I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

Tezlikni o‘lchash
Harakatlanayotgan jismlarning tezligi max-
sus asboblar yordamida o‘lchanadi. Ma salan, 
avtomobil, kema, samolyot tez ligi spidometr 
(inglizcha speed – tez lik, lotincha metreo – 
o‘lchash) yordamida o‘lchanadi.
Siz avtomobillarga o‘rna til gan spidometrni 
ko‘rgansiz (27-rasm). Uning ishlash tamoyili avtomobil g‘ildiragining vaqt 
birligi ichida aylanishlari sonini o‘lchashga asoslangan. Masalan, shinaning 
tashqi aylana uzunligi 2 m bo‘lsa, g‘ildirakning har bir aylanishida 
avtomobil 2 m masofani bosib o‘tadi. Agar sekundiga g‘ildirak 10 marta 
aylanayotgan bo‘lsa, shu vaqtda avtomobil 20 m masofani bosib o‘tgan 
bo‘ladi. U holda avtomobil spidometrining ko‘rsatadigan tezligi 20 m/s yoki 
72 km/soat bo‘ladi. Shunday asboblar borki, yerda turib, osmonda uchib 
ketayotgan samo l yotning tezligini, yo‘l chetida turib, yaqinlashib kelayotgan 
avto mobilning tezligini aniqlab berishi mumkin. Yo‘l patrul xizmati xodimlari 
shunday maxsus asbob – radar yordamida yo‘lda ketayotgan avtomobillarning 
tezligini aniqlaydilar.
Tayanch tushunchalar: tekis harakat tezligi, to‘g‘ri chiziqli tekis 
harakat tezligi, tezlik birliklari, spidometr.
1. Quyonning tezligi 54 km/soat, delfinning tezligi esa 20 m/s. Ulardan qaysi birining 
tezligi katta?
2. Oqimining tezligi 0,5 m/s bo‘lgan daryoda oqayotgan sol 15 km yo‘lni qancha 
vaqtda o‘tadi?
1. Tezliklarni km/soat da ifodalang: 2 m/s, 5 m/s, 20 m/s, 50 m/s.
2. Metro eskalatorining uzunligi 18 m. U odamni 12 sekundda yuqoriga olib chiqadi. 
Eskalatorda turgan odamning tezligini toping.
27-rasm. Avtomobil spidometri


32
Kinematika asoslari
3. Velosiрed tekis harakat qilib, 15 minutda 4,5 km masofani bosib o‘tdi. Uning 
tezligini m/s hisobida toping.
4. Tekis harakat qilayotgan avtomobil 30 minutda 40 km masofani bosib o‘tdi. 
Avtomobil tezligini toping. 

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling