I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

9-§. TEKIS O‘ZGARUVCHAN 
HARAKATDA TEZLANISH
Tekis o‘zgaruvchan harakat haqida tushuncha
Notekis harakatning eng oddiy ko‘rinishi – bu tekis o‘zgaruvchan harakatdir. 
Qiya novdagi sharcha yoki aravachaning harakati tekis o‘zgaruvchan harakatga 
misol bo‘la oladi.
Tomizg‘ich o‘rnatilgan aravachaning qiya tekislikdagi harakatini ko‘rib 
chiqaylik. Tomizg‘ichdan bir tekisda har 0,5 sekundda bittadan tomchi tushsin. 
Aravacha qiya tekislikning yuqori nuqtasidan qo‘yib yuborilganida harakat 
trayektoriyasidagi tomchilar orasidagi masofa ortib borganligini kuzatish 
mumkin (33-rasm). Bunda:
1 va 2-tomchilar orasi: 5 sm – 0 sm = 5 sm; 
2 va 3-tomchilar orasi: 20 sm – 5 sm = 15 sm;
3 va 4-tomchilar orasi: 45 sm – 20 sm = 25 sm;
4 va 5-tomchilar orasi: 80 sm – 45 sm = 35 sm. 
Demak, tomchilar orasidagi masofa har 0,5 s da 10 sm ga ortib bormoqda. 
Bundan har 0,5 s da aravachaning tezligi 10 sm : 0,5 s = 20 sm/s ga ortib 
borishini aniqlash mumkin. 
33-rasm. Qiya tekislikdagi aravachaning tekis o‘zgaruvchan harakati
0 5 20 45 80


38
Kinematika asoslari
Ixtiyoriy teng vaqtlar oraligida tezligining son qiymati bir 
xil kattalikka o‘zgarib boradigan jismning harakatiga tekis 
o‘zgaruvchan harakat deb ataladi.
Avtomobil joyidan qo‘zg‘alib, tezligini bir tekis oshirib borsa, uning 
harakatini ham tekis o‘zgaruvchan (tezlanuvchan) harakat deyish mumkin.
Jism tezligi bir tekis kamayib borganda ham tekis o‘zgaruvchan harakat 
bo‘ladi. Masalan, sharchani qiya tekislikda pastdan yuqoriga dumalatganda 
uning tezligi tekis o‘zgaruvchan (sekinlanuvchan) bo‘ladi. 
Tekis to‘g‘ri yo‘lda katta tezlikda ketayotgan avtomobilning motori 
o‘chirilsa, u tekis o‘zgaruvchan (sekinlanuvchan) hara kat qilib, ma’lum yo‘lni 
bosib o‘tgandan keyin to‘xtaydi. Bundan buyon tekis o‘zgaruvchan harakat 
deganda, tezligining son qiymati tekis ortib boruvchi yoki tekis kamayib 
boruvchi harakat ko‘zda tutiladi.

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling