattalik bo‘lgani uchun vaqt o‘tishi bilan tezlikning o‘zgarishi
ikki holatda
kuzatiladi:
1) to‘g‘ri chiziqli harakatda tezlikning absolyut qiymati, ya’ni moduli
o‘zgarganida: |
υ
2
–
υ
1
| ≠ 0;
2) miqdor jihatdan bir xil bo‘lsa ham harakat yo‘nalishi o‘zgarganida:
υ
→
2
–
υ
→
1
≠ 0.
Demak,
tezlikning moduligina emas, harakat yo‘nalishi o‘zgarganida ham
tezlanish kuzatilar ekan.
To‘g‘ri chiziqli harakatda tezlik va tezlanishning vektor qiymatlari o‘rniga
skalyar qiymatlarini olish mumkin. Chunki to‘g‘ri chiziqli harakatning turli
vaqtdagi yo‘nalishlari o‘zgarmaydi. O‘zgaruvchan harakat haqida ma’lumot
beruvchi asosiy kattaliklardan biri tezlanish ekanligi ma’lum bo‘ldi. Keyingi
boblarda uning paydo bo‘lish sabablariga to‘xtalamiz.
(2)
a
→
=
υ
→
–
υ
→
0
t
.
40
Kinematika
asoslari
Masala yechish namunasi
Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan «Spark» avtomobili 5 s davomida
tezligini 36 km/soat dan 90 km/soat ga oshirdi. Uning tezlanishini toping.
Berilgan: Formula: Yechilishi:
Δ
t = 5 s;
υ
0
= 36 km/soat = 10 m/s;
a =
υ
–
υ
0
t
.
3
=
25
– 10 m
m
5 s
2
s
2
a =
.
υ = 90 km/soat = 25 m/s.
Topish kerak:
Javob: a = 3 m
s
2
.
a = ?
Do'stlaringiz bilan baham: