I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


keladi. Vujudga kelgan bunday harakat reaktiv harakat deyiladi


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

keladi. Vujudga kelgan bunday harakat reaktiv harakat deyiladi.
Reaktiv harakatni tasavvur qilish uchun 
quyidagi tajribani o‘tkazaylik.
Probirkaning yarmigacha suv quyib, 
tiqin bilan yopaylik va 123­rasmdagidek 
aravachaga o‘rnataylik. Quruq yonilg‘i al­
angasida probirkadagi suvni isitaylik. Suv 
qaynash darajasiga yaqinlashganda tiqin 
katta tezlik bilan otiladi, aravacha esa 
tiqin yo‘nalishiga qarama­qarshi tomonga 
harakatlanadi. Bunda tiqinni probirkadan 
otib chiqaruvchi bug‘ning bosim kuchi­
ga qarama­qarshi yo‘nalgan reaktiv kuch 
paydo bo‘ladi. Reaktiv kuch ta’sirida aravacha tiqin harakatiga qara­
ma­qarshi yo‘nalishda harakatlanadi.
Masalan, tiqinning massasi m

= 10 g, aravachaning massasi (quruq 
yonilg‘i va probirka bilan birgalikda) m
2
= 500 g, tiqin va aravachaning tiqin 
otilmasdan avvalgi tezliklari υ
1
υ
2
= 0, tiqinning otilish tez ligi υ
1
′= 10 m/s 
ga teng, deylik. Impulsning saqlanish qonunidan foydalanib, tiqin otilganda 
aravachaning olgan υ
2
′ reaktiv tezligini hisoblaymiz.
123­rasm. Tiqinning harakatiga qa­
rama­qarshi yo‘nalishda hosil bo‘lgan 
reaktiv harakat
υ

2

υ

1

m
1
m
2


141
VI bob. Impulsning saqlanish qonuni
m

υ
1
m

υ
2
m

υ
1
′ + m

υ
2
′ tenglikda 
υ

= υ
2
= 0 bo‘lgani uchun chap tomoni nolga 
teng bo‘ladi: 0 = m

υ
1
′ + m

υ
2
′. Bundan υ
2
′ = 
= − m
1
υ
1
′/m
2
yoki υ
2
′ = – 0,2 m/s bo‘ladi.
Reaktiv harakatni tushunib olish uchun yana 
boshqa tajribalarni ham o‘tkazish mumkin. 
124­a rasmda tasvirlangan tajribada suv υ
1
tez­
lik bilan bir tomonga otilib tursa, nayning o‘zi 
qarama­qarshi tomonga υ
2
reaktiv tezlik bilan 
harakat qiladi. 124­b rasmdagi tajribada esa 
bukilgan shisha nayning ikki uchidan suv otilib 
turadi. Bunda suvning harakatiga qarama­qarshi 
yo‘nalishda vujudga kelgan reaktiv harakat hisobiga shisha nay aylanadi. 
Bu sistema Segner parraklari deyiladi.
Havo yordamida ham reaktiv harakatni hosil qilish mumkin. 125­rasmda 
shunday qurilmaning asosiy qismi tasvirlangan. Bunda erkin aylanuvchi 
disk qo‘zg‘almas nayga podshipnik orqali o‘rnatilgan. Siqilgan havo nay 
orqali disk ichiga kiradi. Bosim ostidagi havo disk chetlariga o‘rnatilgan 
to‘rtta naycha orqali urinma tarzda tashqa­
riga otilib chiqib turadi. Bu esa diskni qa­
rama­qarshi yo‘nalishda aylantiruvchi reaktiv 
harakatni hosil qiladi.
Qurilmaning yordamchi qismi sifatida 
siqil gan havoni hosil qiluvchi changyutgich­
dan foydalanish mumkin. Shlang yordamida 
changyutgichdan katta bosimli siqilgan havo 
yuborilsa, reaktiv harakat hisobiga disk kat­
ta tezlikda aylanadi. Yordamchi qism o‘rni­
ga puflangan havo sharidan ham foydalanish 
mumkin. 

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling