Fazoning asosiy xossalari: haqiqatan ham, mavjudligi, matеriya
bilan ajralmasligi (olamda fazo bilan bog‘lanmagan bitta
ham obyekt yo‘q), chеksizligi, uch o‘lchamliligi (barcha fizik
obyеktlarning bo‘yi, eni va balandligi mavjud).
Vaqtni bir o‘lchamli koordinatalarda tasvirlash
Har qanday jarayon, voqea, hodisa ma’lum bir makon (fazo) va zamon
(vaqt)da sodir bo‘ladi. Jism harakatlanadi, ya’ni o‘z vaziyatini nafaqat
fazoda, balki vaqt bo‘yicha ham o‘zgartiradi. Vaqtni o‘lchash uchun
takrorlanib turuvchi hodisaning takrorlanish davomiyligidan foydalaniladi.
Ma sa lan, Yerning o‘z o‘qi atrofida Quyoshga nis batan bir marta aylanish
vaqtini 24 soat deb yoki Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanish vaqtini
bir yil deb olishga kelishib olingan. Bir yil 31 556 926 sekundga teng.
Shuning uchun 1 s o‘tish davri Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanish
davrining 31 556 926 dan bir qismiga teng. Hozirda vaqtni katta aniqlikda
o‘lchaydigan kvars va molekulyar soatlar
ishlatiladi. Ular vaqtni sekundning trilliondan
bir qismicha aniqlikda o‘lchashi mumkin. Vaqt
o‘zi bir o‘lchamli koordinatalarda ifodalanib,
u o‘tmishdan kelajakka tomon o‘sib boruvchi
kattalik sifatida qaraladi (8-rasm).
Jismlar harakatini fazo va vaqtdan ajratgan holda tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Shuning uchun ham jismlarning mavjudligi va ularning
harakatlari fazoda va ma’lum vaqt davomida sodir bo‘ladi, dеb qaraladi.
8-rasm.
Vaqtni bir o‘lchamli
koordinatada ifodalash
o‘tmish
hozir
kelajak
7-rasm.
Samolyot harakatini uch
o‘lchamli koordinatada tasvirlash
z
x
y
o
14
Kinematika asoslari
Vaqt hodisalarning kеtma-kеt o‘zgarish tartibini va jarayon-
Do'stlaringiz bilan baham: |