I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat
Download 2.62 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf fizika uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- 35-§. TABIATDA VA TEXNIKADA ISHQALANISH Ishqalanishning ahamiyati
Ishni bajarish tartibi
1. Tarozida taxtachaning massasini o‘lchang va 4-jadvalga yozing. 2. P = mg formuladan foydalanib, taxtachaning og‘irligini toping. 3. Taxtachaga dinamometrni ilib, uni chizg‘ich bo‘ylab tekis sirpan- tiring va dinamometrning ko‘rsatishini F i(s) sirpanish ishqalanish kuchiga teng deb olib, uni jadvalga yozing. 4. 121-betdagi (4) formuladan foydalanib, sirpanish ishqalanish koeffitsi- yentini hisoblang. 123 V bob. Tashqi kuchlar ta’sirida jismlarning harakati 5. Taxtacha ustiga avval 100 g li, so‘ngra 200 g li tarozi toshlarini qo‘yib, tajribani takrorlang. Ular uchun ham sirpanish ishqalanish kuchini toping. Natijalarni jadvalga yozing. 6. µ o‘rt = (µ 1 + µ 2 + µ 3 )/3 formuladan foydalanib, sirpanish ishqalanish koeffitsiyentining o‘rtacha qiymatini hisoblang va natijani jadvalga yo- zing. 4jadval № m, kg P, N F i(s) , N µ µ o‘rt 1. 2. 3. 7. Absolyut va nisbiy xatoliklarni toping. 8. Laboratoriya ishi natijasini tahlil qiling va xulosa chiqaring. 35-§. TABIATDA VA TEXNIKADA ISHQALANISH Ishqalanishning ahamiyati Tabiatda va texnikada ishqalanish katta ahamiyatga ega. Ishqalanish foydali yoki zararli bo‘lishi mumkin. Ishqalanish foydali bo‘lganda uni oshirishga, zararli bo‘lganda esa kamaytirishga harakat qilinadi. Ishqalanish bo‘lmaganda nima bo‘lishini tasavvur qilib ko‘raylik. Ishqalanish bo‘lmaganda odamlar ham, hayvon- lar ham yerda yura olmas edilar. Yurayotganimizda oyoq- larimiz bilan yerdan turtilamiz. Ishqalanish kam bo‘lgan muz ustida yurish qiyinligini bilasiz. Ishqalanish bo‘lma- ganda edi, buyumlar qo‘limizdan sirpanib tushib ketardi. Vagon g‘ildiriklarini aylanishdan to‘xtatish uchun ishqalanish kuchi- dan foydalaniladi (114-rasm). Avtomobilga tormoz berilganda, ishqala nish kuchi uni to‘xtatadi. Tinchlikdagi ishqalanishsiz u harakatlana olmas edi, g‘ildiraklar aylanaverardi, avtomobil esa joyida turaverardi. Ishqala- nishni oshirish uchun avtomobil shinalarining sirti bo‘rttirib ishlanadi (115-rasm). 114-rasm. Vagon gildiragining tormozlanishi → 124 Dinamika asoslari Tinch holatdagi ishqalanish kuchi polda turgan stol-stul va shkaflarni tutib turadi, taxtaga qoqilgan mixni ushlab turadi, bog‘langan arqonning yechilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. O‘simlik va hayvonlarda turli xil organlar ishqalanish tu- fayli tutib qolish vazifasini bajaradi. Masalan, o‘simliklar- ning chirmovuqlari, filning xartumi, tirmashib chiqadigan hayvonlarning dumi g‘adir-budur sirtga ega bo‘ladi. Download 2.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling