122
Dinamika asoslari
1. Dumalanish ishqalanish kuchini tushuntirib bering.
Uning formulasi qanday
ifodalanadi?
2. Tevarak-atrofingizda uchraydigan sirpanish ishqalanish va dumalanish ishqa-
lanishga misollar keltiring.
1. Gorizontal holatdagi yog‘och taxtaning sirtida yog‘ochdan yasalgan 5
kg mas-
sali taxtacha tekis sirpantirilmoqda. Bunda hosil bo‘lgan sirpanish ishqalanish
kuchini toping. (Ushbu va keyingi masalalarda g = 10 m/s
2
deb, ishqalanish
koeffitsiyentining qiymatini mavzudagi jadvaldan va matndan oling.)
2. Gorizontal holatdagi po‘lat sirtida po‘latdan yasalgan 10 kg massali jism gori-
zontal yo‘nalishda kuch bilan tekis tortib sirpantirilmoqda.
Bunda jism qanday
kuch bilan tortilmoqda?
3. Gorizontal holatdagi po‘lat sirtida radiusi 10 sm, massasi 3 kg bo‘lgan po‘lat
disk tekis dumalantirilmoqda. Bunda hosil bo‘lgan dumalash ishqalanish kuchi-
ni toping.
4. 3-masalada keltirilgan disk yon tomoni bilan gorizontal holatdagi po‘lat sirt
ustida tekis sirpantirilmoqda. Sirpanish ishqalanish kuchini toping. Uni 3-ma-
saladagi dumalash ishqalanish kuchi bilan taqqoslang va xulosa chiqaring.
34-§. SIRPANISH ISHQALANISH
KOEFFITSIYENTINI ANIQLASH
(3-laboratoriya ishi)
Ishning maqsadi: yog‘och chizg‘ich ustida
sirpanayotgan taxtachaning
ishqalanish koeffitsiyentini aniqlash yordamida sirpanish
ishqalanishga oid bilimlarini mustahkamlash.
Kerakli jihozlar: uzun yog‘och chizg‘ich,
ilgakli taxtacha, dinamometr,
tarozi, tarozi toshlari.
Do'stlaringiz bilan baham: