I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Fazoni uch o‘lchamli koordinatalarda tasvirlash


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

Fazoni uch o‘lchamli koordinatalarda tasvirlash
Tekis to‘g‘ri yo‘lda ketayotgan avto-
mobil harakatini chizmada ifodalash uchun 
masshtabi ko‘rsatilgan bitta to‘g‘ri chiziq 
yetarli (5-rasm). Temir yo‘lning to‘g‘ri chi-
ziqli qismidagi po yezd ning harakatini ifoda-
lash ga ham bir o‘l cham li koordinata o‘qi 
kerak. Bunda harakatlanayotgan jism o‘ng 
yoki chapga, shuningdek, yuqori yoki pastga 
harakatlanmaganligi sababli qo‘shimcha koordinata o‘qlariga hojat yo‘q, 
uning harakatini bir o‘l chamli ko ordinatalarda tasvirlashning o‘zi yetarli. 
To‘g‘ri yo‘lda ketayotgan avtomobil chor rahaga kelganida chapga yoki 
o‘ngga burilishi, ya’ni to‘g‘ri chiziqli 
harakatidan chetla shi mum kin. Yer sirtini 
katta bo‘lmagan masofalarda tekislik deb 
olsak, shu tekis likda odam, velosiped, 
avtomobillarning ha ra katini tasvirlash uchun 
ikki o‘lchamli ko ordinata lar ke rak bo‘ladi. 
Demak, tekislikda vaziyati o‘zgarayotgan 
jismning harakatini, masa lan, avtomobilning 
5-rasm.
To‘g‘ri chiziqli harakatni 
bir o‘lchamli koordinatada tasvirlash
x
6-rasm. 
Tekislikdagi harakatni ikki 
o‘lchamli koordinatada tasvirlash
y
x
o


13
I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar
harakatini koordinata lar tekis ligi da tas-
virlash qulay (6-rasm). 
Qush yerda, ya’ni tekislikda yurishi,
yoki osmonda, ya’ni fazoda uchishi 
mumkin. Uning yer dagi harakatini ikki 
o‘lchamli, osmon dagi parvozini esa uch 
o‘lchamli koor dinatada ifodalash qulay. 
Samolyot parvozi harakat yo‘nalishiga
nisbatan tanlab olingan uch o‘lchamli 
koordinatalar sistemasida tasvirlanadi 
(7-rasm). Havo sharining osmondagi, dengiz hayvonlarining esa suv ostidagi
harakatini ifodalash uchun ham uch o‘lchamli koordinatalar sistemasi kerak. 

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling