I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

8.
Faraz qiling, ko‘lga qalin tuman tushgan va uning qirg‘oqlari 
ko‘rinmaydi. Ko‘ldagi qayiqning harakat yo‘nalishini ko‘rsatish 
mumkinmi? 
9.
Qayiq daryoni oqimga perpendikulyar ravishda kesib o‘tmoqda. 
Daryoda suv sohilga nisbatan daryo oqimi tezligida harakatlanadi. 
Qayiqning harakatini ikkita odam kuzatib turibdi. Ulardan biri sohilda 
qimirlamay turibdi, ikkinchisi esa oqim bo‘ylab suzib ketayotgan 
solning ustida turibdi. Ikkala kuzatuvchi qayiqning ko‘chishi va 
unga ketgan vaqtni o‘lchaydi.
Ularning olgan natijalari bir-biridan qanday farq qiladi? Qaysi 
ko‘rsatkichlari bir xil bo‘ladi?
10.
Quyidagi qaysi hollarda Yerni moddiy nuqta deb qarash mumkin? 
To‘g‘ri javoblarni belgilang:
a) Ekvator uzunligini hisoblashda;
b) Yerning Quyosh atrofidagi orbita bo‘ylab o‘tgan yo‘lini 
hisoblashda;
d) Yerning o‘z o‘qi atrofida sutkalik aylanishida ekvator nuqtasining 
harakat tezligini hisoblashda;
e) Yerdan Saturn sayyorasigacha bo‘lgan masofani hisoblashda.
11.
Nuqtalar o‘rniga mos bo‘lgan iboralarni qo‘yib, ta’rifni to‘ldiring: 
Vektor kattaliklar – bu ...
a) faqat son qiymati bilan aniqlanadigan kattaliklar;
b) faqat yo‘nalishlari bilan aniqlanadigan kattaliklar;
d) son qiymatlari hisobga olinmasa ham bo‘ladigan kattaliklar;
e) son qiymatlari va yo‘nalishlari bilan aniqlanadigan kattaliklar. 
12.
Quyida uchta vektor tasvirlangan. a
→ 
vektor n

vektorga tengmi?
c
→ 
vektor a
→ 
vektordan katta desa bo‘ladimi? 
a

n

c



26
Kinematika asoslari
II bob.
TO‘G‘RI CHIZIQLI 
HARAKAT
Tevarak-atrofimizdagi jismlar harakati turli-tuman murakkab ko‘rinishga 
ega bo‘lib, ularni o‘rganish va chizmalarda ifodalash uchun mexanik 
harakatning sodda ko‘rinishlarini tahlil etishdan boshlaymiz. Eng oddiy 
mexanik harakat – bu to‘g‘ri chiziqli tekis harakatdir. 
Bu bobda avval jismlarning to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini o‘rganamiz, 
notekis harakat haqida qisqacha ma’lumot olamiz. So‘ngra to‘g‘ri chiziqli 
tekis o‘zgaruvchan harakatni o‘rganishga kirishamiz. 

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling