Zararli ishqalanish va uni kamaytirish
Bir-biri ustida harakatlanadigan sirtlarda hosil bo‘ladi-
gan ishqalanishlar ko‘p hollarda zararli bo‘ladi. Bun-
day hollarda ishqalanishni kamaytiradigan turli vositalar
qo‘llaniladi. Masalan, mashina va stanoklarda ishqala-
nish tufayli harakatlanuvchi qismlari qiziydi va yeyiladi.
Ishqalanishni kamaytirish uchun bir-biriga tegib turuvchi
sirtlar silliqlanadi, ularning oralari moylanadi.
Ishqalanishni kamaytirish maqsadida avtomobil, ve-
losiрed va stanoklarning aylanuvchi vallariga podshiрniklar
kiydiriladi. Podshiрnikning valga bevosita tegib turadigan
qismi – vkladish po‘lat, cho‘yan yoki bronzadan yasala-
di. Vkladishning ichki sirtiga qo‘rg‘oshin yoki qalayning turli qotishmalari
qoplanadi va moylanadi. Val aylanganda, u vkladish ustida sirpanadi. Bunday
podshiрniklar sirpanish podshiрniklari deyiladi. Sirpanish podshiрnigi val va
vkladish orasidagi sirpanish ishqalanish kuchini kamaytirishga xizmat qiladi.
Dumalanish ishqalanish kuchi sirpanish ishqalanish kuchi dan ancha kam
bo‘lganligi texnikada qo‘l keladi. Sharikli va rolikli podshiрniklarning
qo‘llanilishi dumalanish ishqalanish kuchining kamligiga asoslangan. Bun-
day podshiрniklarda aylanayotgan val podshiрnikning qo‘zg‘almas vkla-
dishida sirpanmasdan, balki po‘lat sharchalar va roliklar ustida dumalaydi
(116-rasm).
Podshiрnikning qattiq po‘latdan tayyorlangan ichki halqasi valga
o‘rnatilgan bo‘ladi. Tashqi halqasi esa mashina korpusiga mahkamlangan.
Val aylanganda ichki halqa sharchalar yoki roliklarda dumalaydi. Shar-
chalar va roliklar halqalar orasiga joylashtirilgan bo‘ladi. Sharikli yoki
rolikli podshiрnik lar qo‘llanilganda ularning ishqalanish kuchi sirpanish
podshiрniklariga qaraganda 20–30 marta kam bo‘ladi.
115-rasm.
Avtomobil
shinasining
sirti
(a)
Do'stlaringiz bilan baham: |