I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

To‘g‘ri chiziqli harakat
Jismning harakat trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lsa, 
uning bunday harakati to‘g‘ri chiziqli harakat deyiladi.
24 va 25-rasmlardagi aravachaning tezligi bir xil yoki har xil bo‘lishidan 
qat’i nazar, ularning harakat trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqlidir. To‘g‘ri yo‘ldan 
ketayotgan avtomobilning, temiryo‘lning to‘g‘ri qismida yurgan poyezdning, 
ma’lum balandlikka ko‘tarilib olganidan keyingi samolyotning ma’lum bir 
masofadagi harakatini to‘g‘ri chiziqli harakat deb olish mumkin.
To‘g‘ri chiziqli tekis harakat
24-rasmdagi aravacha to‘g‘ri chiziqli, lekin harakat davomida turlicha 
tezlikda, ya’ni notekis harakat qilganida, uning harakatini to‘g‘ri chiziqli 
tekis harakat deb bo‘lmaydi. Soat millari bir xil tezlikda, ya’ni tekis harakat 
qiladi, lekin trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqli emas. Shuning uchun soat millari 
uchining harakati ham to‘g‘ri chiziqli tekis harakatga misol bo‘la olmaydi. 
Aravachaning 25-rasmdagi harakatida aravacha ham to‘g‘ri chiziqli, ham 
tekis harakat qilmoqda. Shuning uchun uning harakati to‘g‘ri chiziqli tekis 
harakatdir.


28
Kinematika asoslari
Agar to‘g‘ri chiziqli harakatlanayotgan jism ixtiyoriy teng vaqtlar 
oralig‘ida bir xil masofalarni bosib o‘tsa, uning bunday harakati 
to‘g‘ri chiziqli tekis harakat deyiladi.
Bunga yo‘lning ko‘tarilish, pasayish va burilishlar bo‘lmagan qismida 
avtomobilning tezlikni o‘zgartirmay harakatlanishi misol bo‘ladi. Shuningdek, 
poyezd tezlik olib, ma’lum masofa o‘tganidan so‘ng to‘g‘ri chiziqli tekis 
harakat qila boshlaydi. To‘g‘ri chiziqli tekis harakat eng oddiy mexanik 
harakatdir. Shuning uchun mexanik harakatni o‘rganishni tezlik, masofa 
va vaqt orasidagi eng sodda bog‘lanishga ega bo‘lgan jismlarning to‘g‘ri 
chiziqli tekis harakatidan boshlaymiz. So‘ngra notekis va egri chiziqli harakat 
tezliklarini tahlil qilishga o‘tamiz.

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling