I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

SAQLANISH QONUNLARI
Agar jismga qo‘yilgan kuchlar ma’lum bo‘lsa, Nyuton qonunlari mexa­
nika masalalarini yechishga imkon beradi. Lekin ko‘p hollarda bu kuchlar 
noma’lum bo‘lgani uchun Nyuton qonunlarini bevosita qo‘llab bo‘lmaydi. 
Masalan, ikkita jism to‘qnashishida yuzaga keladigan deforma tsiyalanish 
juda murakkab bo‘lib, elastiklik kuchlarni hisobga olishga to‘g‘ri keladi. 
Kuchlarning ta’sir etish vaqti ham juda qisqa bo‘ladi. Natijada kuzatilayot­
gan jarayonlarda namoyon bo‘layotgan kuchlarning qiymatlarini aniqlash 
ancha mushkul. Bu kabi hollarda masalani yechish uchun Nyuton qonun­
laridan kelib chiqadigan natijalardan, xususan, yangi fizik kattaliklar – im-
puls va energiya kattaliklaridan foydalaniladi. Ma’lum bir sharoitlarda bu 
kattaliklar ko‘rilayotgan jarayon davomida o‘zgarmasligi, ya’ni saqla­
nishi ko‘plab hodisalarni tahlil qilishda qulaylik tug‘diradi. Shuning uchun 
impuls va energiyaning saqlanish xossalaridan foydalanish murakkab ma­
salalarning nisbatan sodda ko‘rinishga keltirilishiga yordam beradi.
Impuls va energiyaning saqlanish qonunlari fizikaning barcha bo‘lim­
lariga tegishli bo‘lib, tabiatning eng muhim qonunlaridir.
VI bob.
IMPULSNING SAQLANISH
QONUNI
VII bob.
ISH VA ENERGIYA. 
ENERGIYANING SAQLANISH 
QONUNI
5 – Fizika 7.


130
Saqlanish qonunlari
VI bob.
IMPULSNING 
SAQLANISH QONUNI
36­§. IMPULS
Kuch impulsi
To‘xtab turgan aravachani ma’lum bir tezlikda 
harakatlantirish uchun uni katta tezlikda kelayotgan 
boshqa aravacha turtib yuborishi kerak. Yoki uni as­
ta­sekin tortib, kichik kuch ta’siri yordamida ham ke­
rakli tezlikka erishtirish mumkin. Lekin buning uchun 
uzoq vaqt davomida kuch ta’sir ettirib turish kerak 
bo‘ladi. Bu ikki usulda arava bir xil tezlikda harakat­
ga keladi: birida qisqa vaqt davomida katta kuch, ik­
kinchisida uzoq vaqt davomida kichik kuch ta’sirida. 
Demak, jismlarning o‘zaro ta’sirida natija kuchning 
miqdoridan tashqari, ta’sirlashish vaqtining davomiy­
ligiga ham bog‘liq ekan. Bunga ishonch hosil qilish 
uchun quyidagi tajribalarni o‘tkazib ko‘raylik.

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling