I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

Raketaning tuzilishi va harakati
Keyingi 50–60 yil ichida fazoga ko‘plab kosmik kemalar, Yerning sun’iy 
yo‘ldoshlari uchirildi. Ularni Yerdan orbitaga raketalar olib chiqadi. 
Reaktiv kuch ta’sirida harakatlanadigan kosmik uchish sistema­
lari raketa deb ataladi.
125­rasm. Havo yordamida reak­
tiv harakatni hosil qilish qurilmasi:
a) yonidan ko‘rinishi; b) yuqori­ 
dan ko‘rinishi 
a
b
υ

2
υ

1
υ

1
υ

1
υ

1
υ

1

124­rasm. Suvning oqimiga 
qarama­qarshi yo‘nalishda 
hosil bo‘lgan reaktiv harakatlar
a 
b 
υ

2



142
Saqlanish qonunlari
Raketaning harakati reaktiv harakatga asoslangan. Uning 
tuzilishi sxematik ravishda 126­rasmda tasvirlangan. Raketa, 
asosan, to‘rt qismdan iborat. 1-qismda Yer at ro fidagi orbita­
ga chiqarib qo‘yiladigan kosmik kema yoki sun’iy yo‘ldosh 
joylashgan. Raketaning 2­qismini yoqilg‘i va raketani Yer­
dan uchirish jihozlari tashkil etadi. 3­qismda yoqilg‘i yonish 
kamerasi joylashgan bo‘lib, bu yerda yo qilg‘i yonishi nati­
jasida yuqori harorat va bosimli gaz yig‘iladi. Bunday gaz 
reaktiv soplo (4­qism) orqali juda katta υ
G
tezlikda tashqariga 
chiqariladi. Yonish kamerasiga nisbatan kichik o‘lchamli sop­
lo orqali chiqayotgan katta bosimli gaz oqimi juda katta tez­
likka erishadi. Buning natijasida impulsning saqlanish qonu­
niga binoan gaz oqimi yo‘nalishiga qarama­qarshi yo‘nalishda 
reaktiv kuch vujudga keladi. Bu kuch ta’sirida raketa harakat­
ga keladi va υ
R 
reaktiv tezlik oladi (127-rasm).
Raketa soplosidan chiqayotgan gazning massasi m
G
, tezligi 
υ
G
, raketaning massasi m
R
, olgan reaktiv tezligi υ
R
bo‘lsin. 
Impulsning saqlanish qonunini qo‘llab, quyidagi tenglikni 
yozish mumkin:
m
G
υ

G
m
R
υ

R
= 0 yoki
υ

R
= –
m

υ

G
m
R
.
Formuladan ko‘rinadiki, raketaning massasi qancha kam 
bo‘lsa, uning reaktiv tezligi shuncha katta bo‘ladi. Haqiqatda 
ham, raketa massasining katta qismi yoqilg‘i massasiga to‘g‘ri 
keladi. Yoqilg‘i yonishi jarayonida uning miqdori hamda raketa 
massasi kamayib boradi. Bu esa raketa tezligining oshib bo­
rishiga olib keladi. Raketa belgilangan balandlikka chiqqunga 
qadar uning yoqilg‘idan bo‘shagan qismlari navbatma­navbat 
ajralib, havoda yonib ketadi. Raketaning kichik bir qismi – 
kosmik kema (Yerning sun’iy yo‘ldoshi) uchishni davom et­
tiradi. Impulsning saqlanish qonuni asosida hosil bo‘ladigan 
reaktiv harakat kosmonavtikaning asosi hisoblanadi. Kosmik 
raketa va kemalarning yaratili shiga olimlardan K. E. Siolkov­
skiy (1852–1935), S. P. Korolyov (1906–1966), M. V. Keldish 
(1911–1978), V. Braun (1912–1976), G. Obert (1894–1989) va 
boshqalar katta hissa qo‘shganlar. Hozirda kosmonavtika sohasi 
yuksak darajada taraqqiy etib bormoqda.

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling