I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat
Download 2.62 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf fizika uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- V BOB BO‘YICHA XULOSALAR
Tayanch tushunchalar: podshipnik, vkladish, sirpanish pod-
shipnigi, sharikli va rolikli podshipniklar. 1. Tabiatda va atrofimizda ishqalanish kuchi yo‘q deb tasavvur qiling va mulo- hazalaringizni aytib bering. 2. Qanday zararli ishqalanishlarni bilasiz? 3. Avtomobil g‘ildiragining qaysi qismida ishqalanish foydali, qaysi qismida zararli? 4. Nima uchun traktorlar, yo‘l shibbalaydigan katoklar va chaqaloqlar aravacha- lari oval shaklda ishlanmaydi? V BOB BO‘YICHA XULOSALAR ♦ Butun olam tortishish qonuni: Ikki jismning o‘zaro tortishish kuchi ularning massalari ko‘paytmasiga to‘g‘ri proporsional va ular orasidagi masofa kvadratiga teskari proporsional, ya’ni: F = G m 1 m 2 r 2 . ♦ Og‘irlik kuchi – jismlarning Yerga tortilish kuchi. Uning formu- lasi: F og‘ = mg. ♦ Jismning og‘irligi – Yerga tortilishi tufayli jismning tayanchga yoki osmaga ta’sir etadigan kuchi. Tinch holatda turgan jismning og‘irligi: P = mg. a tezlanish bilan pastga tik ravishda harakat- lanayotgan jismning og‘irligi: P = m(g–a). a = g da vaznsizlik holati kuzatiladi. ♦ Vaznsizlik – jismning faqat gravitatsion kuchlar ta’siridagi erkin harakati. ♦ Birinchi kosmik tezlik – Yerning tortish kuchi ta’sirida jismning Yer atrofida aylana bo‘ylab harakatlanishi uchun zarur bo‘lgan tezlik. Uning qiymati: υ I = 7,9 km/s. ♦ Yerning sun’iy yo‘ldoshi – inson tomonidan yaratilib, fazoga uchirilgan va Yerning yo‘ldoshiga aylantirilgan raketa, kosmik kemalar. ♦ Jism boshqa bir jism sirtida erkin harakatlanishiga ishqalanish kuchi qarshilik qiladi. Ishqalanish kuchi jism harakatiga qara- ma-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi. 127 V bob. Tashqi kuchlar ta’sirida jismlarning harakati ♦ Jismlarning ishqalanishini uch turga – tinchlikdagi ishqalanish, sirpanish ishqalanish va dumalanish ishqalanishga bo‘lish mum- kin. ♦ Tinchlikdagi ishqalanish kuchi jismni bir joyda ushlab turadi va joyidan qo‘zg‘alishiga qarshilik qiladi. ♦ Sirpanish ishqalanish jism ustida boshqa jism sirpanganda namo- yon bo‘ladi. Sirpanish ishqalanish kuchi jismning bosim kuchiga proporsional bo‘ladi: F i(s) = μN. ♦ Jism boshqa jism ustida dumalasa, dumalanish ishqalanish namo- yon bo‘ladi. Dumalanish ishqalanish kuchi dumalayotgan jism- ning og‘irligi ga to‘g‘ri proporsional, radiusiga teskari proporsio- nal bo‘ladi: Download 2.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling