I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

116-rasm. Sharikli 
(a) va rolikli (b
podshipniklar
(b


125
V bob. Tashqi kuchlar ta’sirida jismlarning harakati
Qiyalikdan tushayotgan velosiрed pedali aylantirilmasa ham uni n g 
g‘ildiragi bemalol aylanaveradi. Chunki velosiрed g‘ildiragi valiga sharikli 
yoki rolikli podshiрnik kiydirilgan bo‘ladi. Agar podshiрnik bo‘lmaganida, 
ve losiрedni yurgizish qiyin bo‘lar edi. 
Avtomobil, stanok, elektr dvigatel va boshqalarning aylanuvchi qism-
larida sharikli va rolikli podshiрniklar qo‘llaniladi. Hozirgi zamon sa-
noati va transportini bunday podshiрniklarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
Fan-texnikaning yuksak taraqqiyoti davrida ishqalanish kuchi nihoyat-
da kam bo‘lgan podshiрniklar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan. 
G‘adir-budurliklari tekislanib, atom va molekulalar darajasida silliqlan-
gan podshipniklar ishqalanish yanada kamligi bilan ajralib turadi. Havo 
yoki suyuqlikning qarshilik kuchini kamaytirish maqsadida katta tezlikda 
harakatlanadigan jismlar oval shaklda yasaladi. Shunday shaklda yasal-
gan samolyot va suv osti kemalarida qarshilik kuchi kamayishi hisobiga 
katta tezlikka erishilib, yoqilg‘i sarfi ancha kamayadi. Osmonda ucha-
yotgan qushlar va suvda yashaydigan ko‘p jonivorlar ham oval shaklida 
bo‘lishining sababi shunda.
Qor va muzliklarda odamlarning yiqilib tushmasliklari, avtomashinalar 
to‘x tay olmay avariyaga uchrashlarini oldini olish uchun yo‘llarga qum, 
tuz yoki tuproq sepib, ishqalanish kuchi oshiriladi. Lekin chang‘i yoki 
chanalarda uchish uchun ularning ostki qismi silliqlanib, maxsus moylar 
bilan moylanadi. 
Eslatib o‘tamiz, ishqalanish kuchi jismlarning bir-biriga bevosita uri- 
nishida paydo bo‘ladi va hamma vaqt urinish sirti bo‘ylab yo‘naladi. 
Shu xossasi bilan ishqalanish kuchi urinish sirtiga tik yo‘nalgan elastik 
kuchidan farq qiladi.
Jismning ishqalanish kuchi ta’siridagi harakatida bu kuch hamisha 
harakat yo‘nalish vektoriga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi. Demak, 
ishqalanish kuchi jism tezligining son qiymatini kamaytiradi va jismga 
faqat ishqalanish kuchi ta’sir qilsa, jism asta-sekin borib to‘xtaydi. 
Ko‘p uchraydigan hollardan biri, masalan, harakatdagi avtomobil 
oldidan to‘siq chiqib qolsa, haydovchi g‘ildiraklarga motor ta’sirini 
uzib, tormozni ishga soladi. Avtomobil faqat ishqalanish kuchi ta’siri 
ostida tormozlanish masofasi deb atalgan yo‘lni o‘tib bo‘lib, to‘xtay-
di. Hisob-kitoblar bu masofa boshlang‘ich tezlikning kvadratiga to‘g‘ri 
proporsio nal, ishqalanish kuchiga esa teskari proporsional ekanligini 
ko‘rsatdi. 


126
Dinamika asoslari

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling