I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

126­rasm. 
Raketaning 
tuzilishi
1
2
3
4
υ

R
υ

G
127­rasm. 
Raketaning 
ko‘tarilishi
m
G
υ

G
υ

R
m
R


143
VI bob. Impulsning saqlanish qonuni
Tayanch tushunchalar: reaktiv harakat, raketa, kosmonavtika.
1. Reaktiv harakat deb nimaga aytiladi? Impulsning saqlanish qonuni asosida reaktiv 
harakatni tushuntirib bering.
2. 123–124-rasmlarda tasvirlangan tajribalarni tushuntirib bering.
3. Raketa tuzilishini aytib bering.
4. Raketaning qanday harakatga kelishini tushuntirib bering.
VI BOBGA OID QO‘SHIMCHA MASHQLAR
1. Nima uchun qo‘limizdagi g‘ishtni bolg‘a bilan ursak, qo‘limiz 
qattiq og‘riqni sezmaydi?
2. Ochiq kosmosdagi kosmonavt raketaga boshqalar yordamisiz qay­ 
tib kirishi uchun qanday harakat qilishi kerak?
3. Qirg‘oqda turib qayiqni turtsak, u suriladi. Nima uchun qayiqda 
turib uni turtsak, u qo‘zg‘almaydi? 
4. Jismga bog‘langan iр siltab 0,05 s davomida 20 N kuch bilan 
tortilganda, jism joyidan qo‘zg‘almadi. So‘ngra iр shunday kuch 
bilan 2 s davomida tortib turilganda, jism joyidan qo‘zg‘aldi. Har 
ikkala hol uchun kuch impulsini toping va ularni taqqoslang. 
5. Massasi 20 g li tosh 15 m/s tezlik bilan kelib urilsa, deraza oy­
nasi sinmaydi. Lekin 100 g li tosh shunday tezlik bilan urilganda, 
oyna sinadi. 20 g li tosh 60 m/s tezlik bilan urilganda ham oyna 
sinadi. Har uchala hol uchun jism impulslarini hisoblang va ularni 
taqqoslang. Nima uchun birinchi holda oyna sinmaydi? 
6. Massasi 100 g li tosh 5 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. Otilish 
vaqtida toshning impulsi qancha bo‘lgan? 
7. Massalari 1200 kg dan bo‘lgan ikkita avtomobil yo‘lda qarama-qar­
shi yo‘nalishda kelib, bir­biri bilan to‘qnashib ketdi. Agar ularning 
tezliklari mos ravishda 90 km/soat va 120 km/soat bo‘lsa, ular 
bir­biriga qanday kattalikdagi impuls bilan to‘qnashgan? Agar shu 
avtomobillarning tezliklari mos ravishda 36 km/soat va 54 km/soat 
bo‘lganda to‘qnashish paytida impuslari qancha bo‘lar edi? Qaysi 
holda to‘qna shish talafoti katta? Nima uchun?


144
Saqlanish qonunlari
8. Gorizontal sirtda massasi 400 g bo‘lgan sharcha 1 m/s tezlikda 
ikkinchi sharcha bilan to‘qnashdi. Shundan keyin birinchi sharcha 
0,4 m/s tezlik bilan o‘z harakatini davom ettirdi. Urilish paytida 
birinchi sharcha ning impulsi qanchaga o‘zgargan? 
9. 3 m/s tezlik bilan kelayotgan massasi 60 t li temiryo‘l vagoni 
tinch turgan 40 t li vagonga tirkaldi. Tirkalgandan so‘ng vagonlar 
qanday tezlik bilan harakatlangan?
10. 4 m/s tezlik bilan yugurib ketayotgan 40 kg massali bola 1 m/s 
tezlik bilan harakatlanayotgan 20 kg massali aravachani quvib ye­
tib, uning ustiga chiqib oldi. Aravachaning bola bilan birgalikdagi 
tezligi qancha? 
11. Harakatdagi aravacha ustidagi qumga bir bo‘lak jism kelib tushdi. 
Qanday holatda aravacha o‘z harakat yo‘nalishini saqlagan holda 
tezligini kamaytiradi? To‘xtaydi? Orqaga harakat qiladi?
12. 70 kg massali odam 280 kg massali qayiqning bir uchidan ik­
kinchi uchiga 5 m yo‘l yurib bordi. Bunda qayiq suvga nisbatan 
necha metr masofaga suriladi?
13. Massasi 100 g bo‘lgan sharcha gorizontal sirtda 0,5 m/s tezlikda 
kelib ikkinchi sharchaga urildi va 0,2 m/s tezlikda o‘z harakati­
ni avvalgi yo‘nalishda davom ettirdi. Urilish paytida sharchaning 
impulsi qanchaga o‘zgargan? 

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling