I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

Ishni bajarish tartibi
1. Tarozida taxtachaning massasini o‘lchang va 4-jadvalga yozing. 
2. P = mg formuladan foydalanib, taxtachaning og‘irligini toping.
3. Taxtachaga dinamometrni ilib, uni chizg‘ich bo‘ylab tekis sirpan-
tiring va dinamometrning ko‘rsatishini F
i(s)
sirpanish ishqalanish kuchiga 
teng deb olib, uni jadvalga yozing. 
4. 121-betdagi (4) formuladan foydalanib, sirpanish ishqalanish koeffitsi-
yentini hisoblang.


123
V bob. Tashqi kuchlar ta’sirida jismlarning harakati
5. Taxtacha ustiga avval 100 g li, so‘ngra 200 g li tarozi toshlarini 
qo‘yib, tajribani takrorlang. Ular uchun ham sirpanish ishqalanish kuchini 
toping. Natijalarni jadvalga yozing.
6. µ
o‘rt
= (µ

+ µ
2
µ
3
)/3 formuladan foydalanib, sirpanish ishqalanish 
koeffitsiyentining o‘rtacha qiymatini hisoblang va natijani jadvalga yo-
zing.
4­jadval

m, kg
P, N
F
i(s)
, N
µ
µ
o‘rt
1.
2.
3.
7. Absolyut va nisbiy xatoliklarni toping.
8. Laboratoriya ishi natijasini tahlil qiling va xulosa chiqaring.
35-§. TABIATDA VA TEXNIKADA 
ISHQALANISH
Ishqalanishning ahamiyati
Tabiatda va texnikada ishqalanish katta ahamiyatga 
ega. Ishqalanish foydali yoki zararli bo‘lishi mumkin. 
Ishqalanish foydali bo‘lganda uni oshirishga, zararli 
bo‘lganda esa kamaytirishga harakat qilinadi.
Ishqalanish bo‘lmaganda nima bo‘lishini tasavvur qilib 
ko‘raylik. Ishqalanish bo‘lmaganda odamlar ham, hayvon-
lar ham yerda yura olmas edilar. Yurayotganimizda oyoq-
larimiz bilan yerdan turtilamiz. Ishqalanish kam bo‘lgan 
muz ustida yurish qiyinligini bilasiz. Ishqalanish bo‘lma-
ganda edi, buyumlar qo‘limizdan sirpanib tushib ketardi.
Vagon g‘ildiriklarini aylanishdan to‘xtatish uchun ishqalanish kuchi-
dan foydalaniladi (114-rasm). Avtomobilga tormoz berilganda, ishqala­
nish kuchi uni to‘xtatadi. Tinchlikdagi ishqalanishsiz u harakatlana olmas 
edi, g‘ildiraklar aylanaverardi, avtomobil esa joyida turaverardi. Ishqala-
nishni oshirish uchun avtomobil shinalarining sirti bo‘rttirib ishlanadi 
(115-rasm).
114-rasm. Vagon 
gildiragining 
tormozlanishi



124
Dinamika asoslari
Tinch holatdagi ishqalanish kuchi polda turgan stol-stul va 
shkaflarni tutib turadi, taxtaga qoqilgan mixni ushlab turadi, 
bog‘langan arqonning yechilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
O‘simlik va hayvonlarda turli xil organlar ishqalanish tu-
fayli tutib qolish vazifasini bajaradi. Masalan, o‘simliklar-
ning chirmovuqlari, filning xartumi, tirmashib chiqadigan 
hayvonlarning dumi g‘adir-budur sirtga ega bo‘ladi.

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling