I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat
Download 2.62 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf fizika uzb
Yo‘l grafigi
Jism υ = 5 m/s tezlik bilan harakat- lanayotgan bo‘lsin. Yo‘l formulasi s = υt dagi t ga son qiymatlarni berib, s yo‘lning tegishli qiymatlarini topamiz va natijalarni jadvalga yozamiz: t, s 5 10 15 20 s = υt, m 25 50 75 100 Jadvaldagi t vaqtning har bir qiymatiga to‘g‘ri kelgan s yo‘lning mos qiymatlarini koordinata o‘qlarida aks ettirsak, yo‘l grafi g i ni hosil qilamiz (29-a rasm). Tez liklari υ 1 = 2,5 m/s va υ 2 = 5 m/s bo‘l gan tekis harakatlanayotgan ikkita jism ning yo‘l gra fik lari 29-b rasmda keltirilgan. Grafik dan ko‘rinadiki, tezligi katta bo‘l gan jism grafigining vaqt o‘qiga nisbatan og‘ish bur cha gi kattaroq bo‘ la di, ya’ni tikroq joy lashadi. Agar yo‘l grafigi to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lsa, jism o‘z garmas tezlik bilan harakat qilgan bo‘la di, ya’ni tekis harakat yo‘l grafigi to‘g‘ri chiziqdir. Masala yechish namunasi Avtomobil 60 km/soat tezlik bilan te- kis harakat qilmoqda. Uning 15 minut da- vo midagi harakati uchun tezlik va yo‘l grafiklarini chizing. Yechilishi: 15 min = 0,25 soat. Tezlik grafigi tezlik o‘qida 60 km/soat nuqtadan chiquvchi va vaqt o‘qiga parallel bo‘lgan to‘g‘ri chiziqdan iborat. Grafikni 0,25 soat bilan chegaralangan qismi hamda vaqt o‘qi bilan hosil qilingan to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi (30-a rasm) 60 km/soat ∙ 0,25 soat = = 15 km ga teng. s = υt formulaga υ = 60 km/soat qiymatini qo‘yib, jadval tuzamiz: 30 100 50 20 10 3 6 9 12 s, m υ 1 = 2,5 m/s υ 2 = 5 m/s 29-rasm. Yo‘l grafigi a s, m 0 5 10 15 20 t, s b 0 t, s 10 5 0 10 20 30 40 50 t, s a υ, m/s υ, m/s υ t s= υt 0 t, s b 28-rasm. Tezlik grafigi 2 – Fizika 7. 34 Kinematika asoslari t, soat 0,05 0,1 0,15 0,2 0,25 s, km 3 6 9 12 15 Ushbu jadval asosida 30-b rasmda tas vir langan yo‘l grafigini hosil qilamiz. Download 2.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling