I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Mexanik ish kuch va shu kuch yo‘nalishida jism bosib o‘tgan


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

Mexanik ish kuch va shu kuch yo‘nalishida jism bosib o‘tgan 
yo‘lning ko‘paytmasiga teng.
Jismga qancha katta kuch ta’sir etsa va bu kuch ta’sirida jism qancha 
katta masofani bosib o‘tsa, bajarilgan ish ham shuncha ko‘p bo‘ladi.
Mexanik ish qo‘yilgan kuchga hamda bosib o‘tilgan yo‘lga to‘g‘ri pro-
porsionaldir.
Xalqaro birliklar sistemasida ishning birligi – Joul (J). Bu birlik nomi 
ingliz fizigi Jeyms Joul sharafiga qo‘yilgan.
1 J – bu 1 N kuch ta’sirida jismni 1 m masofaga ko‘chirishda 
bajarilgan ishga teng. 
Amalda ishning boshqa birliklari — kilojoul (kJ), megajoul (MJ),
millijoul (mJ) ham qo‘llaniladi. Ishning bu birliklari bilan asosiy birligi 
orasida quyidagi munosabat mavjud:
1 kJ = 10
3
J;
1 MJ = 10
6
J;
1 mJ = 10
–3
J.
Mexanik ish kuch ta’sirida bajarilgani uchun, u kuchning ishi deb 
ham yuritiladi.
Mexanik ish skalyar kattalikdir.
Ta’sir kuchining mexanik ishi
Mexanik ishning (1) formulasi jismga ta’sir etayotgan kuch va jism- 
ning ko‘chishi bir xil yo‘nalishda bo‘lgan hol uchun o‘rinli. Masalan, jism 
F = 5 N kuch ta’sirida shu kuch yo‘nalishida s = 20 sm masofaga ko‘chgan 
bo‘lsin. U holda bu kuchning bajargan ishi A = 5 N ⋅ 0,2 m = 1 J ga 


149
VII bob. Ish va energiya. Energiyaning saqlanish qonuni
teng bo‘ladi (129-a rasm). Agar kuch yo‘na-
lishi jismning harakat yo‘nalishi bilan bir xil 
bo‘lsa, bu kuch musbat ish bajargan bo‘ladi. 
Lekin kuch yo‘nalishi jismning harakat yo‘na-
lishiga qarama-qarshi bo‘lsa (masalan, sirpanish 
yoki ishqalanishda), bu kuch manfiy ish bajar-
gan bo‘ladi:
A = –Fs.
Agar kuchning yo‘nalishi jism harakatining 
yo‘nalishida bo‘lmasa, mexanik ishning qiymati 
qanday aniqlanadi? 
Jismga ta’sir etayotgan kuch jismning 
ko‘chish yo‘nalishi bilan ma’lum burchak tash-
kil etsa, ta’sir etayotgan kuchning ko‘ 
chish 
yo‘nalishiga proyeksiyasi – tashkil etuvchisi 
oli nadi. Ma sa lan, jismga F = 5 N kattalikdagi 
kuch 129-b rasmda ko‘rsatilgandek burchak os-
tida ta’sir etib, jism shu kuch ta’sirida 20 sm 
masofaga ko‘chsin. Rasmdan ko‘rinadiki, bu 
kuchning ko‘chish yo‘nalishiga proyeksiyasi 
F
pr
= 4 N ni tashkil etadi. U holda bu kuchning 
bajargan ishi A = 4 N · 0,2 m = 0,8 J ga teng.
Jismga ta’sir etayotgan kuchning yo‘nalishi 
bilan ko‘chish yo‘nalishi orasidagi burchak 
orta borishi bilan F kuchning F
pr
proyeksiyasi kamayib boradi. Bu esa 
kuchning bajargan ishi ham kamayib borayotganligini ko‘rsatadi. Masalan, 
129-d rasmda jismga ta’sir etayotgan F = 5 N kuchning yo‘nalishi bilan 
ko‘chish orasidagi burchak 129-b rasmdagidan kattaroq bo‘lgani uchun 
u ning proyeksiyasi kichik, ya’ni F
pr
= 3 N ni tashkil etadi. Bu holda 
kuchning bajargan ishi A = 3 N · 0,2 m = 0,6 J ga teng bo‘ladi.
Jismga ta’sir etayotgan kuchning yo‘nalishi bilan ko‘chish yo‘nalishi 
orasidagi burchak yanada oshirilsa, kuchning proyeksiyasi va buning nati-
jasida, kuchning bajargan ishi nolga yaqinlasha boradi. Kuchning yo‘nali-
shi ko‘chish yo‘nalishi bilan 90° ni tashkil etsa, kuchning ko‘chish yo‘na-
lishiga proyeksiyasi nuqtani, ya’ni nolni tashkil etadi (129-e rasm). Bu esa 
jismga ta’sir etuvchi kuch, ko‘chish yo‘nalishiga perpendikulyar yo‘nalgan 
bo‘lsa, ish bajarilmasligini ko‘rsatadi.
F = 5 N
F = 5 N
s = 20 sm
s = 20 sm
A = 0,6 J
A = 0,8 J
F
pr
= 4 N
F
pr
= 3 N
F = 5 N
s = 0 sm
A = 0 J
b 
F = 5 N
s = 20 sm
A = 1 J
a 
d 
e
F
pr
= 0

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling