I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

V BOBGA OID QO‘SHIMCHA MASHQLAR
1. Quyidagi tajribani o‘tkazib ko‘ring. Ishlatilmagan qalamni olib
ikkita ko‘rsatkich barmoqlaringiz ustiga qo‘ying. Endi qalamni gori-
zontal holatda tutib turib, barmoqlaringizni bir-biri tomonga asta sekin 
yaqinlashti ring. Bunda qalam oldin bir barmog‘ingizda, keyin boshqa bar-
mog‘ingizda va h. k. surilayotganligining guvohi bo‘lasiz. Agar tajribani 
uzunroq silliq yog‘och bilan takrorlasangiz, bu holat yana ham ko‘proq 
qaytari lishini kuzatasiz. Bunday qiziq hodisaning sababi nimada? 
2. Nima uchun tinch turgan vagonni joyidan qo‘zg‘atish bir xil tez-
likda harakatlantirib turishdan qiyin?
3. Dengiz portida ikkita katta kema bir-biridan 100 m uzoqlikda tu-
ribdi. Agar har bir kemaning massasi 1000 t dan bo‘lsa, ular bir-biriga 
qanday kuch bilan tortishishadi?
4. Massangizni, Yerning massasi va radiusini bilgan holda o‘zingiz 
Yerga qanday kuch bilan tortishishingizni hisoblang. O‘zingiz bilan Yer 
orasidagi masofani Yerning radiusiga teng deb oling. 
5. Yerning Quyosh atrofida aylanish tezligini υ = 30 km/s, Yer orbita-
sining radiusini R = 1,5·10
11 
m deb olib, Quyoshning massasini hisoblab 
toping.
6. Yer sirtidan uchib chiqayotgan kosmik raketaning tezlanishi 30 m/s
2
ga 
teng bo‘lib, undagi uchuvchining massasi 90 kg bo‘lsa, kabinada uning 
og‘irligi qancha bo‘lishini toping.


128
Dinamika asoslari
7. 10 kg massali jismni vertikal yuqoriga 2 m/s
2
tezlanish bilan ko‘ta-
rish uchun qancha kuch kerak bo‘ladi?
8. Gorizontal yo‘nalishda υ = 10 m/s tezlik bilan otilgan jismning 
go rizontal yo‘nalishdagi uchish uzoqligi otilish balandligiga teng. Jism 
qanday h balandlikdan otilgan?
9. Agar biror jism gorizontal yo‘nalishda tezlanish bilan harakatlansa
uning og‘irligi o‘zgaradimi? Javobingizni asoslab bering. 
10. Massasi 50 kg bo‘lgan bola chanada tepadan sirpanib tushib, go-
rizontal yo‘lda 20 m masofani 10 s davomida o‘tib to‘xtadi. Ishqalanish 
kuchi va ishqalanish koeffitsiyentini toping.
11. Nima uchun kuchsiz shamol juda katta muz bo‘lagi – aysbergni 
jo yidan qo‘zg‘atishi mumkin-u, kuchli bo‘ron faqat qirg‘oqdagi kichik 
muz bo‘lagini arang siljitadi?
12. Oqim tezligi daryoning tubida jadalroqmi yoki sirtidami? Javobi-
ngizni asoslab bering. 
13. Gorizontal holatdagi yog‘och taxtaning sirtida yog‘ochdan yasal-
gan 1 kg massali taxtacha tekis sirpantirilmoqda. Bunda hosil bo‘lgan 
sirpanish ishqalanish kuchini toping. µ = 0,4 deb oling.
14. Traktor tirkamani 10 kN kuch bilan tortganda, unga 0,5 m/s
2
tez-
lanish beradi. Tortish kuchi 30 kN bo‘lgan boshqa traktor shu tirkamaga 
qanday tezlanish beradi?
15. Asfalt yo‘lda tekis harakatlanayotgan 1200 kg massali avtomo-
bil g‘ildiraklarining birgalikdagi dumalanish ishqalanish kuchini toping. 
G‘ildiraklarining radiusi 30 sm. µ
d
= 0,1 sm deb oling.
16. Massasi 0,5 kg bo‘lgan brusok ustiga 7 kg yuk qo‘yib, gorizontal
sirtda prujina orqali tortilmoqda. Taxtaning gorizontal sirtga ishqalanish 
koeffitsiyenti 0,2 ga, prujinaning bikirligi 150 N/m ga teng bo‘lsa, prujina 
qanchaga cho‘ziladi?
17. Gorizontal yo‘lda 36 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan avto-
mobilni burish uchun eng kichik yoy radiusini toping. G‘ildiraklarning 
yo‘lga sirpanish ishqalanish koeffitsiyenti 0,25 ga teng.


129

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling