I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

41-§. POTENSIAL ENERGIYA
Ba’zan jismlar ishni bir zumda bajarmasdan, uzoq vaqt davo-
mida bajarishi mumkin. Ular ish bajarish qobiliyatlarini uzoq 
vaqt saqlay oladi. Masalan, osma soatlarning maxsus toshlari-
ni tepaga ko‘tarib, biz ish bajaramiz (131-rasm). Natijada soat 
mexanizmi toshlar pastga tushishiga qadar ish bajarish qobili-
yatiga ega bo‘ladi. Og‘irlik kuchi ta’sirida asta-sekin pastga 
tushayotgan toshlar soat mayatnik, g‘ildirak va millarini aylanti-
radi. Toshlar pastga tushgan sari ularning ish bajarish qobiliyati 
kama yib boradi. Pastga tushgan toshlarni ko‘tarib, ularning ish 
bajara olish qobiliyatini yana tiklash mumkin. Toshlarni ko‘tar-
ganimizda ularning ish baja rish qobiliyati ortadi, pastga tushgan 
sari kamayib boradi va polga yoki yerga yetib kelganida bu-
tunlay tugaydi. Faqat ko‘tarish bilangina emas, balki prujinani 
siqish yoki burash yordamida ham ish bajara olish qobiliyatini 
hosil qilish mumkin. Burama soat va o‘yinchoqlar shu usulda 
ishlaydi. Shuningdek, jismni ma’lum tezlikda harakatlantirsak, 
unda ish bajara olish zaxirasini paydo qilamiz. Masalan, bolta 
bilan o‘tin yorganda, ish bajariladi. Buning uchun boltaga katta 
b 
F

og‘
h
130-rasm. Jismni ko‘tarishda (a) va shu masofaga gorizontal ko‘chirishda 
(b) bajarilgan ishni o‘lchash qurilmasi 
F

ishq
F

t
s
(m)
F

og‘
a 
131-rasm. 
Osma soat 


153
VII bob. Ish va energiya. Energiyaning saqlanish qonuni
tezlik berishimiz kerak. Ko‘rilgan barcha misollarda jism vaziyati o‘zgarti-
rilib, ish bajarilmoqda (yukni tushirib, siqilgan prujinani cho‘zib, tezlikdagi 
jism harakatini to‘xtatib). Bu o‘zgartirishlar sodir bo‘lmaguncha jism o‘zining 
ish bajarish qobiliyatini saqlab turadi.

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling