I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Harakat davomida jism tezligining son qiymati o‘zgaruvchan


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

Harakat davomida jism tezligining son qiymati o‘zgaruvchan 
bo‘lsa, bunday harakatga notekis harakat deyiladi.
31-rasmda tasvirlangan havorang shaklning yuzi bosib o‘tilgan s = 35 km 
yo‘lning son qiymatiga tengdir. Yuqoridagi misolda avtomobilning 
o‘zgarmas tezligi emas, balki o‘rtacha tezligi haqida gapirish mumkin. Bunda 
avtomobilning o‘rtacha tezligi 35 km : 0,5 soat = 70 km/soat ga teng.
Notekis harakatda o‘rtacha tezlik jism bosib o‘tgan yo‘lning shu 
yo‘lni bosib o‘tishga ketgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi.
Ya’ni:
υ
o‘rta
=
s
1
s

˙˙˙ s
n
t
1
t

˙˙˙ t
n
O‘rtacha tezlikning grafigi o‘zgarmas tezlik grafigi kabi gorizontal 
yo‘nalishdagi to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘ladi. (2) formuladan notekis 
harakatda bosib o‘tilgan yo‘l quyidagicha ifodalanadi:
s = υ
o‘rta 
ּ
t .
31-rasmda tasvirlangan to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi son jihatdan avto-
mobilning o‘rtacha tezligi υ
o‘rt
= 70 km/soat bilan harakat vaqti t = 0,5 soat 
ko‘paytmasiga teng. Bunda o‘rtacha tezlik grafigi hosil qilgan shtrixlangan 
shaklning yuzi notekis harakat tezligi grafigi hosil qilgan havorang shaklning 
yuziga teng bo‘ladi. 
0
31-rasm. Avtomobilning notekis harakatidagi tezlik grafigi
υ, km/soat
90
70
s = 35 km
t, soat
0,5
0,4
0,3
0,2
0,1
. (2)
(3)


36
Kinematika asoslari
Oniy tezlik
O‘rtacha tezlik notekis harakatlanayotgan jismning butun yo‘l davomidagi 
harakatini umumiy tarzda ifodalaydi. Lekin undan yo‘lning ixtiyoriy nuq-
tasidagi tezlikni bilib bo‘lmaydi. Notekis harakatda bizni aynan yo‘lning 
ixtiyoriy nuqtasidagi tezlik qiziqtirishi mumkin.

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling