I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

Tayanch tushunchalar: podshipnik, vkladish, sirpanish pod-
shipnigi, sharikli va rolikli podshipniklar.
1. Tabiatda va atrofimizda ishqalanish kuchi yo‘q deb tasavvur qiling va mulo-
hazalaringizni aytib bering.
2. Qanday zararli ishqalanishlarni bilasiz?
3. Avtomobil g‘ildiragining qaysi qismida ishqalanish foydali, qaysi qismida 
zararli?
4. Nima uchun traktorlar, yo‘l shibbalaydigan katoklar va chaqaloqlar aravacha-
lari oval shaklda ishlanmaydi?
V BOB BO‘YICHA XULOSALAR

Butun olam tortishish qonuni: Ikki jismning o‘zaro tortishish 
kuchi ularning massalari ko‘paytmasiga to‘g‘ri proporsional va 
ular orasidagi masofa kvadratiga teskari proporsional, ya’ni:
F = G m
1
m
2
r
2
.

Og‘irlik kuchi – jismlarning Yerga tortilish kuchi. Uning formu-
lasi: 
F
og‘
mg.

Jismning og‘irligi – Yerga tortilishi tufayli jismning tayanchga 
yoki osmaga ta’sir etadigan kuchi. Tinch holatda turgan jismning 
og‘irligi: P = mg. a tezlanish bilan pastga tik ravishda harakat-
lanayotgan jismning og‘irligi: P = m(g–a). a = g da vaznsizlik 
holati kuzatiladi. 

Vaznsizlik – jismning faqat gravitatsion kuchlar ta’siridagi erkin 
harakati.

Birinchi kosmik tezlik – Yerning tortish kuchi ta’sirida jismning 
Yer atrofida aylana bo‘ylab harakatlanishi uchun zarur bo‘lgan 
tezlik. Uning qiymati: υ
I
= 7,9 km/s.
♦ Yerning sun’iy yo‘ldoshi – inson tomonidan yaratilib, fazoga 
uchirilgan va Yerning yo‘ldoshiga aylantirilgan raketa, kosmik 
kemalar.
♦ Jism boshqa bir jism sirtida erkin harakatlanishiga ishqalanish 
kuchi qarshilik qiladi. Ishqalanish kuchi jism harakatiga qara-
ma-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi.


127
V bob. Tashqi kuchlar ta’sirida jismlarning harakati

Jismlarning ishqalanishini uch turga – tinchlikdagi ishqalanish, 
sirpanish ishqalanish va dumalanish ishqalanishga bo‘lish mum-
kin.

Tinchlikdagi ishqalanish kuchi jismni bir joyda ushlab turadi va 
joyidan qo‘zg‘alishiga qarshilik qiladi.

Sirpanish ishqalanish jism ustida boshqa jism sirpanganda namo-
yon bo‘ladi. Sirpanish ishqalanish kuchi jismning bosim kuchiga 
proporsional bo‘ladi: F
i(s)
μN

Jism boshqa jism ustida dumalasa, dumalanish ishqalanish namo-
yon bo‘ladi. Dumalanish ishqalanish kuchi dumalayotgan jism-
ning og‘irligi ga to‘g‘ri proporsional, radiusiga teskari proporsio-
nal bo‘ladi: 

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling