I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

VII bob.
ISH VA ENERGIYA. 
ENERGIYANING SAQLANISH QONUNI
Tabiatda mexanik, issiqlik, elektr, yorug‘lik, yadro, kimyoviy va bosh-
qa turdagi energiyalar mavjud. Bu energiyalar bir-biriga aylanib turadi. 
Masalan, mexanik energiya issiqlik energiyasiga, elektr energiya mexanik 
energiyaga aylanishi mumkin. Bunda energiya turi jihatdan bir-biridan farq 
qilsa-da, miqdor jihatdan saqlanadi, ya’ni energiya bordan yo‘q bo‘lmaydi, 
yo‘qdan bor bo‘lmaydi. Shu sababli tabiatdagi turli hodisa va jarayon-
lar energiya orqali bir-biriga bog‘langan. Ushbu bobda jismning mexanik 
harakatida bajarilgan ish, kinetik va potensial energiya, bu energiyalarning 
bir-biriga aylanishi, to‘liq mexanik energiyaning saqlanishi va quvvatni 
o‘rganamiz.
39-§. MEXANIK ISH
Mexanik ish va uning birliklari
Kundalik hayotimizda ish deganda ishchi, 
muhandis, olimlarning foydali mehnatini tushu-
namiz. Lekin olimning qancha ish qilganligi-
ni o‘lchab bo‘lmaydi. Shuning uchun fizikada 
faqat o‘lchab bo‘ladigan kattalik – mexanik ish 
o‘rganiladi. Arava unga ulangan otning tortish kuchi ta’sirida ma’lum ma-
sofaga yurdi. 
Og‘zi tiqin bilan berkitilgan suvli shisha idish qizdirilganida uning ichi-
dagi bosim kuchining oshishi natijasida tiqin otilib chiqib, ma’lum masofa-
ga borib tushadi, ya’ni mexanik ish bajariladi.
Kuch ta’sirida jismning tezligi kamaygan hollarda (masalan, ishqala-
nish kuchi) ham ish bajariladi. Agar bor kuchimiz bilan shkafni surishga 
harakat qilsak, u esa qo‘zgalmay joyida turaversa, hech qanday mexanik 
ish bajarilmaydi. Jism o‘z inersiyasi bilan doimiy tezlikda harakatlanayot-
F
F
s
128-rasm. F kuch ta’sirida 
jism ning s masofaga ko‘chishi 


148
Saqlanish qonunlari
gan va unga kuch ta’sir etmayotgan bo‘lsa, u hech qanday mexanik ish 
bajarmaydi.
Demak, mexanik ish bajarilishi uchun jismga kuch ta’sir etishi lozim 
va bu kuch ta’sirida jism ma’lum masofaga siljishi kerak. Masalan, tekis 
sirtda turgan jismga F kuch ta’sir etganda, u shu kuch yo‘nalishida to‘g‘ri 
chiziq bo‘ylab s masofaga ko‘chsin. Bunda A mexanik ish bajariladi 
(128-rasm):
A = F . s. (1)

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling