135
VI bob. Impulsning saqlanish qonuni
119rasm. Har bir aravacha im
pulslarining
nolga tenglashishi
m
m
→
υ
→
υ
1. Tayanchga osilgan jismga bog‘langan iр pastga qarab dastlab 2 s davomida 10
N kuch bilan tortib turildi. So‘ngra esa shunday kuch bilan 0,1 s ichida siltab
tortildi. Har ikkala hol uchun jismga ta’sir etgan kuch impulsini toping.
2. Massasi 2 kg bo‘lgan jism 5 m/s tezlikda devorga
urildi va tezligini tamoman
yo‘qotdi. Jismning ta’sir kuchi impulsini toping.
3. Massasi 100 g bo‘lgan sharcha gorizontal sirtda 0,5 m/s tezlik bilan ikkinchi
sharchaga urildi va 0,2 m/s tezlikda o‘z harakatini avvalgi yo‘nalishda
davom
ettirdi. Urilish paytida sharchaning impulsi qanchaga o‘zgargan?
37§. IMPULSNING SAQLANISH QONUNI
Yopiq sistema
Fizikada tahlil qilinayotgan jismlar guruhiga jismlar sistemasi deyiladi.
Sistemaga kiruvchi jismlar orasidagi o‘zaro ta’sir
kuchlariga ichki kuchlar,
sistemadagi jismlarning sistemadan tashqaridagi jismlar bilan o‘zaro ta’sir
lashishi natijasida vujudga keluvchi kuchlarga esa
tashqi kuchlar deyiladi.
Sistemadagi jismlar faqat birbiri bilan o‘zaro ta’sirlashishsa
va sistemaga ta’sir etayotgan tashqi kuchlar ta’siri o‘zaro mu
vozanatda bo‘lsa, bunday jismlar sistemasi yopiq sistema deb
ataladi.
Kosmik kemani uchirishda Yer bilan kosmik kema birgalikda yopiq siste
ma deb qaraladi. Chunki Quyosh, Oy va boshqa osmon jismlarining kosmik
kemaga ta’sirini hisobga olmasa ham bo‘la di.
Gorizontal sirtda bir necha sharcha birbiri bilan to‘qnashib, ta’sirlasha
yotgan bo‘lsin. Agar sharchalarning sirtga ishqalanishi hisobga
olmaydigan
darajada kichik bo‘lsa, bu sharchali sirtni yopiq sistema deb qarash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: