I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Impulsning saqlanish qonuni ta’rifi


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

Impulsning saqlanish qonuni ta’rifi
Yopiq sistemada ikki jismning o‘zaro ta’sirlashishi natijasida ularning 
impulslari saqlanishini yuqorida ko‘rdik. Agar yopiq sistemada jismlar ko‘p 
bo‘lsa ham, o‘zaro ta’sirlashuvchi jismlarning impulslari yig‘indisi o‘zgar­
maydi, ya’ni saqlanadi: 
m
1
υ

1
m
2
υ

2
const. (2)
Umumiy holda impulsning saqlanish qonuni quyidagicha ta’rifl anadi:
Yopiq sistemada jismlar impulslarining vektor yig‘indisi jismlar­
ning o‘zaro ta’sirlashishi va vaqt o‘tishidan qat’i nazar o‘zgar­
maydi.
Eslatib o‘tamiz, bu qonun sistemaga tashqi kuchlar ta’sir etmagan holda­
gina o‘rinli. Impulsning saqlanish qonuni fizikaning asosiy qonunla ridan 
biridir. Bu qonun faqat makrosko pik jismlarning o‘zaro ta’siri uchun emas, 
balki mikroskopik molekula, atom, elementar zarrachalarning o‘zaro ta’siri 
uchun ham o‘rinlidir. Masalan, to‘pdan otilgan o‘q oldinga uchib ketsa
to‘pning o‘zi orqaga «sakrashi»ni kinofilmlarda ko‘p ko‘rganmiz (122-rasm). 


138
Saqlanish qonunlari
Agar yopiq sistema bitta yagona jismdan iborat 
bo‘lsa, ya’ni jismga ta’sir etuvchi kuch bo‘lma­
sa, jism impulsi o‘zgarmaydi. Bu esa inersiya 
qonunini, ya’ni jism tezligining o‘zgarmasligini 
bildiradi.
Ta’sirlashayotgan jismlar mexanikasini bi­
lish – bu ularning to‘qnashganidan keyingi 
harakatlarini qanday bo‘lishini bilishdir. Nati­
javiy tezlik to‘qnashuv elastik yoki noelastik ekanligiga bog‘liq. Noelastik 
to‘qnashuv da to‘qnashgandan so‘ng ikkala jism birgalikda harakat qilib, bir 
xil υ tez lik oladi. Shuning uchun to‘qnashishdan keyingi jismlar sistema-
sining impulsi quyidagicha ifodalanadi:
(m
1
+m
2
)υ.
Impulsning saqlanish qonuniga asosan to‘qnashishgacha va to‘qnashish­
dan keyingi impulslarni tenglashtiramiz:
m
1
υ
1
+ m
2
υ
2
= (m
1
+m
2
)υ. (3)
(3) formuladan υ ni topamiz: 
υ = . (4) 
Agar υ

tezlik yo‘nalishini musbat yo‘nalish deb olsak, υ tezlik oldidagi 
musbat ishora jismlar to‘qnashuvdan keyin υ
1
yo‘nalishda, manfiy ishora 
esa ular qarama­qarshi yo‘nalishida harakat qilishini bildiradi.
Masalan, massasi 3 kg va tezligi 8 m/s bo‘lgan jism massasi 2 kg va 
tezligi 10 m/s bo‘lgan ikkinchi jismga noelastik urilsa, ularning har biri 
quyidagi tezlikka ega bo‘ladi:
υ =
3+ 2
3∙8+ 2∙10 m
s = 8,8
Elastik to‘qnashuvda jismlar qanday tezlik bilan bir­birlariga yaqinla­
shishgan bo‘lsa, to‘qnashuvdan so‘ng ular shunday tezlikda uzoqlashishadi. 
To‘qnashuvga qadar jismlarning bir­biriga yaqinlashish tezligi υ
2
υ
1
ga 
teng. To‘qnashuvdan so‘ng jismlarning bir­biridan uzoqlashish tezligi esa 
υ
2

− υ
1
′. Elastik to‘qnashuvda bu ayirmalar bir-biriga teng: υ
2
− υ
1
υ
2

− υ
1
′. 
Biz jismlar to‘qnashuvining ikki chegaraviy holatini, ya’ni mutlaq elas­
tik va mutlaq noelastik to‘qnashuvlarni ko‘rib chiqdik. Tabiatda ko‘proq 
to‘la elastik bo‘lmagan to‘qnashuvlar, ya’ni to‘qnashuvdan so‘ng jismlar 
o‘z holatini to‘la tiklab ololmaydigan hollar uchraydi. Impulsning saqlanish 
m
1
m
2
m
1
υ
1
+ m
2
υ
2
m
s . 

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling